2-SAVOL. YANGI O’ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATI NAZARIYASINING MANAVIY-MA’RIFIY ASOSLARI.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? Eng avvalo, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanish jarayoni – milliy mentalitet, milliy madaniyat, ma’naviy qadriyatlarimiz va milliy g‘oya tamoyillari bilan uyg‘unlashgan holda amal qiladi.
G‘arb davlatlariga xos bo‘lgan ijtimoiy-ma’naviy muhit, hodisa va jarayonlarning ayrim ko‘rinishlari bizning ma’naviyatimizga mutlaqo mos emas. Masalan, an’anaviy islom dini ya’ni ahli sunna val jamoa tariqatiga zid keluvchi diniy-ekstremistik kayfiyatdagi (Vahobiylik, Hezbu tahrir, Akromiylik, shohidiylik kabi ayrim) oqimlar va tarmoqlarning hatti-harakatlari jamiyatimiz ijtimoiy-ma’naviy, siyosiy muhitiga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazadi va mamlakatda ijtimoiy-siyosiy beqarorlikni, ziddiyatni keltirib chiqarishga xizmat qiladi. Shuningdek, g‘arb davlatlari ijtimoiy-ma’naviy hayotini tobora chuqur tanazzulga giriftor qilayotgan “bir jinsli nikoh”, besoqolbozlik, zinokorlik kabi jirkanch illatlar islom dini aqidalariga mutlaqo zid bo‘lib, yuksak ma’naviy tamoyillarni yemirilishiga xizmat qiladi. Shuning uchun yurtimizda ularning tomir otishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Yangilanayotgan O’zbekistonda fuqarolik jamiyati nazariyasi va amaliyotining manaviy-ma’rifiy asoslariga katta e’tibor qaratilmoqda. Quyida bayon qilingan fikr-mulohazalar fikrimizga yorqin misol bo’ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyo’lda chiqqan PQ-3160 sonli Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risidagi qarorida, mustaqillik yillarida mamlakatimizda jamiyat hayotining ma’naviy-ma’rifiy asoslarini mustahkamlash, milliy istiqlol g’oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini hayotga joriy etish, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik va mas’uliyat hissini oshirish, yot g’oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga yo’naltirilgan targ’ibot tizimi shakllanganligi ta’kidlandi.
Qarorda, bugungi kunda dunyoda globallashuv jarayonlari kuchayib, tinchlik va barqarorlikka qarshi yangi tahdid va xatarlar tobora ko’payib borayotganligini xisobga olib, bunday murakkab va tahlikali vaziyat sohada amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy baholash, uning faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirish zarurligi ko’rsatib o’tildi.
Mazkur qarorning qabul qilinganligi bejiz emas. Chunki oila, mahalla va ta’lim muassasalarida yoshlar tarbiyasi, chekka hududlar va mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan maqsadli g’oyaviy-tarbiyaviy ishlarning yuzaki tarzda olib borilayotgani, jinoyatchilik, diniy ekstremizm va terroristik harakatlarga adashib qo’shilib qolish, milliy qadriyatlarga e’tiborsizlik, erta turmush qurish, oilaviy ajralishlar kabi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan targ’ibot ishlarining aksariyat hollarda kutilgan natijani bermayotgani bu masalalarga jiddiy e’tiborni talab etmoqda.
Qarorda, mamlakatimizda qabul qilingan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida eng avvalo, davlat boshqaruvi organlarining quyi bo’g’inlari faoliyatini tubdan yaxshilash, ularning xalq bilan muloqot qilishini ta’minlash, bu borada samarali ijtimoiy hamkorlik mexanizmini mustahkamlash ustuvor vazifa sifatida belgilab qo’yilgan.
Hozirgi davrning global muammolarini hisobga olgan holda, yurtimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi va tamoyillarining amal qilishida, olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot ishlarining mazmun-munharijasini tubdan yaxshilash, ularning ko’lami va miqyosini kengaytirish, tizimda faoliyat ko’rsatayotgan soha xodimlarining bilim va malakasini izchil oshirib borish, sohada faoliyat olib borayotgan muassasa va tashqi lotlar ishini muvofiqlashtirish va ularning samarasini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Qarorda, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi hamda Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazini birlashtirish yo’li bilan ularning negizida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazini qayta tashqi l etish ko’rsatildi.
Qarorda Markaz faoliyatining asosiy vazifalari qilib, quyidagilar belgilandi:
birinchidan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazishga qaratilgan targ’ibot ishlarini tizimli va izchil amalga oshirish, bu borada keng jamoatchilik, olimlar, mutaxassislar, ijodkor ziyolilardan iborat “Ma’rifat” targ’ibotchilar jamiyatini shakllantirish hamda uning faoliyatini doimiy asosda yo’lga qo’yish;
ikkinchidan, dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g’oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritib borish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat”, narkobiznes va boshqa tahdidlarga qarshi samarali g’oyaviy kurash olib borish;
uchinchidan, jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan ichki tahdidlar – el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug’-aymoqchilik, oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizlik kabi holatlarga barham berishga qaratilgan kompleks tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish;
to’rtinchidan, milliy g’oyani yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlar, ijtimoiy toifa vakillari o’rtasida keng targ’ib etish, bunyodkorlik ruhini yalpi ijtimoiy harakatga aylantirish, ertangi kunga ishonch tuyg’ularini kuchaytirish;
beshinchidan, targ’ibot-tashviqot ishlarida aholining hududiy, kasbiy hamda yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda mutanosib, maqsadli va mazmunli yondashuvni joriy etish;
oltinchidan, ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot ishlari samaradorligining ilmiy asoslangan monitoringini ta’minlashga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar o’tkazishni muntazam yo’lga qo’yish;
yettinchidan, yoshlarda sog’lom dunyoqarash, jumladan, kitobxonlik ko’nikmasini shakllantirish, internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish, ularda g’oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish;
sakkizinchidan, mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ushbu toifani ijtimoiy-iqtisodiy faollashtirishda jamoat tashqi lotlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish;
to’qqizinchidan, xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlarimiz o’rtasida dinlararo bag’rikenglik, millatlararo totuvlik va o’zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va joriy etish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi PQ-4307-sonli “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida, mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashqi l etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilgan.
Qarorda: aholi o‘rtasida faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, jamiyatda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish;
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar hamda qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining, mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka samarali yetkazish;
oila, mahalla, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish va sog‘lomlashtirishga qaratilgan faoliyatda ishtirok etish, "mahalla-tuman-viloyat-respublika" prinsipi asosida hududlar kesimidagi ijtimoiy-ma’naviy muhit xaritasini shakllantirish, bu jarayonga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish;
"Jaholatga qarshi ma’rifat" g‘oyasi asosida jamiyatda uzluksiz ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashqi l etishning strategik yo‘nalishlari, ta’sirchan, kreativ va innovatsion uslublarini ishlab chiqish;
tinchlik va osoyishtalikka, mamlakatimizning barqaror taraqqiyotiga, qadriyat va urf-odatlarga hamda insonparvarlik g‘oyalariga xavf soluvchi turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi samarali targ‘ibot ishlarini olib borish;
aholining ijtimoiy-ma’naviy hayotida bunyodkorlik g‘oyalarini kuchaytirish, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik muhitini yanada mustahkamlashdan iborat vazifalar belgilab berildi .39
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha ikita muhim bo‘lgan qarorlar qabul qildi. Birinchisi - 2021-yil 26-martdagi PQ-5039-sonli “Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasini tashqi l etish to‘g‘risida”gi, ikkinchisi - 2021-yil 26- martdagi PQ-5040 sonli “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari.
PQ-5039-sonli “Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasini tashqi l etish to‘g‘risida”gi qarorda, mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi va ta’sirchanligini oshirish, ko‘p millatli xalqimiz o‘rtasida hamjihatlik va hamkorlikni yanada mustahkamlash, milliy qadriyat, an’ana va urf-odatlarni keng targ‘ib qilish, badiiy ijod va kitobxonlik madaniyatini faol qo‘llab-quvvatlash kabi muhim tadbirlarni amalga oshirishko‘zda tutilgan.
Qarorda ko‘zda tutilgan Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasi jamg‘arma fuqarolik jamiyati instituti sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Jamg‘armaning asosiy vazifasi qilib quyidagilar belgilandi:
"Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi" asosida maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim bosqichlari uchun metodik qo‘llanma, uslubiy tavsiyalar, ma’naviy-axloqiy tarbiya nazariyasi va metodikasini boyitishga qaratilgan ilmiy-amaliy adabiyotlar yaratish, ularni nashr etish va joylarga yetkazish;
milliy merosimiz, buyuk ajdodlarimizning jahon tamadduniga qo‘shgan ulkan hissalarini dunyo miqyosida keng targ‘ib qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
sohaga "Raqamli targ‘ibot" tizimini joriy qilish maqsadida IT-parklar, innovatsion markazlar va frilanserlar bilan hamkorlikda mobil ilovalar, kompyuter o‘yinlari, animatsion mahsulotlar yaratish;
joylarda ma’naviy-ma’rifiy muhitni o‘rganish, hududiy ma’naviyat va ma’rifat kengashlari faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish, targ‘ibot-tashviqot ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida tashqi l etilgan ekspertlar guruhlarini qo‘llab-quvvatlash;
ma’naviy-ma’rifiy sohani, adabiyot va kitobxonlikni har tomonlama rivojlantirish, bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash;
mamlakatimiz va xalqaro miqyosda ilmiy-ma’rifiy tadbirlar, adabiy anjumanlar, festivallar, tanlovlar, xalq sayillari, adabiy-musiqiy kechalar o‘tkazish;
ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy kitob va plakatlar nashr etish, zamonaviy targ‘ibot vositalari va media mahsulotlar yaratish;
Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari direktorlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari va ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashqi l etish;
mahalliy hokimliklar bilan birgalikda olimlar va mutaxassislarni jalb etgan holda sohada faoliyat ko‘rsatayotgan targ‘ibotchilar malakasini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar tashqi l qilish;
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirishga qaratilgan yangi loyihalar, kitob, risola va maqolalar, tadbirlar ssenariylarini yaratish bo‘yicha ijtimoiy buyurtmalarni shakllantirish hamda bu ishlarga jalb etilgan olim va mutaxassislarni moddiy rag‘batlantirish;
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tavsiya etiladigan adiblarning ijod namunalarini, jumladan, yosh mualliflarning birinchi kitoblarini nashr etish;
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolarining ijodiy kechalarini o‘tkazish, adabiyotimiz rivojiga munosib hissa qo‘shgan uyushma a’zolariga moddiy yordam ko‘rsatish;
xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati, asriy an’ana va qadriyatlari tarannum etilgan, milliy ma’naviyatimizning mazmun-mohiyati teran badiiy ifodasini topgan mumtoz va zamonaviy adabiyotimizning munosib namunalarini xorijiy tillarga tarjima qilish hamda jahon axborot tarmog‘ida keng targ‘ib etish;
milliy adabiyotni rivojlantirish, adabiy jamoatchilik tomonidan e’tirof etilgan hamda mamlakat ijtimoiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan badiiy asarlar mualliflarini moddiy jihatdan rag‘batlantirish;
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda uning taniqli a’zolari ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan veb-saytlarni yaratish va ularni yangilab borish kabilar shular jumlasidandir.40
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.03.2021-yil 26-martda qabul qilgan PQ-5040-sonli “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ham O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishining ma’naviy-ma’rifiy asoslarini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Qarorda, ma’naviy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan muhim ishlarga qaramasdan, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi yangilanishlar jarayonida ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan bir qator tizimli muammolar saqlanib qolayotganligi ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni tashqi l etishda yaxlit tizim mavjud emasligi, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni ma’naviy tahdidlardan himoya qilish borasida yetarli darajada tashqi liy-amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmayapti, ushbu yo‘nalishda davlat tashqi lotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xususiy sektorning ijtimoiy hamkorligi samarali yo‘lga qo‘yilmaganligi ko‘rsatib o‘tilib, mavjud muammolarni hal etish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini oshirish, ko‘lami va miqyosini yanada kengaytirish, mamlakat aholisi, avvalo, yoshlar qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, sohadagi ishlarni muvofiqlashtirishning yagona tizimini yaratishdek muhim vazifalar belgilab berildi.
Qarorda, quyidagilar ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi.
Ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish.
Oila, ta’lim tashqi lotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash.
Targ‘ibot-tashviqot va tarbiya yo‘nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashqi l etish, soha bo‘yicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilish.
El-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Aholining Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini oshirish, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish.
Madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san’atning barcha turlari, noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida ma’naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish.
Geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va boshqa xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish hamda bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.
Qarorda, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining qo‘shimcha vazifalari etib belgilandi:
a) davlat organlari va nodavlat tashqi lotlar bilan hamkorlik yo‘nalishida:
mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha davlat organlari, nodavlat tashqi lotlar va ishchi (ekspert) guruhlarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo‘lgan zararli g‘oyalar va ma’naviy tahdidlarning mohiyatini va aholining turli qatlamlariga ta’sirini o‘rganib borish;
yoshlarimiz ongiga salbiy ta’sir etuvchi, ularni g‘oyaviy jihatdan qaram etishga yo‘naltirilgan harakatlarga qarshi samarali kurash olib borish hamda irodali, fidoyi, vatanparvar va o‘z mustaqil fikriga ega avlodni tarbiyalash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish;
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha davlat va jamoat tashqi lotlari uchun tegishli tavsiya va takliflar tayyorlash;
b) ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida:
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishning samarali va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalari hamda usullarini ishlab chiqish;
ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni tashqi l etishga doir xorijiy tajribani o‘rganish, shuningdek, bugungi mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash;
maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimi, mahalla va boshqa tuzilmalar kesimida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning monitoringini olib borish, aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha ilmiy asoslangan tarbiya texnologiyalari, taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
ma’naviy tarbiya va ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tashqi l etish, ularning natijalarini amaliyotga tatbiq qilinishini muvofiqlashtirish;
v) targ‘ibot-tashviqot yo‘nalishida:
ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan milliy g‘oya targ‘iboti, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
sohalar va hududlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, aniq maqsadga yo‘naltirilgan targ‘ibot-tashviqot dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
aholi, ayniqsa, yoshlarni islom dini va falsafasiga, boshqa diniy konfessiyalarga nisbatan hurmat-ehtirom va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish.
Markazning ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijtimoiy mavzulardagi dolzarb maqolalar, jamoatchilik vakillarining ilg‘or fikrlari, shuningdek, mafkuraviy jarayonlar tahlili, sohaga oid yangiliklarni to‘plash, tayyorlash va tarqatish maqsadida "oyina.uz" elektron portalini tashqi l etilishi – fuqarolik jamiyati tamoyillarining amal qilishida muhim ahamiyat kasb etadi.
3 seminar Davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirokini ta’minlash
Dostları ilə paylaş: |