1-ma’ruza: parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinlari bilan bog’lanishi. (2 soat ) Reja



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə14/65
tarix05.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#125257
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65
1-ma’ruza parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinla

So'rg'ichlilar (trematoda) sinfi. Trematodalar sinfivakillari ham monogeneyalar singari kiprikli chuvalchanglardan kelib chiqqan. Ammo ular barcha umurtqalilar - baliqlar, amfibiyalar, reptiliyalar, qushlar va sut emizuvchilar, shu jumladan odamlarning hamda umurtqasizlarning ichki parazitlari hisoblanadi. Businf haqidagi dastlabki ma'lumotlar 17-asrning o'rtalarida paydo bo'lgan. Taniqli italiyalik olim Redi birinchi marta qoramollar jigarida jigar qurtini topib, uning tuzilishini o'rganadi. Shved olimi K. Linney trematodalaming 40 dan ortiq turini o'rganib, birinchi marta trematodalar sinfiga asos solgan. 1819-yili mashhur gelmintolog olim K.A. Rudolfi 220 dan ortiq trematodalar turini o'rganadi. Trematodalarni har tomonlama o'rganishda rus olimlari yetakchi rol o'ynaydi. Akademik K.I. Skryabin o'z sho-girdlari bilan trematodalar bo'yicha 26 tomlik kapital asarlar yozgan. Hozirgi vaqtda trematodalar, ya'ni so'rg'ichlilar sinfiga 5000 dan ortiq tur kiradi, shulardan qariyb 50% i baliqlarda qolganlari esa boshqa umurtqalilarda parazitlik qiladi. Odamlarda ularning 30 ga yaqin turi uchraydi. Trematodalar o’z xo’jayinlarining hazm organlarida, jigar va jigar o’t yo’llarida, qon tomirlarida va boshqa ichki organlarda parazit holda yashaydi. Bu sinfga kiruvchilarning hammasi endoparazitlar hisoblanadi. Trematodalarning ko’pchiligi bargsimon shaklga ega. Ammo ular orasida noksimon, ipsimon shaklga ega bo’lganlari ham uchraydi. Trematodalarning tana uzunligi 0,1 mm dan 10-15 sm gacha yetadi. Akulalarning og’iz bo’shlig’ida parazitlik qiladigan ayrim so'rg'ichlilarning uzunligi 1,5 m ga yetadi(Didymozoidae oilasi turlari).Tana qoplag'ichi tegument deb ataladigan kipriksiz epiteliydan iborat. Epiteliyning sirtqi qavati yadrosiz sitoplazmatik plastinkadan iborat. Bu qavat hujayralar juda ko'p mitoxondriylar va vakuollarga ega, lekin hujayralar o'rtasida chegara yo'qolib, sinsitiy hosil qiladi. Epiteliy sirtidagi har xil pixlar qo'shimcha yopishuv organi hisoblanadi. Sitoplazmatik ipchalar yordamida tegument qavati sitoplazmaning parenximasiga botib turadigan yadroli qismi bilan bog'langan. Tegument ostida bazal membrana va uning ostida halqali-bo'ylama muskullar joylashadi.Hazm sistemasi ektodermali oldingi ichak (og’iz, tomoq, qizilo’ngach) va entodermali o’rta ichakdan iborat. Yirik vakillarida ichak kuchli tarmoqlangan bo’lsa, birmuncha mayda turlarida ikkita yon nayidan tuzilgan. Ichaklarining uchlari berk. Og’zi tananing oldingi qismida, og’iz so’rg’ichining ostida joylashgan(19- rasm). Ayirish sistemasiprotonefridiy tipida bo'lib, odatda bir juft yig'uvchi naylar va ulardan tarqaladigan juda ko'p naychalardan iborat. Naylar siydik pufagiga, pufak esa tashqariga ochiladi. Nafas olish va qon aylanish sistemalariga ega emas. Nerv sistemasiortogon tipda tuzilgan bo'lib, bir juft miya gangliylaridan hamda ulardan oldinga va orqaga ketadigan uch juft bo'ylama nerv tomirlaridan iborat. Nerv tomirlari ko'ndalang nerv tolalar bilan qo'shilgan. Bo'ylama nervlardan ayniqsa, qorin nerv tomiri yaxshi rivojlangan.Sezgi organlari voyaga yettan davrida rivojlanmagan, suvda erkin suzib yuradigan lichinkalarning bir yoki ikki juft oddiy ko'zchalari-teri retseptorlari bo'ladi. Endoparazitizmga o’tish tufayli ko’zlari yo’qolgan.
Trematodalarning ko’pchiligi germafrodit. Ular ichida faqat qon parazitlari - shistosomalar ayrim jinslidir.



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin