1-ma’ruza: parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinlari bilan bog’lanishi. (2 soat ) Reja


KIPRIKLILAR (CILIOPHORAl YOKI INFUZORIYALAR (INFUSORI)



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə12/65
tarix05.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#125257
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   65
1-ma’ruza parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinla

KIPRIKLILAR (CILIOPHORAl YOKI INFUZORIYALAR (INFUSORI) tipi vakillari koimak suvlardan tortib dengiz, okeanlargacha boigan hamma suvlarda va nam tuproqlarda uchraydi.7500 ga yaqin turi bor. Ba’zi turlari esa umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda hamda odamlarda parazitlik qiladi. Kiprikli infuzoriyalar sinfidan bin ixtioftirius (Ichthyophthirius multifilus) baliq terisi va jabrasiga kirib, yara hosil qiladi.
Bu parazitning yosh individlari baliq terisiga va jabrasiga chuqurroq o‘mashib, faol ovqatlanadi va kattalashadi. Ma’lum vaqtdan keyin parazit baliq terisidan ajralib suvga chiqadi va sistaga o‘raladi. Sistada esa ko‘payish boshlanadi. Yadrosining ketma-ket bo‘linishi tufayli 2000 tagacha yangi harakatchan yosh parazitlar rivojlanadi. Sistadan tashqariga chiqqan yosh ixtioftiriuslar yana baliqlar terisi va
jabrasiga yopishib o‘z taraqqiyotini davom ettiradi. Bu parazit keltirib chiqaradigan kasallikdan yosh baliqchalaming 90-100 %i nobud bo‘ladi. Ixtiofitiriuslardan, ayniqsa, zog‘ora baliq, gulmohi, do‘ngpeshona, oq amur va losossimon baliqlar ko‘p zarar ko‘radi.
Shuningdek, bu sinfga odam va hayvonlar organizmida parazitlik qiluvchi Balantidium coli ham kiradi. Uning tanasi loviyasimon bo`lib, odamning yo‘g‘on ichagi devorida parazitlik qilib, jarohat hosil qiladi va xavfli qonli ichburug4 kasalligini vujudga keltiradi. Odamlarga bu parazitlar cho‘chqaiar orqali yuqadi. Chunki, balantidiy cho‘chqa, sichqon va kalamushlar ichagida ham parazitlik qiladi. Cho‘chqalaming tezagi orqali parazitning sistalari tashqariga chiqadi va odamlar bu sistalami yutib, balantidiy bilan kasallanadi.
Nazorat savollar

  1. Miksosporidiyalar va mikrosporidiyalar tiplari vakillari kimlarda parazitlik qiladi va qanday kasalliklar keltirib chiqaradi?

  2. Xasharotlarda bir hujayrali hayvonlardan qaysi turlari parazitlik qiladi?

  3. Odam va hayvonlarda parazitlik qiladigan infuzoriyalar va ular keltirib chiqaradigan kasalliklar to`g’risida nimalarni bilasiz?




Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin