1-ma’ruza: parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinlari bilan bog’lanishi. (2 soat ) Reja



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə37/65
tarix05.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#125257
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   65
1-ma’ruza parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinla

Kerakli jihozlar. Uslubiy qo’llanmalar, jadvallar,В-191S-Monokulyar mikroskop, 382Phi-ALC-Binokulyar mikroskop.
Hayvonlarni tirik davrida gelmintologik tekshirish usullari. Tirik hayvonlarni gelmintoz kasalliklari qo’zg’atuvchilari bilan zararlanganligini aniqlash uchun ularni klinik belgilarini kuzatish, maxsus AMALIY va immunologik tekshirishlarga asoslangan holda tashxis qo`yiladi.
Kilnik belgilarni kuzatish. Kasallikning xarakterli va sezilarli belgilari - markaziy nerv sistemasi faoliyatining buzilishi (senurozda), teridan qon ketishi (setariozda), konyunktivit va keratit (telyaziozda) kabi belgilardan iborat. Ko`pchilik gelmintozlarda kasallikning ko`zga ko`rinarli klinik belgilari bo`lmaydi, tez-tez uchraydigan va kam xarakterli belgilar bilan chegaralanadi. U ham bo`lsa, ovqat hazm qilish organlari faoliyatining buzilishi, oriqlashi, yosh mollarning o`sishidan orqada qolishi, kundalik o`sislining pasayishi, sog`iladigan sut va boshqa mahsulotining kamayishi bilan ifodalanadi. Shuning uchun ham maxsus klinik kuzatishlar gelmintoz kasalliklarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega emas. Shunga qaramasdan, juda ko`p hayvonlarning ichi ketishi, mahsuldorligining kamayishi gelmintoz kasalliklaridan darak berishi mumkin, lekin bu belgilar aniq tashxis qo`yishga imkon bermaydi.
Amaliy diagnostikasi. Hayvon organizmidagi jinsiy yetuk gelmintlar doimiy ravishda tuxum yoki tuxumdan yangi lichinka holida tashqi muhitga chiqariladi yoki qon va limfa,suyuqliklarida, u yoki bu to`qimalarning hujayralari orasida to`planadi.
Hayvon ekskretlarida, bezlarida, to`qimalarida u yoki bu gelmintlarni, ularning tuxum va lichinkalarini uchratish ufling tiriklik davrida amaliy usulida gelmintlar ta'sirida qo`zg`atiladigan kasalliklarini aniqlashga kiradi.
Gelmint tuxumi va lichinkalari ko`pincha tezak bilan, ayrim hollarda siydik bi-lan, ko`z yoshi bilan (ko`zning shilliq pardasida, ko`z yoshi bezlarida parazitlik qiluvchi gelmintlarning lichinkalari) tashqi muhitga chiqariladi.
Qon va limfa suyuqliklaridagi gelmint lichinkalari tananing berk bo`shliqlarida yoki tashqi muhit bilan aloqada bo`lmagan organ va to`qimalarda parazitlik qiladi. Muskul tolalarining oralig`ida trixinella lichinkalari to`planadi. Ovqat hazm qilish sistemasida parazitlik qiluvchi gelmintlar ko`pincha hayvon o`lganidan keyin yoki gelmintsizlantirilgandan so`ng axlat bilan tashqi muhitga chiqadi.



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin