1-ma’ruza: parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinlari bilan bog’lanishi. (2 soat ) Reja


-MAVZU: BO’G’IMOYOQLILAR OLAMI (2 soat)



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə33/65
tarix05.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#125257
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   65
1-ma’ruza parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinla

12-MAVZU: BO’G’IMOYOQLILAR OLAMI (2 soat)


Reja:
1.Parazit bo’g’imoyoqlilar.
2.Parazit bo’g’imoyoqlilar keltirib chiqaradigan kasalliklar.
3.Parazit bo’g’imoyoqlilar parazitar kasalliklarni tabiatda tarqalishidagi ahamiyati.


1.Parazit bo’g’imoyoqlilar.
Bo‘g‘imoyoqlilar (Arthropoda) tipi. Bo‘g‘imoyoqlilar tipi hayvonot olamida turlarining ko‘pligi jihatidan birinchi o‘rinda turadi. Ayni vaqtda, ularning 1,5 mln. dan ortiq turlari fanga ma’lum Bo‘g‘imoyoqlilar evolutsiya taraqqiyoti jarayonida turli muhit sharoitda yashashga moslashgan hayvonlar hisoblanadi. Ular dengiz va okeanlarda, chuchuk suv havzalarida, tuproq ustida va ostida, havoda yashaydi. Bir qancha turlari esa odam va hayvonlarda parazitlik qiladi.
Hamma bo‘g‘imoyo‘qlilar ikki yonlama simmеtriyali, tanasi va oyo‘qlari bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Gavdasi pishiq xitin kutikula bilan qoplangan. Kutikula ichki organlarni himoya qilish va tashqi tayanchskеlеt vazifasini bajaradi. Tana bo‘shlig‘i embrional rivojlanish davrida birlamchi va ikkilamchi tana bo‘shliqlarining birga qo‘shilib kеtishidan hosil bo‘lgan bo‘lib, aralash tana bo‘shlig‘i dеyiladi. Markaziy nеrv sistеmasi halqali chuvalchanglarnikiga o‘xshash tuzilgan. Suvda yashovchi bo‘g‘imoyo‘qlilar jabralar, quruqlikda yashovchilari esa traxеya yoki o‘pka yordamida nafas oladi.
Bo‘g‘imoyo‘qlilarning qon aylanish sistеmasi ochiq bo‘lib, yurakdan chiqqan qon tomirlari tana bo‘shlig‘iga ochiladi. Bo‘g‘imoyoqlilar tipi orasida parazitlari asosan, hasharotlar, o‘rgimchaksimonlar va qisman qisqichbaqasimonlar sinflari orasida uchraydi. Odam va hayvonlar sog‘lig‘iga zarar keltiradigan bo‘g‘imoyoqlilarni tibbiy va veterinar entomologiya o‘rganadi. Parazit bo‘g‘imoyoqlilar infektsion va invazion kasalliklarni tashiydi, ayrimlari gelmintlarni oraliq va asosiy xo‘jayinlari bo‘lib hisoblanadi, boshqalari esa miazlarni keltirib chiqaradi.
Parazit bo‘g‘imoyoqlilarning keltiradigan zararlari turlicha: birinchidan, bular qon so‘ruvchilar (gnus), ya’ni odam va hayvonlarning qonini so‘rib bezovta qiladi. Ularning ko‘payishi uy hayvonlarini tabiatda boqishda qiyinchiliklar tug‘diradi. Bularni hujumi tufayli odamlar tabiatda maxsus himoya vositalarisiz ishlay olmaydi. Ikkinchidan, bular infeksion va invazion kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilarini tez yuqtirib, o‘zlarida uzoq vaqt saqlash xususiyatiga ega. Uchinchidan, parazit bo‘g‘imoyoqlilar turli xavfli kasallik qo‘zg‘atuvchilarini tashuvchilar hisoblanadi. O‘rgimchaksimonlardan kanalar turkumi vakillarini ko‘pchiligi parazit holda hayot kechiradi. Hasharotlar sinfi orasida qandalalar, ikki qanotlilar turkumlarining bir qancha turlari parazit bo‘lsa, bitlar, parxo‘rlar, burgalar turkumlari vakillari to‘laqonli parazitlar hisoblanadi. Ko‘pchilik bo‘g‘imoyoqlilar odamlarda parazitlik qilib, odamlarga esa asosan, umurtqali hayvonlardan o‘tadi. Ayrim bo‘g‘imoyoqlilar odam va hayvonlar uchun umumiy parazitlar hisoblanadi (bitlar, burgalar). Issiq qonlilar parazitlari parazitizm darajasi, xo‘jayin tanasidagi joyi, xo‘jayin bilan bog‘lanish darajasi va boshqa bir qator belgilar bilan bir-biridan farqlanadi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin