SO’Z
BOSHI
Parazitologiya zoologiyaning amaliy fanlaridan biri bo’lib, u odam, hayvon va
o`simliklarda parazitlik qilib, turli kasalliklarni paydo qiladigan hayvonlarni va
ularga qarshi kurash choralarini o`rganadigan fan.
Parazitizm tabiatda nihoyatda keng tarqalgan bio-ekologik hodisa bo’lib,
hayvon yoki o’simliklarning turli vakillari orasidagi o’zaro munosabatning o’ziga xos
ko’rinishidir. Parazitizm bir organizmning boshqa organizm
hisobiga oziqlanishidan
iborat. Xo’jayin organizmi parazit uchun tashqi muhit vazifasini bajaradi va shuning
uchun parazitning hayoti xo’jayin organizmining hayoti va xolati bilan chambarchas
bog’liq bo’ladi. Bu xolat esa uzoq evolyusion taraqqiyot davomida shakllangan
bo’lib, murakkab morfo-anatomik,
fiziologik, bioximik, ekologik,
genetik
munosabatlar va o’zgarishlarni o’z ichiga oladi. Keyingi yillarda parazitologiya fani
xalq xo’jaligining turli tarmoqlari, shuningdek, atrof-muhitni
muhofaza qilish kabi
muhim muammolarning tarkibiy qismiga aylanib bormoqda. Uning tibbiyot
parazitologiyasi, veterinariya parazitologiyasi, fitogel’mintologiya kabi soxalari jadal
rivojlanib bormoqda. SHuning uchun bo’lajak biolog-o’qituvchilar parazitologiya
soxasida ham chuqur bilimga ega bo’lishlari lozim.
Parazit organizmlar bir hujayrali hayvonlardan
asosan - sarkomastigoforalar,
sporalilar, knidosporidiyalar, mikrosporidiyalar va infuzoriyalar tiplari ichida, hamda
ko’p hujayrali hayvonlardan - yassi chuvalchanglar, tikan boshlilar, to’garak
chuvalchanglar va bo’g’imoyoqlilar tiplari tarkibida uchraydi.
Ular qishloq
xo’jaligiga, birinchi navbatda madaniy o’simliklarga va chorvachilikka katta zarar
keltiradi. Parazitlar ta’sirida o’simliklar xosildorligi va chorva mollarining
maxsuldorligi
keskin kamayadi, xatto ularni nobud qiladi. Bir qator parazitlar inson
salomatligiga ham salbiy ta’sir etib, og’ir kasalliklarni keltirib chiqaradi.