17 – Ma’ruza
Mavzu: YEM-XASHAK YIG‘ISHTIRISH TEXNOLOGIYALARI. PICHAN
O‘RGICHLAR.
REJA:
1.
Yem-xashak yig’ishtirish texnologiyalari
2.
Pichano‘rgichlar
1. Yem-xashak yig’ishtirish texnologiyalari
Tabiiy o‘tlar, beda, boshqa madaniylashtirilgan o‘simlik poyalari o‘rilib,
quritilgandan so‘ng hosil bo‘ladigan mahsulotdan
yem- xashak sifatida
chorvachilikda foydalaniladi. Chorvachilikda makkajo‘xori, raps, kungaboqar va
boshqa shirali ekinlardan tayyorlangan silos to‘yimli ozuqa sifatida ishlatiladi.
Yem-xashak yig’ishtirishda quyidagi texnologiyalar mavjud:
—
Pichanni yoyilgan holda yig’ishtirish texnologiyasi o‘tlarnio‘rish (ba’zan,
o‘rib-ezish), dalada tabiiy holda quritish, quritilayotgan pichanni titish, ag’darish,
xaskashlab to‘plash, uyumlash va saqlashga qo‘yishni o‘z ichiga oladi. Pichanni o‘ta
quritib yubormaslik muhim ahamiyatga egadir.
—
Pichanni presslab yig’ishtirish texnologiyasida o‘rish (ba’zan, ezish), titish,
uyumlash, uni ag’darish, yig’ishtirib presslash va transportlash kabi ishlar bajariladi.
Bu texnologiyada ob-havo va mexanik ta’sirining salbiy natijasi keskin kamayadi,
pichan tabiiy sifatini pasaytirmasdan saqlanadi, isrofgarchilik va tannarx kamayadi.
—
Pichanni maydalab yig’ishtirish texnologiyasida o‘t-o‘lanni o‘rib-ezib,
quritish, titish, xaskashlab to‘plash, ag’darish, terib olish va 3-5
sm uzunlikda
maydalash, uni transportlash va qo‘shimcha quritish bajariladi.
Senaj tayyorlash texnologiyasida o‘t o‘rilib eziladi, dalada qisman quritilib,
namligi 50-55%
gacha kamayganida, 20-30 sm uzunlikda maydalanadi va senaj
minorasi yoki transheyaga
solinadi, zichlanadi va germetik yopiladi.
Pichan uni tayyorlash texnologiyasida o‘t o‘riladi, eziladi, titiladi, uyumlarni
to‘plash, maydalash, transportlash, sun’iy quritib, servitaminli
un yoki granulalar
olinadi.