MAVZU: PO‘STLOQXO‘RLAR VA ZLATKALAR BIOLOGIYASI, ULARGA QARSHI KURASH CHORALARI Reja: Po‘stloqxo‘rlar turlari.
Po‘stloqxo‘rlar (Lipidae) Bu qo‘ng‘izlar, ayniqsa, olma qo‘ng‘izi yoki olxo‘ri va burishgan qo‘ng‘iz ko‘pgina meva daraxtlariga, danakli meva daraxtlariga zarar yetkazadi. Olma po‘stloqxo‘r qo‘ng‘izi bilan uning lichinkalari daraxtlar shoxini va ba’zan butun-butun daraxtlarni, voyaga yetgan qo‘ng‘izlar esa yosh novdalarni quritib qo‘yadi. Bog‘ to‘g‘ri parvarish qilinmasa (yetarli sug‘ormaslik natijasida) hamda ilgari boshqa zararkunandalar ta’siridakuchsizlangan daraxtlarga po‘stloq osti qo‘ng‘izlari, ayniqsa qattiq zarar yetkazadi. Po‘stloq osti qo‘ng‘izlari daraxtlar shoxida, po‘stlog‘i ostida, po‘stloq osti qavatidan ochgan yo‘llarda katta yoshli lichinka bosqichida qishlaydi. Lichinkalar qishlaydigan joyida martningikkinchi yarmidan boshlab g‘umbakka aylanadi, aprelda voyaga yetgan qo‘ng‘izlar paydo bo‘ladi.Qishlovchilichinkalar har xil yoshda bo‘lganligidan g‘umbaklardan qo‘ng‘iz chiqishi uzoqqa – iyulgacha davom etadi. Qo‘ng‘izlar dastlabpaydo bo‘lgan joyida – shoxlarning po‘stlog‘i ostida, po‘stloq osti qatlamida, keyinchalik shoxlarning uchida, yosh novdalar asosida oziqlanadi, ularyarim doira kanallar ochib, shu yo‘l bilan novdalarni nobud qiladi. Qo‘ng‘izlar po‘stloq ostidan chiqib, to‘g‘ri yumaloq teshiklar ochadi, «uchish teshiklari» deb ataladigan bu yo‘llar zararkunandalarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Danakli meva daraxtlarida shunday teshiklardan ko‘pincha yelim oqib turadi. Po‘stloq osti qo‘ng‘izlari kuchsizlangan daraxtlarga tuxum qo‘yadi. Urg‘ochi qo‘ng‘iz shunday daraxtlar shoxida «kirish teshigi», so‘ngra po‘stloq ostidan kanal ochadi, uning diametri qo‘ng‘iz tanasining kattaligida bo‘ladi. Urg‘ochi qo‘ng‘iz po‘stloq osti qavatini kemirib «parmalash uni» hosil qiladi va uni tashqariga chiqarib tashlaydi. Urg‘ochi qo‘ng‘iz «onalik yo‘li» (kanal) ning yonlarini kemirib, tuxum kameralari hosil qiladi va shu kameralarga bittadan tuxum qo‘yib ketadi, so‘ngra ularni parmalash uni bilan to‘ldiradi. Olxo‘ri qo‘ng‘izining onalik yo‘li 5–10 sm, burishgan qo‘ng‘izniki 2–3 sm uzunlikda bo‘ladi. Qo‘ng‘iz mayda, tanasi kalta, silindrsimon shaklda bo‘ladi.
Burishgan po‘stloqxo‘r (Scolytus rugulosus Rats.) Burishgan po‘stloqxo‘r qo‘ng‘izi tanasining uzunligi 2,3– 2,8 mm, qorni ko‘tarilib turadi, ustki qanotlarida burishgan egatchalar, egatchalarida va ular orasida nuqtalar bor. Bu qo‘ng‘iz jami 120tagacha tuxum qo‘yadi. Yiliga ikki marta nasl beradi. Po‘stloqxo‘rlarga qarshi, asosan, agrotexnikaviy va mexanik usullarda kurashiladi. Bog‘ni yaxshilab parvarish qilish, qurigan, zararlangan novda va daraxtlarni kesib, bog‘dan chiqarib tashlash kerak. Meva daraxtlarini o‘z vaqtida sug‘orib, oziqlantirib turish lozim. Qo‘ng‘izlar uchishi davrida daraxtlarga ilovada ko‘rsatilgan tartibda fosfororganik yoki piretroid preparatlar bilan ishlov berish zarur. Nokka ham bir qancha zararkunandalar zarar yetkazadi. Respublikamiz sharoitida nok daraxtlariga, ayniqsa, nok burga(shirin)chasi, nok biti, olma qurti ko‘proq zarar yetkazadi.