Kirish. Parazitologiya fanining predmeti va vazifalari. Parazitologiyaning
qisqacha rivojlanish tarixi.
Mavzu rejasi:
1.
Parazitologiya fanining predmeti va vazifalari.
2.
Parazitologiya fanining qisqacha rivojlanish tarixi.
3.
Parazitizm haqida tushuncha.
4.
Parazitizm, kommensalizm, mutualizm va simbioz to’g’risida tushunchalar.
5.
Xo’jayin - parazit munosabatlarining shakllari.
Parazitologiya (yunoncha ikkita so’zdan kelib chiqqan bo’lib, parasitos -
tekinxo’r, parazit va logos - ta’limot, fan demakdir) - kompleks biologiya fanining bir
tarmog’i hisoblanib, parazitizm, hodisalari, ya’ni parazit bilan xo’jayin o’rtasidagi
o’zaro munosabatlar, ularning tashqi muhit omillariga bog’liqligi, odam, hayvon va
o’simliklarda uchrovchi parazitlar va ular qo’zg’atadigan kasalliklar hamda bu
kasalliklarga qarshi kurash usullarini o’rganadigan fan.
Parazitologiya
parazitlar
morfologiyasi,
anatomiyasi,
gistologiyasi,
fiziologiyasi, embriologiyasi, ekologiyasi, geografiyasi, tasnifi, filogeniyasi hamda
parazit va xo’jayin orasidagi munosabatlarni tekshiradi.
3
Akademik K. I. Skryabin parazitlarning kelib chiqishi xususiyatiga ko’ra,
ularni o’rganadigan fanni ikki guruxga bo’ladi. Birinchi gurux - fitoparazitologiya
deyilib, u o’simliklar dunyosidan kelib chiqadigan bakteriya, virus va boshqa
parazitlar hamda ular ta’sirida sodir bo’ladigan yuqumli kasalliklarni o’rgatadi.
Ikkinchi gurux - zooparazitologiya deyilib, qo’zg’atuvchisi hayvonot dunyosidan
kelib chiqadigan (protozoolar, gel’mintlar, zuluklar, bo’g’imoyoqlilar va boshqalar)
va har xil parazitlar ta’siridan paydo bo’ladigan kasalliklar hamda ularga qarshi
kurash choralarini o’rgatadi.
Umuman, parazitlarni o’rganish ob’ektlariga ko’ra tibbiyot parazitologiyasi,
veterinariya parazitologiyasi, agronomiya (o’simliklar) parazitologiyasi va umumiy
parazitologiyaga bo’linadi. Parazitologiya ko’pgina biologik, tibbiyot va veterinariya
soxasidagi maxsus fanlar bilan chambarchas bog’langan. Parazitlarning tavsifi,
morfologiyasi, biologiyasi va tasnifini o’rganish bilan zoologiya fani shug’ullansa,
ular qo’zg’atadigan kasalliklar patogenezi, klinikasi, diagnostikasi va davolashini
o’rganish bilan esa patologik anatomiya, patalogik fiziologiya, immunologiya,
virusologiya, mikrobiologiya, terapiya, farmakologiya, epizootologiya, xirurgiya,
bioximiya, veterinariya-sanitariya ekspertizasi, zoogigiena va boshqa fanlar
shug’ullanadi hamda ulardagi tadqiq etish usullaridan keng foydalaniladi.
Parazitlar xaqidagi ma’lumotlar qadim zamonlardan beri fanga ma’lum.
Eramizdan ancha ilgari yassi chuvalchanglarning vakillari hamda askarida xaqida
qo’lyozmalar saqlangan. Eramizdan oldingi 460-375 yillarda yashagan atoqli olim va
shifokor Gippokrat birinchi bo’lib fanga "askaridoz" degan tushunchani kiritgan. U
odamlarda uchraydigan askarida, ostrisa, yassi chuvalchanglarning ayrim turlari bilan
birga hayvonlar parazitini (exinokokkni) ham aniqlagan. Gippokrat gel’mintlarni
invazion kasalliklarning qo’zg’atuvchisi emas, balki o’z-o’zidan vujudga keladigan
biror kasallikning oqibati deb noto’g’ri tushuncha bergan.
Eramizdan oldingi 384-322 yillarda yashagan yunon faylasufi Arastu
qoramollardagi exinokokkoz, cho’chqalardagi sistiserkoz, odam askaridasi va
ostrisasi to’g’risida ma’lumotlar yozib qoldirgan. Eramizdan oldingi 116-27 yillarda
yashagan Rim olimi Varron hayvonlarni botqoqlik, to’qayzorlarda boqqanda og’iz va
nafas yo’llari orqali mol organizmiga ko’zga ko’rinmaydigan parazitlar kirib kasallik
qo’zg’atadi deb fikr yuritgan. Eramizdan oldin va eramizning dastlabki yillarida
qo’tirga qarshi oltingugurt, gel’mintozlarga qarshi piyoz, sarimsoq va boshqa surgi
dorilarni ishlatganlar. Parazitlar to’g’risidagi ayrim ma’lumotlar bir qancha
olimlarning qo’lyozmalaridan ham topilgan, ammo ular parazitlarni xudo yuborgan
ofat deb, bu kasalliklarni "davolash" uchun xudoga sig’inish, iltijo qilish kerakligini
aytishgan.
Ko’p asrlar davomida olimlar faqat ko’zga ko’rinadigan parazit chuvalchanglar
va tashqi parazitlarni ta’riflash bilangina chegaralanib kelganlar. Ko’zga ko’rinmas
parazitlar to’g’risidagi ilk ma’lumotlar bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino asarlarida
uchraydi.
XVII asrning o’rtalariga kelib Italiya tabiatshunosi Redi parazitlar ustida
tajribalar o’tkazadi va chivin bilan bo’kalarning tuxumdan rivojlanishini isbot qilib,
parazitlar tasodifan o’z-o’zidan paydo bo’ladi degan nazariyaga zarba berdi.
4
Golland tabiatshunosi A. V. Levenguk (XVII asrning oxir-larida) mikroskop
ixtiro qilib, butun biologiya soxasida yangi davrni boshlab berdi. Lekin 17-18
asrlarda parazitlarning faqat morfologik tuzilishi o’rganilgan xolos.
Parazitologiyaning
taraqqiyotiga
mikroskopning
va
mikroskopik
tadqiqotlarning takomillashuvi yordam beradi, shu tufayli 19 asrda parazitologiya fan
sifatida shakllandi.
Mana shu vaqtdan boshlab parazitlarning biologiyasi o’rganila boshlandi va
eksperimental parazitologiyaga asos solindi. 19 asrning ikkinchi yarmidayoq turli
kasalliklarni qo’zg’atuvchi bir hujayrali hayvonlar (sodda hayvonlar) topildi.
Keyinroq esa xasharot va kanalarning ba’zi kasalliklarning qo’zg’atuvchilarini
tarqatishdagi roli, shuningdek, faqat odamga xos bo’lgan parazitar kasalliklar ham
aniqlandi. Bu davrda parazitologiyaning rivojlanishiga rus olimlaridan E. A.
Ostrovskiy, A. P. Fedchenko, E. K. Brandt, N. M. Melnikov, I. I. Mechnikov, F. A.
Lesh; nemis olimlaridan F. Kyuxenmeyster, K. Foxt, R. Leykart; ingliz olimlaridan
R. Ross, P. Menson, J. Datton, J. Todd; italiya olimi B. Grassi; fransuz olimi SH.
Nikol va boshqalar katta xissa qo’shdilar.
Sobiq ittifoqda ham parazitologiya soxasida bir qator ilmiy maktablar vujudga
keldi. Akademik K.I.Skryabin sobiq ittifoq gel’mintologlari maktabini yaratdi.
Akademik E.N.Pavlovskiy va L.A.Zil’berlar umumiy parazitologiya, o’lka
parazitologiyasi muammolarini o’rgandi va transmissiv kasalliklarning tabiiy manbai,
organizm parazitlar yashash muhiti ekanligi va parazitosenozlar xaqidagi
nazariyalarni yaratdi. Professor V.A.Dogel’ ekologik parazitologiyaning asoschisi
hisoblanadi. U izdoshlari bilan parazitologiyaning umumiy masalalarini, baliq
parazitlarini, parazit bir hujayrali hayvonlarni, professor V.L.Yakimov va boshqa bir
gurux olimlar odam va hayvonlarning piroplazmidozlar, leyshmaniozlar, otqarshi
kurash choralarini ishlab chiqdilar. Tibbiyot parazitologiyasi soxasida ayniqsa,
bezgakni va boshqa parazitar kasalliklarni yo’qotishda juda katta ishlar amalga
oshirildi.
O`zbekistonda parazitologiya bo’yicha ilmiy ishlar O`zbekiston Respublikasi
Fanlar Akademiyasiga qarashli Zoologiya institutida, O`RFAning Qoraqalpog’iston
filiali
institutlarida,
O`zbekiston
milliy
universitetida,
Samarqand
davlat
universitetida, O`zbekiston veterinariya ilmiy-tekshirish institutida, Samarqand
qishloq xo’jalik institutida, O`zbekiston tibbiyot parazitologiyasi hamda O`rta Osiyo
fitopatologiya institutlarida, Toshkent va Samarqand tibbiyot institutlarida olib
borilmoqda. O`zbekistonda parazitologiya fanining rivojlanishida N.B.Badanin,
O`RFA akademiklari A.T.To’laganov, M.A.Sultonov, E.X.Ergashev, J.A.Azimov,
professorlar
S.N.Bobojonov,
N.M.Matchonov,
SH.A.Azimov,
A.O.Oripov,
M.Aminjonov, E.I.Gan, M.K.Qodirova, S.O.Osmanov, V.M.Sodiqov, o’.U.Uzoqov,
Z.N.Norboev, O.M.Mavlonov, T.Q.Qobilov, A.R.Ro’zimurodov, S.Dadaev va
ularning shogirdlari muhim ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqdalar.
Parazitizm (yunoncha parasitos - tekinxo’r, hamtovoq) - har xil turga mansub
organizmlar o’rtasidagi o’zaro munosabat usullaridan biri. Bunda organizmlaridan
biri (parazit) ikkinchisi (xo’jayin)dan yashash muhiti va oziqa manbai sifatida
foydalanib, unga zarar etkazadi. Hayvonlar har xil guruxlarni tashkil etib, birgalikda
hayot kechirish jarayonida betaraf (indifferent), do’stlik va antogonistik munosabatda
5
yashaydilar. Betaraf munosabatda yashaydigan organizmlar ko’pincha qo’shni yoki
birgalikda yashasa ham tasodifan bo’lak-bo’lak bo’lib hayot kechiradi, bir-biriga
foyda ham, zarar ham keltirmaydi. Bularga marjon poliplar, dengiz yulduzlari, dengiz
nilufarlari misol bo’ladi. Do’stlik munosabatdagi simbiozda yashaganda organizmlar
bir-biriga foydali yoki faqatgina biri foydalanib, ikkinchisi betaraf munosabatda
(simbiozda) bo’ladi.
Bir-biriga foydali simbiozda bo’lib yashash mutualizm deyiladi. Bunda ikki
organizm ham bir-biriga foyda keltiradi. Masalan, aktiniy zahar bezlaridan zahar
sochib, zoxid qisqichbaqani dushmanidan ximoya qiladi, lekin u ham o’z navbatida
qisqichbaqaning qisqichlariga yopishib, undan transport vositasi sifatida foydalanadi,
oziqlanishi uchun o’ziga sharoit yaratadi.
Bir tomonlama (simbioz) munosabatda bo’lganda ikki organizm birga yashasa
ham ulardan faqat bittasi foyda ko’radi. Ikkinchisi foyda ham , zarar ham ko’rmaydi.
Bunday munosabatlarga ijarada hamda kommensal bo’lib yashash yaqqol misol
bo’ladi.
Ijarada birga yashaganda bir organizm ikkinchisidan uy sifatida foydalanadi.
Masalan, gorchak balig’i o’z ikralarini tishsiz mollyuska mantiyasi ichiga qo’yib,
dushmanlaridan ximoya qiladi. Kommensalizm ko’rinishdagi munosabatda bir
organizm ikkinchi organizmdan qolgan keraksiz oziq hisobiga yashab unga zarar
qilmaydi. Bunga sinoykiya deyiladi, ya’ni synoikia yunoncha yashash joyi demakdir.
Masalan, kichkina xalqali chuvalchang zoxid qisqichbaqa joylashib olgan
chig’anoqlarda yashab, qisqichbaqadan qolgan oziqa hisobiga ovqatlanadi yoki
yopishqoq baliq orqa suzgichi bilan akulaga yopishib passiv harakat qiladi, undan
qolgan oziqlar hisobiga yashaydi. Bunda yopishqoq baliq akulalar hisobiga boshqa
joylarga tarqaladi, bunga epioykiya deb ham ataladi.
Dushmanlik (antogonistik) munosabatda (simbiozda) ikki organizm birga
yashab, bir-biriga zarar keltiradi. Bularga yirtqichlik hamda parazitizm misol bo’ladi.
Ular parazitlik qilib hayot kechirishi bilan xarakterlanadi. Lekin yirtqich bilan
parazitizm bir-biridan ajralib turadi. Yirtqichlar hamma vaqt o’z o’ljalaridan kuchli
bo’lib, ularni o’ldirib to’liq yoki qisman iste’mol qiladi (masalan, bo’ri bilan qo’y).
Parazit esa o’z xo’jayiniga nisbatan kuchsiz, shuning uchun uni o’ldirishga kuchi
etmaydi, faqatgina kasallantiradi. U o’z egasining tanasida doimiy yoki vaqtincha
yashab, uning hisobiga hayot kechiradi. Ayrim xollarda giperparazitizm (o’ta
parazitlik) uchraydi. Bunda bir parazit ikkinchi parazitning tanasida yashaydi.
Masalan, ayrim bir hujayrali hayvonlar - sporalilar (nozemalar) toksakara degan
nematodaning jinsiy organlarida yoki bunostomalar monieziy tanasida parazitlik
qiladi.
Kamdan-kam xolda soxta parazitizm ham uchrab turadi. Bunda ayrim
organizmlar evolyusion taraqqiyot davrida moslashmagan ikkinchi organizm tanasiga
tasodifan tushib qoladi. Lekin bu organizm tanasida yasholmaydi (masalan, yomg’ir
chuvalchangi hayvonlarning ichagidan chiqishi mumkin). Chuchuk suvda
yashaydigan zuluklar mayda suv hayvonlari uchun yirtqich, lekin sutemizuvchilar
uchun parazit hisoblanadi.
Xozirgi vaqtda er yuzida 2 mln. dan ortiq hayvonlarning turi mavjud bo’lsa,
shuning 6 foizini parazitlar tashkil qiladi, ya’ni bir hujayrali hayvonlarning 3500 dan
6
ortiq turi, so’rg’ichlilar sinfining 5000 ga yaqin turi, tasmasimon chuvalchanglarning
1800 turi, tikanboshli chuvalchanglarning 500 ga yaqin turi, nematodalar sinfining
3000 dan ortiq turlari va bo’g’imoyoqlilar tipiga kiruvchi hayvonlarning bir qismi
ham parazitlardir.
Yashash joyiga qarab parazitlar tashqi-ektoparazitlar (bunda parazit xo’jayini
tanasining sirtida yashaydi) va ichki-endoparazitlarga (bunda parazit xo’jayini
tanasining ichki to’qima yoki bo’shliqlarida yashaydi) bo’linadi. Bundan tashqari
parazitlarni parazitlik qilish muddatiga ko’ra vaqtinchalik va doimiy (stasionar)
parazitlarga bo’lish mumkin.
Vaqtinchalik parazitlar odatda tashqi muhitda yashaydi va ko’payadi.
Hayvonlarga faqat oziqlanish uchun xujum qiladi (masalan, so’nalar, kanalar va
boshqalar).
Doimiy parazitlar odatda xo’jayin organizmi ichki organlarida yoki teri ustida
uzoq vaqt parazitlik qiladi, ayrim xollarda xo’jayini tanasida umrining oxirigacha
yashaydi. Bularga ko’pgina parazit chuvalchanglar, bo’kalar, bitlar, qo’tir kanalarini
kiritish mumkin.
Parazitlarning vaqtincha yoki doimiy o’z hisobiga oziqlantiradigan organizm
parazitning xo’jayini deb ataladi. Odatda definitiv (xaqiqiy, asosiy), oraliq,
qo’shimcha va rezervuar xo’jayinlar farq qilinadi. SHuningdek, obligat hamda
fakul’tativ xo’jayinlar ham uchraydi. Rivojlanishi uchun qulay sharoit bo’lgan
organizm parazitning obligat yoki xaqiqiy xo’jayini hisoblanadi (jigar qurtining
xaqiqiy xo’jayini qo’y), aksincha parazitning rivojlanishi uchun qulay sharoit etarli
bo’lmagan organizm fakul’tativ xo’jayin deyiladi (o’rdaklarda drepanidoteniylar).
Parazitning jinsiy voyaga etgan davri yashab, uning jinsiy yo’l bilan ko’payadigan
davri kechadigan hayvon organizmi asosiy xo’jayin, parazitning lichinkalik davrida
yashaydigan va ko’payishi jinssiz yo’l bilan kechadigan hayvonlar oraliq xo’jayin
deyiladi. Rezervuar xo’jayin deb esa boshqa hayvonlarga yuqtirish mumkin bo’lgan
kasal qo’zg’atuvchilarini o’zida tutgan hayvonlarga aytiladi.
YUqumli kasalliklar asosan infeksion va invazion kasalliklarga bo’linadi.
Hayvonot dunyosidan paydo bo’ladigan parazit chuvalchanglar, o’rgimchaksimonlar,
xasharotlar hamda bir hujayrali hayvonlar tomonidan qo’zg’atiladigan kasalliklar
invazion yoki parazitar kasalliklar deyiladi. Infeksion kasalliklar esa invazion
kasalliklardan farq qilib, o’simliklar dunyosidan paydo bo’ladigan bakteriyalar,
fil’trlanuvchi viruslar, zamburug’lar hamda rikketsiyalar tomonidan qo’zg’atiladi.
Invazion kasalliklar hayvonlarga asosan alimentar (parazitlarning tuxum va
lichinkalari chorva mollariga passiv xolatda em-xashak, suv, oraliq xo’jayini orqali
og’iz, oshqozon va ichakka tushadigan parazit chuvalchanglar, koksidiyalar,
balantidiylar), kontakt (parazitlar kasal hayvonlardan sog’ mollarga ular birga
boqilganda va molboqarlar orqali, trixomonoz va boshqalar), perkutan yo’li bilan
(ankilostoma
lichinkalari,
qon
suruvchi
bo’g’imoyoqlilar,
piroplazmid,
tripanosomalar, onxoserka, parafilariya lichinkalarini teri orqali yuqtiradi), burun
teshigi, ko’z orqali (estroz, telyazioz), ona qornida (ayrim parazitlar onadan bolaga
kindik orqali o’tadi - neoaskaridalar, taksokaralar) va boshqa yo’llar orqali yuqadi.
7
Bemor (yoki bakteriya tashuvchi)dan yoki kasal hayvondan bo’g’imoyoqlilar,
asosan qon so’ruvchilar orqali sog’lom kishilarga yuqadigan infeksion kasalliklar
(bezgak, tepkili terlama va boshqalar) transmissiv kasalliklar deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |