Trixomonadalar (Trichomonas)
- trixomonadoz kasalligini chaqiruvchilar
bo’lib, uch turni o’z ichiga oladi: 1.Ichak trixomonadasi - Trichomonas hominis; 2.
qin trixomonadasi - Trichomonas vaginalis; 3.Og’iz trixomonadasi - Trichomonas
tenax.
Ichak trixomonadasi odamning yo’g’on ichagida parazitlik qiladi. qin
trixomonadasi esa ayol va erkaklarning siydik va jinsiy yo’llarida hayot kechiradi.
Trixomonadalarning tanasi oval shaklida bo’lib, orqa qismi ingichkalashib
ketgan. Uzunligi 5-10 mkm (ichak trixomonadasi) va 15-30 mkmgacha (qin
trixomonadasi) bo’ladi.
14
Oldingi qismida sharsimon yadrosi joylashgan bo’lib, yadro oldida blefaroplast
yotadi.
Barcha xivchinlilar sinfi vakillari singari trixomo-nadalarning harakat
organoidlariga xivchinlari kiradi. Xivchin-larining soni 4-5 ta bo’lib, ulardan bittasi
to’lqinsimon parda bo’ylab orqaga qayrilgan. Sitoplazmasida xazm qiluvchi
vakuolalari bor. Trixomonadaning tanasi bo’ylab uzunasiga ketgan tayanch o’zak
aksostil joylashgan, cheti bo’ylab to’lqinlanuvchi membrana (parda) yotadi. qin
trixomonadasi va og’iz trixomonadasining to’lqinlanuvchi membranasi qisqa bo’ladi.
Trixomonadalar ikki usul bilan oziqlanadi, ya’ni oziq moddalarni tananing
butun yuzasi bilan shimadi (osmatik usulda) yoki hujayra og’zi - sitostom orqali
(qamrab olish usuli bilan). Lekin xozirga qadar qin trixonomadasining sistostomi
aniqlanmagan. Trixonomadalar uzunasiga bo’linish (mitoz) yo’li bilan jinssiz
ko’payadi. Sistalar xosil qilishi aniqlanmagan. Ichak trixonomadasi odamlarda xavfli
kasalliklarni keltirib chiqarmaydi, lekin kolit (ich qotish) kasalini tezlashtiradi.
Ichak trixonomadasi ifloslangan ovqat yoki suv orqali yuqadi. Ichak
trixonomadasiga tashxis qo’yish uchun mikroskop ostida bemor axlatini tekshirib,
vegetativ shakllari aniqlanadi.
Qin trixonomadasi hamma joyda tarqalgan. Ular erkak va ayollarning siydik
yo’llarida uchraydi. Kasallanish ayollarda 20-40%, erkaklarda esa 15% ni tashqil
qiladi.
Qin trixomonadasi shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilmaslik natijasida va
jinsiy aloqa vaqtida o’tadi. Tashxis qo’yish uchun bemorning siydik va jinsiy
yo’llaridan surtma olinib, mikroskop ostida tekshiriladi.
Og’iz trixonomadasining patogenlik xususiyati aniqlanmagan, lekin og’iz
bo’shlig’i va tish kasalliklari (gingvit,paradontoz, tish kariesi bilan kasallangan
bemorlar) odamlarda ko’proq uchrab turadi. SHuning uchun stomatologiya
korxonalarida og’iz trixomonadasini aniqlash usullariga aloxida e’tibor berish lozim.
|