P a r a z I t o L o g I ya


 – mavzu: PARAZIT CHUVALCHANGALAR VA ULARNING



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174846
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81
parazitolog ma\'ruza-конвертирован

 
5 – mavzu: PARAZIT CHUVALCHANGALAR VA ULARNING 
SISTEMATIK HOLATI. YASSI CHUVALCHANGLAR TIPINING 
SO’RGICHLILAR ВА MONOGENIYALAR SINFIGA KIRUVCHI 
PARAZITLAR 
Mavzu rejasi: 
1.
Gel’mintologiya - parazit chuvalchanglar xaqidagi fan. 
2.
Skolesidalar katta tipining umumiy tavsifi va tasnifi. 
3.
Geogel’mintlar va biogel’mintlar xaqida tushuncha. 


24 
4.
Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi yassi chuvalchanglar tipi vakillarining 
tavsifi. 
5.
So’rg’ichlilar sinfi vakillarining tuzilishi va ko’payishi. 
6.
Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi so’rg’ichlilarning biologiyasi. 
7.
Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi so’rg’ichlilarning qo’zg’atadigan 
kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari. 
8.
Monogeniyalar sinfi vakillarining tuzilishi, ko’payishi va ularning baliqchilik 
xo’jaliklariga keltiradigan zarari. 
Parazitlik qilib hayot kechiruvchi chuvalchanglar gel’mintlar deb ataladi. 
Gel’mintlarni o’rganuvchi fan gel’mintologiya va ular keltirib chiqaradigan 
kasalliklar gel’mintozlar deyiladi. 
Skolesidalar, ya’ni chuvalchanglar tabiatda eng ko’p tarqalgan hayvonlar 
guruxini tashkil qiladi. Ularning ko’pchilik turlari suvda va tuproqda erkin xolda 
yashaydi. SHu bilan bir qatorda o’simliklarning to’qimalarida, turli-tuman 
umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda hamda odamlarning turli organlarida parazitlik 
qilib yashaydigan turlari ham oz emas. Chuvalchanglarning barchasi ikki tomonlama 
simmetriyali va uch qavatli hayvonlar hisoblanadi. Ularning barchasida teri-muskul 
xaltasi mavjud. Skolesidalar katta tipi o’z navbatida yassi chuvalchanglar, tikanboshli 
chuvalchanglar, to’garak chuvalchanglar, nemertinlar va xalqali chuvalchanglar 
tiplariga bo’linadi. 
Parazitlik qilib yashaydigan turlari asosan birinchi 3 ta tiplarida uchraydi. 
Yassi chuvalchanglar tipida 9 mingdan ortiq turi, tikanboshli chuvalchanglar tipida 
500 ta turi va to’garak chuvalchanglar tipida 3 mingdan ortiq turi parazitlar 
hisoblanadi. Xalqali chuvalchanglar tipida ham 450 dan ortiq turi parazitlik qilib 
hayot kechiradi.
Jinsiy voyaga etgan parazit chuvalchanglar, ya’ni gel’mintlar asosan umurtqali 
hayvonlarda 
parazitlik 
qiladi. 
Ularning 
ko’pchiligi 
endoparazitlar, 
ya’ni 
hayvonlarning turli ichki organlarida parazitlik qiladi.
Gel’mintlar rivojlanish sikliga ko’ra biogel’mintlar va geogel’mintlarga 
bo’linadi. Biogel’mintlarning rivojlanish siklida oraliq yoki qo’shimcha xo’jayinlar 
ishtirok etadi (barcha so’rg’ichlilar, tasmasimon chuvalchanglar, tikanboshli 
chuvalchanglar sinflarining vakillari va qisman nematodalar sinfining vakillari). 
Geogel’mintlar guruxiga kiruvchi parazit chuvalchanglar esa oraliq 
xo’jayinlarsiz rivojlanadi. Askarida, ostrisa, trixosefala va boshqa nematodalar shular 
jumlasidandir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin