P a r a z I t o L o g I ya


O’pka so’rg’ichlisi yoki vesterman so’rg’ichlisi (Paragonimus westermani)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174846
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81
parazitolog ma\'ruza-конвертирован

O’pka so’rg’ichlisi yoki vesterman so’rg’ichlisi (Paragonimus westermani)
ham so’rg’ichlilar sinfiga kirib, odam, it, mushuk, cho’chqa va boshqa yirtqich 
sutemizuvchilarning o’pkasida, ba’zan esa jigarda, miyada, oshqozon osti bezida 
parazitlik qiladi. Bu parazit asosan Xitoy, Koreya, Filippin, Tailand, Nepal, Hindiston 
va G’arbiy Afrikada krab va qisqichbaqalarni eb hayot kechiradigan odam va yirtqich 
hayvonlarning o’pkasida parazitlik qilib paragonimoz kasalligini tarqatadi. MDH da 
Uzoq SHarqda kamdan-kam odamlar bu kasallikka chalinib turadi. 
O’pka so’rg’ichlisining tanasi oval, tuxumsimon shaklda, rangi qizg’ish-
jigarrang bo’lib, uzunligi 10-16 mm keladi. Butun tanasi sirtqi tomondan tikanaklar 
bilan qoplangan bo’ladi. o’pka qurtining o’ziga xos belgilaridan biri tanasining 
o’rtasida qorin so’rg’ichi, uning atrofida esa bachadon bilan tuxumdonlar joylashgan. 
Ulardan pastroq qismida ikkita bo’lakchali urug’donlar yotadi. Tanasining oldingi 
qismida og’iz so’rg’ichi bilan o’ralgan og’zi joylashgan. Og’zidan xalqum, so’ng 
qisqa qizilo’ngach davom etadi. Ichaklari ikki shoxli bo’lib, tanasining orqa 
qismigacha boradi va berk xolda tugaydi. 
O’pka so’rg’ichlisining rivojlanishi oraliq va qo’shimcha xo’jayinlar orqali 
boradi. Asosiy xo’jayinlari odam, it, mushuk, yo’lbars, cho’chqa va boshqa yirtqich 
hayvonlar hisoblanadi. 
Parazit tuxumlari asosiy xo’jayinining balg’ami (o’pkada parazitlik qilganda) 
yoki axlati (ichak paragonimozi) bilan tashqariga chiqadi va bu tuxumlarning 
taraqqiyoti suvda kechadi. o’pka so’rg’ichlisining oraliq xo’jayini ikkita: birinchisi 
Semisulcospira, Melania avlodlariga kiradigan mollyuskalar, ikkinchisi Potamon, 
Eriocheir avlodlariga kiradigan chuchuk suv krablari va Cambaroides avlodiga 
kiruvchi qisqichbaqalar hisoblanadi. Parazit tuxumlari suvga tushgach bir necha 
kundan keyin tuxumdan lichinka- mirasidiy chiqadi.
Mirasidiylar suvda faol suzib yurib o’zining birinchi oraliq xo’jayini - suv 
shilliqqurtini topib, uning tanasiga kiradi va keyingi lichinkalik davri - sporosistaga 


35 
aylanadi. Keyinchalik sporosistalardan rediyalar rivojlanadi, rediyalardan esa 
serkariylar taraqqiy etadi. 
Serkariylarda rudiment xoldagi dumi va tesha oladigan kutikulyar stileti 
bo’ladi. Mollyuskalardan suvga chiqqan serkariylar suvda suzmasdan, balki suv 
xavazalari tubida sekin harakatlanadi va faol ravishda ikkinchi oraliq xo’jayinlari 
bo’lmish chuchuk suv krablari va qisqichbaqalari organizmiga kiradi. Serkariylar 
xo’jayinlari muskullarida, jigarida va jabralarida yashab, o’rta hisobda 6 xafta ichida 
yuqumli xolatga ega bo’lgan lichinkalik bosqichi - metaserkariyga aylanadi. 
Metaserkariy bosqichida dumi bo’lmaydi, ancha mustaxkam qobiqqa o’ralgan 
bo’ladi. Asosiy xo’jayinlari, ya’ni odam, it, mushuk, cho’chqa, yovvoyi cho’chqa, 
yo’lbars, qoplon, yovvoyi mushuk va boshqa yirtqich sutemizuvchilar metaserkariy 
bilan zararlangan krablarni va qisqichbaqalarni xomligicha eganda parazitlarni 
o’zlariga yuqtiradi. Asosiy xo’jayini ichiga kirgan metaserkariylar o’n ikki barmoqli 
ichak devorini teshib, tana bo’shlig’iga o’tadi, so’ng diafragma va plevra orqali 
o’pkaga boradi. Asosiy xo’jayini zararlanishidan to parazitlarning tuxumi 
chiqqangacha bo’lgan vaqt 3 oyga to’g’ri keladi. 
Vesterman so’rg’ichlisining odam uchun xavfli tomoni o’pkada ko’plab 
tugunlar xosil qiladi, natijada ko’krak og’riydi, nafas siqiladi, yo’tal paydo bo’ladi va 
o’pkadan qon keladi. Bunday tugunlar bosh miyada ham xosil bo’lishi mumkin. 
Odamlarni davolash uchun turli dorilar ishlab chiqilgan (bitionol), lekin og’ir 
xollarda faqat jarroxlik yo’li bilan davolash mumkin. Agar bemorning o’pka va 
miyasida parazit tugunlari xaddan tashqari ko’payib ketsa, jarroxlik yo’li ham natija 
bermaydi. 
Paragonimoz kasalligini aniqlash uchun bemorning balg’ami va axlati 
tekshirilib, parazit tuxumlari aniqlanadi. 
Asosiy profilaktik choralarga yaxshi pishirilmagan krab va qisqichbaqalarni 
emaslik, suv xavzalariga hayvonlar axlatining tushishiga yo’l qo’ymaslik hamda 
axoli o’rtasida gigiena qoidalariga rioya qilish to’g’risida targ’ibot ishlarini olib 
borishdir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin