38
serkariylar shakllanadi. Mollyuskalar tanasida serkariylar 18-21 kunda paydo bo’ladi
va mollyuskalardan suvga chiqadi. Bunda serkariylar asosiy xo’jayinlari tanasiga
terini teshib kiradi. yosh parazitlar jigar, oshqozon, charvi, oshqozon osti bezining
qon tomirlariga o’tib 2 oydan keyin jinsiy voyaga etadi va yana tuxum qo’ya
boshlaydi. Ular asosiy xo’jayini organizmida 7 yilgacha yashashi mumkin.
Bu kasallikka qarshi ambil’gar, mirasil-D, dronsit kabi dorilar qo’llaniladi.
Kasallikning oldini olish uchun esa parazitning oraliq va asosiy xo’jayinlari orasidagi
biologik zanjirni uzish kerak. Buning uchun esa mollarni ko’proq og’ilxonalarda
boqish zarur, buzoqlarni aloxida saqlash, xo’jaliklarda mollarni sug’orishni to’g’ri
yo’lga qo’yish, botqoqliklarni quritish kabi ishlarni amalga oshirish lozim.
Trematodalar sinfidan yana prostogonimuslar, exinastomatidalar oilalari vakillari
parrandalar va chorva mollari ichagida parazitlik qilib og’ir kasalliklarni keltirib
chiqaradi.
So’rg’ichlilar sinfi o’z navbatida digenetik so’rg’ichlilar va aspidogasterlar
kenja sinflariga bo’linadi.
Digenetik so’rg’ichlilar (Digenea) kenja sinfi vakillarining barchasida 2 ta
so’rg’ichi bo’ladi. Rivojlanishi juda murakkab bo’lib, nasl gallanishi orqali boradi.
So’rg’ichlilar sinfining ko’pchilik turlari digenetik so’rg’ichliliar kenja sinfiga kiradi.
Aspidogasterlar (Aspidogastera) kenja sinfining 40 ga yaqin turi bor. Ularning
yopishuv organlari juda keng yopishuv diskidan iborat. Disk bir necha qator so’rg’ich
chuqurchalariga bo’lingan. Aspidogasterlar metamorfoz orqali rivojlanadi, lekin
rivojlanish siklida nasl gallanishi bo’lmaydi. Tipik vakili Aspidogaster conchicola -
ikki pallali mollyuskalardan baqachanoqning yurak oldi xaltasida parazitlik qiladi.
Boshqa vakillari asosan mollyuskalar, baliqlar va toshbaqalarda parazitlik qiladi.
Dostları ilə paylaş: