12 – mavzu. Parazitlarning ekologiyasi va kelib chiqishi.
Mavzu rejasi:
1.
Parazit xo’jayin o’rtasidagi munosabatlar va ularning bir-biriga ta’siri.
2.
Parazitlarning o’z xo’jayini organizmiga morfofiziologik moslashuvi,
ularning xazm organlari va serpushtligi.
3.
Parazitlarning kelib chiqishi.
Tavsiya etilgan adabiyotlar: 1. 19-32 b.; 7. 410-416 b.; 8. 13-14 b.
Tayanch so’zlar: ekzogenli yo’l, endogenli yo’l, toksinlar, regress metamorfoz,
rudiment, atrofiyalangan, maksilla, osmatik.
Parazitlar xaqida tasavvurimiz bevosita xo’jayin tushunchasi bilan bog’liq.
Chunki parazit xo’jayinsiz yashay olmaydi. Asosan odam va boshqa umurtqali
hayvonlar parazitlarning xo’jayini hisoblanadi. Parazit o’z xo’jayini organizmida
yashab oziqlanadi, ko’payib avlod beradi va rivojlanadi. Turli-tuman parazitlar
o’zining rivojlanish siklini oxiriga etkazish uchun bir, ikki va undan ko’p
xo’jayinlarda yashaydi. SHunga ko’ra parazitlarning asosiy, oraliq, qo’shimcha va
rezervuar xo’jayinlari bo’ladi. Parazitlarning rivojlanish siklida xilma-xil xo’jayinlar
ishtirok etishi, ular o’z avlodlarini tabiatda saqlab qolishi va tezroq tarqalishi uchun
qulay imkoniyatlar yaratadi.
109
Parazitning jinsiy voyaga etishi va ko’payib avlod berishi qaysi organizmda
o’tsa, o’sha organizm parazit uchun asosiy xo’jayin hisoblanadi.
Oraliq xo’jayinda parazitning lichinkalik davrlari va jinssiz ko’payishi amalga
oshadi. qo’shimcha xo’jayin, aslida ikkinchi oraliq xo’jayin bo’lib, unda parazit
rivojlanishining ma’lum davrini o’tadi.
Rezervuar xo’jayin parazitning rivojlanish jarayonida ishtirok etishi shart
emas. Lekin rezervuar xo’jayin parazitning tarqalishini tezlashtiradi.
Keng tasmasimon chuvalchang (Diphyllobotrium latum) misolida parazitning
xo’jayinlari quyidagicha ifodalanadi: Asosiy xo’jayin (odam, mushuk, it) - birinchi
oraliq xo’jayini tuban qisqichbaqasimonlardan - sikloplar, qo’shimcha xo’jayini
(baliqlar) va rezervuar xo’jayin (yirtqich baliqlar).
Parazitlar xo’jayinlari organizmiga asosan og’iz bo’shlig’i va teri qoplami
orqali o’tadi. Parazitologiyada parazitlarning teri orqali o’tishi ekzogenli yo’l, og’iz
orqali o’tishi esa endogenli yo’l deb ataladi. Tabiatda parazitlarning endogenli yo’l
bilan o’tishi keng tarqalgan.
Ekzogenli yo’l bilan yuquvchi parazitlarga oid nematodalardan - Ancylostoma
lichinkalari tuproqdan odam terisi orqali qon aylanish tizimiga, undan nafas olish
organlari va keyinchalik doimiy yashash joyi - ingichka ichakka o’tadi. Ko’pchilik
trematodalar (shistosomalar) ning lichinkalari ham teri orqali yuqadi. Bir hujayrali
hayvonlardan qon sporalilar, leyshmaniyalar, tripanasomalar; xasharotlardan so’nalar
ekzogen yo’l bilan yuquvchi parazitlar guruxini tashkil etadi.
Endogenli yo’l bilan ovqat xazm qilish va nafas olish organlarida, shuningdek,
jigar, miya va muskullar ichida yashovchi parazitlarga - askaridalar, tasmasimonlar,
trematodalar va akantosefallar kiradi.
SHuningdek, parazitlar xo’jayini organizmiga jinsiy teshiklar, burun bo’shlig’i,
ko’z va quloq orqali ham o’tishi mumkin. Ba’zi parazitlar esa bachadon devori orqali
rivojlanayotgan embrionga o’tadi (exinokokk, ankilostoma, protostrongilid va
boshqalar).
Akademik
E.N.Pavlovskiy
ta’rifi
bo’yicha
qon
so’ruvchi
bo’g’imoyoqlilar orqali yuqadigan kasalliklarga transmissiv kasalliklar deyiladi
(bezgak kasalligi, leyshmanioz, toshmali terlama va x.). Kasallik qo’zg’atuvchi va
xo’jayin orasidagi maxsus aloqaga ko’ra quyidagi transmissiv kasalliklar guruxi
tafovut qilinadi:
1. Zoonozlar - faqat hayvonlarga tegishli kasalliklar (qushlar bezgak kasalligi).
2. Antropozoonozlar - odamda, hamda hayvonlarda tarqaladigan kasalliklar. Bunda
tashuvchilar kasallik qo’zg’atuvchilarini hayvonlardan odamga va aksincha, odamdan
hayvonlarga yuqtiradi (o’lat, leyshmanioz, tayga ensefaliti va x.). 3.Antroponozlar -
kasallikning faqat odamdagina kuzatilishi (trixomonodoz, ichburug’, bezgak, vabo va
boshq.).
Parazit va xo’jayin bir-biri bilan o’zaro yaqin hamkorlikda yashaydi. Lekin
parazitlar xo’jayini organizmiga har tomonlama ta’sir qiladi. Bu albatta parazitning
turiga, organizmdagi yashash joyiga, parazitning miqdoriga, organizmning yoshi va
umumiy xolatiga, ximoya moslamalarning xarakteriga hamda tashqi muhit sharoitiga
bog’liq. Bular asosan mexanik ta’sir, xo’jayinning normal rivojlanishi uchun zarur
bo’lgan oziq moddalarini iste’mol qilish, har xil zaharli moddalar (toksinlar) ishlab
110
chiqarish, xilma-xil patogenli mikroblar va viruslarning xo’jayin organizmiga kirishi
uchun yo’l ochib berish, xo’jayin organizmining darmonsizlanishiga olib keladigan
ta’sirlardan iborat.
Mexanik ta’sirda parazitlar xo’jayinining to’qima va organlarida yashab, ularni
mexanik jixatdan qattiq shikastlaydi. Yirik va ko’p sondagi ichak parazitlari
(askaridalar, sestodalar) ichak bo’shlig’iga tiqilib qolib, ichakdan moddalarni
o’tkazmay qo’yadi.
Exinokokkning lichinkalik pufaklari o’pka va jigar xajmining kattalashishiga
olib keladi, to’qimalarni qisib qo’yadi. Senurning lichinkalik davri bosh va orqa
miyalarda o’rnashib, shishlar xosil qiladi. Bu shishlar miyani morfologik jixatdan
buzadi va faolligini izdan chiqaradi. Ko’pgina trematodalar, sestodalar, nematodalar,
akantosefallar, qisqichbaqasimonlar, kanalar va xasharotlar xosil qilgan shikastlar
orqali xo’jayin organizmiga xilma-xil zararli mikroblar, viruslar kiradi va boshqa
turdagi kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Xo’jayin ozig’iga sherik bo’lish hodisasi hamma parazitlarda uchraydi. Bir
gurux parazitlar, ayniqsa ichak parazitlari, xo’jayini organizmi normal rivojlanishi
uchun zarur bo’lgan oziq moddalari ichida yashab, uning ma’lum miqdorini iste’mol
qiladi. Bundan tashqari, ba’zi trematodalar, nematodalar, kanalar va xasharotlar
xo’jayini qoni hisobiga oziqlanadi. Masalan, itlarda parazitlik qiluvchi
ankilostomaning har biri sutka davomida 0,7-0,8 mm
3
, odam ankilostomasi esa 0,37
mm
3
qon iste’mol qiladi. Bundan tashqari qon so’rish vaqtida to’qima va organlar
shikastlanib, qon ketish hodisasi sodir bo’ladi. Bu hodisalar bir butun xolda xo’jayin
organizmini darmonsizlikka va quvvatsizlanishga olib keladi.
Toksinli ta’sirda - xo’jayin organizmiga tushgan parazitlar o’zlaridan har xil
zaharli moddalarni (toksinlarni) ajratadi. Bu moddalar qon va limfa suyuqligi orqali
organizmga tarqalib, salbiy ta’sir ko’rsatadi. Natijada ayrim organlarning funksiyasi
buziladi. Jumladan, bir xil toksinlar qon hujayralari tarkibining o’zgarishiga olib
keladi. Sestodalar bilan zararlangan organizmlarda eozinofillar miqdori 16,3 %ga
ortadi. Ankilostoma, askarida va boshqa nematodalar bilan kasallanganda esa
eritrositlar 2-3 baravar kamayib ketadi. Ko’pchilik parazitlar oziq moddasini xazm
qilishga qatnashuvchi fermentlarni neytrallovchi ingibitorlarni ishlab chiqaradi.
Natijada fermentlar oziq moddasining xazm bo’lishida faol ishtirok eta olmaydi.
Ektoparazitlar ham so’laklari bilan organizmni zaharlovchi toksinlarni ajratadi.
Xo’jayin va uning organizmiga kirgan parazit o’rtasida doimo antagonistik
kurash boradi. Xo’jayin organizmi parazit ta’siriga turlicha ko’rinishda javob
qaytarib, parazitni rivojlanishdan to’xtatishi, o’ldirishi va nihoyat, tanasidan chiqarib
yuborishi mumkin.
Xo’jayin bilan parazit o’rtasidagi kurashda xo’jayin organizmi kuchsiz chiqsa,
kasallikning klinik belgilari paydo bo’ladi. Bu kurashda ko’pincha xo’jayin
organizmi ustun keladi. Chunki xo’jayin organizmi parazitga nisbatan bir butun xolda
kurash olib boradi. Bu kurash har xil ximoya reaksiyalari ko’rinishida namoyon
bo’ladi. Masalan, hujayra doirasidagi ximoyalanish, to’qimalar va gumoral ta’sirotlar.
Parazitlar yashaydigan joylarda xo’jayin organizmi hujayralar doirasida xajmini
kamaytirib, parazitning harakati va rivojlanishini cheklaydi. Ko’pincha biriktiruvchi
to’qimadan parazitning ustida qobiq-kapsula shakllanadi va bu qobiq parazitni
111
atrofidagi to’qimalardan ajratib qo’yadi. Ba’zi sestodalar, nematodalar va
akantosefallarning lichinkalari ko’pincha kapsula ichida uzoq vaqt qolib ketadi va
xalok bo’ladi (masalan, trixinella, qoramol va cho’chqa tasmasimon chuvalchanglari
lichinkalari atrofidagi kapsulalar). qonda ham parazitlarga qarshi maxsus antitela
paydo bo’lib turadi. SHuningdek, tabiiy ravishda xosil bo’lgan tug’ma immunitetlar
ham parazitlarga qarshilik ko’rsatishning bir ko’rinishi hisoblanadi.
Parazitlik qilish davrida parazitlik hayot sharoiti ularning morfo-anatomik
tuzilishi, ko’payishi va rivojlanishining o’zgarishiga olib kelgan. Bu o’zgarishlar
asosan ikki xil ko’rinishda namoyon bo’ladi. Birinchisi regress metamorfoz,
ikkinchisi progress metamorfoz.
Regress metamorfozda ko’pchilik parazitlarning harakat organlari (tuklar,
xivchinlar, oyoqlar, qanotlar) reduksiyalangan yoki butunlay yo’qolib ketgan; nerv
tizimining tuzilishi va funksiyasiga ko’ra ancha soddalashgan; sezgi organlari
rudiment xolida saqlanib qolgan yoki butunlay atrofiyalangan; ovqat xazm qilish
organlari soddalashgan yoki to’liq reduksiyalangan (sporalilar, so’rg’ichlilar,
tasmasimon chuvalchanglar, skrebniylar). Gavdasining rangi yo’qolib ketgan.
Progress metamorfozda parazitizm hodisasi tufayli, ko’pchilik parazitlarda
erkin yashovchi avlodlarida uchramaydigan yangi organlar paydo bo’lgan
(so’rg’ichlar, ilmoqlar, xitinli tishlar, xartumlar, sanchuvchi organlar, tirnoqlar va har
xil bezlar). Bir gurux parazitlarda (zuluklar, kanalar va xasharotlarda) ichaklar
shoxlanib ovqat moddasini ko’p qabul qilishga muvofiqlashgan. Parazitlar
gavdasining yirik bo’lishi, germafroditizm, bir organizmda bir nechta jinsiy organlar
tizimining bo’lishi, xaddan tashqari serpushtlilik, lichinkalik davrida ko’payishi,
strobilyasiya hodisasi, rivojlanishi davomida xo’jayinlarini almashtirish, migrasiya va
xilma-xil toksinlar ishlab chiqarishlar ham progress metamorfozning tarkibiy qismi
hisoblanadi.
Parazitizm hodisasi ko’pchilik parazitlarda gavda xajmining kattalashuviga
ham sababchi bo’lgan. Bu xolat ayniqsa nematodalar va sestodalar vakillarida yaxshi
kuzatiladi. Odatda erkin yashovchi nematodalarda ularning uzunligi 1-35 mm
atrofida bo’ladi. Parazitlik qilish davrida esa ularning gavdasi yiriklashib boradi.
Masalan, odam askaridasi 25-40 sm, rishta 1-1,2 m, ulkan nematoda 8-8,5 m
uzunlikda bo’ladi.
Gavdaning
kattalashuvi
akantosefallarda
70
smgacha,
tasmasimon
chuvalchanglarda (serbar tasmasimon chuvalchang) 15-18 mgacha va ko’pgina
parazit qisqichbaqasimonlarda ham uchraydi.
Bu hodisaning ro’y berishiga sabab, parazitlar o’z xo’jayini organizmida
chegaralanmagan oziq muhitida yashab, oziqni chegaralanmagan miqdorda iste’mol
qilishidir. Bu xol albatta parazitlarning gavda xajmining kattalashuviga olib keladi.
Parazitlarda har xil yopishuvchi organlarning bo’lishi ham ularning eng muhim
xususiyatlaridan hisoblanadi. Parazitlar ana shu yopishuv organlari yordamida
xo’jayini bilan mustaxkam bog’langan xolatda yashaydi. yopishuvchi organlar ham
parazitizm
hodisasi
tufayli
vujudga
kelgan.
Ular
ektoparazitlarda
ham
endoparazitlarda ham har xil ko’rinishda uchraydi.
Ilmoqlar parazitlarning eng asosiy yopishuv organi bo’lib, ular bir hujayrali
hayvonlardan tortib xasharotlarda ham uchraydi Bir hujayrali hayvonlardan
112
infuzoriyalar va gregarinalarda bo’ladi. Parazit chuvalchanglardan monogenetik
so’rg’ichlilarda ilmoqlar juda ham ko’p uchrab, ular ayniqsa, parazit tanasining orqa
uchidagi disklarda 16 tadan joylashgan bo’ladi.
Tasmasimon chuvalchanglarda ham ilmoqlar yaxshi rivojlangan, ular
skoleksning o’rta qismida - maxsus "do’nglik"da bir qator yoki bir necha qator bo’lib
o’rnashgan. Ilmoqlarning joylashishi, katta-kichikligi, shakli va soniga qarab
tasmasimon chuvalchanglarning turlari keskin farq qiladi. SHuning uchun sestodalar
sinfi tasnifida ilmoqchalar muhim sistematik belgi hisoblanadi. SHuningdek,
sestodalarning lichinkalarida ham ilmoqchalar soni 6 tadan 10 tagacha o’zgarib
turadi.
Akantosefallarda ham ilmoqlar kuchli taraqqiy etgan va yagona yopishuvchi
organi hisoblanib, ular maxsus xartumlarda joylashgan.
Nematodalardagi ilmoqchalar boshqa gel’mintlardagiga nisbatan juda oz
miqdorda uchraydi. Ilmoqchalar asosan xitinli tishchalar ko’rinishida og’iz bo’shlig’i
va uning atrofida bo’ladi.
Bo’g’imoyoqlilarning
panjalari
uchida
joylashgan
tirnoqchalar
ham
yopishuvchi ilmoqlar vazifasini bajaradi (bitlar, burgalarda).
So’rg’ichlar ham asosiy yopishuvchi organlar funksiyasini bajaradi. Ular
ayniqsa,
ektoparazitlarda
kuchli
rivojlangan.
Monogenetik
so’rg’ichlilarda
uchraydigan so’rg’ichlar gavdasining oldingi va orqa uchida joylashgan.
Trematodalarda, odatda 2 ta so’rg’ich bo’lib, ular og’iz va qorin so’rg’ichlari
deb ataladi.
Tasmasimon chuvalchanglarning ko’pchilik turlarida asosan 4 tadan
so’rg’ichlari bo’ladi.
Tipik
so’rg’ichlar
bo’g’imoyoqlilarda
ham
uchraydi.
Parazit
qisqichbaqasimonlarda maksillalar hisobiga vujudga kelgan so’rg’ichlarni ko’rish
mumkin.
Parazitlik qilib hayot kechirish natijasida ko’pchilik hayvonlarning ovqat xazm
qilish sistemasida ham tub o’zgarishlar ro’y bergan. SHunga ko’ra parazitlarning
oziqlanish xususiyatlari erkin yashovchi hayvonlardan keskin farq qiladi. Har xil
parazitlar ovqat xazm qilish sistemasidagi o’zgarishlar turli yo’nalishlar bo’yicha
boradi. Chunonchi, qon bilan oziqlanuvchi parazitlarning ichagi juda ko’p miqdorda
oziqni qabul qilib olishga muvofiqlashgan bo’lib (masalan, chivinlar, pashshalar,
kanalar), ichagi morfologiyasiga ko’ra o’zgarmasdan uning devori elastik
cho’ziluvchan bo’lganligidan oziqni qabul qilgan sari xajmi kengayadi. SHunga
muvofiq ravishda parazitning gavdasi (qorin qismi) ham kattalashadi. Bir gurux
parazitlarda (masalan, zuluklar, kanalar, ayrim bo’g’imoyoqlilarda) ichaklari
shoxlanib, yuzasi kengaygan bo’ladi va bir vaqtning o’zida juda ko’p miqdordagi
oziqni sig’dira oladi. Bunday parazitlar bir marta oziq moddasini g’amlab olgan
xolda uzoq vaqt (2-3 yilgacha) oziqlanmay yashay oladi. Bundan tashqari qon bilan
oziqlanuvchi ba’zi parazitlar (zuluklar) qonning ivib qolmasligi uchun unga maxsus
bezlardan gemofilin yoki girudin moddasini yuboradi.
Boshqa gurux parazitlarda yuqorida qayd etilgan o’zgarishlarning teskarisi
kuzatiladi, ya’ni ularda ovqat xazm qilish organlari qisqarib ketgan. Ular oziq
113
moddasini osmotik yo’l bilan, ya’ni butun gavdasi orqali qabul qiladi (tasmasimon
chuvalchanglarda). Trematodalarda ham ichak ancha qisqargan bo’ladi.
Bir gurux endoparazitlarda xazm organlarining reduksiyalanib ketishiga sabab
bu parazitlar tayyor xoldagi suyuq oziq (qon, limfa suyuqligi, shiralar) ichida
yashashidadir. Ular ham tayyor oziqni osmotik usulda qabul qiladi.
Parazitlar o’z xo’jayinining har bir organi, xatto hujayralarida parazitlik qilishi
mumkin. Ular xo’jayinlar organizmida yashash joyiga ko’ra ektoparazitlar va
endoparazitlarga bo’linadi.
Ektoparazitlar (tashqi parazitlar) xo’jayin organizmining terisi, juni, par va
patlari hamda jabralariga yopishib hayot kechiradi. Monogenetik so’rg’ichlilar,
zuluklar, ayrim qisqichbaqasimonlar, kanalar, ko’pgina xasharotlar (bit va burgalar,
pashshalar, chivinlar) shunday parazitlar qatoriga kiradi.
Endoparazitlar (ichki parazitlar) organizm ichidagi turli organlar, to’qima va
hujayralarda yashaydi. Parazitlarning ko’pchiligi endoparazitlar hisoblanadi. Ular
orasida bir hujayrali hayvonlardan tortib bo’g’imoyoqlilargacha uchraydi.
Ekto- va endoparazitlar har xil muhit sharoitlarida yashaydi. SHunga ko’ra ular
morfo-anatomik tuzilishlari va hayot faoliyatlariga ko’ra bir-birlaridan keskin
farqlanadi.
Ektoparazitlar, o’z xo’jayini kabi, bevosita tashqi muhit omillariga duch keladi
va unga javob qaytaradi. SHuning uchun ulardagi so’rg’ichlar, ilmoqlar, tirnoqlar,
xartumlar kuchli rivojlangan, ranglari esa ko’pincha o’z xo’jayini rangiga
muvofiqlashgan bo’ladi.
Endoparazitlar uchun xo’jayin organizmi birlamchi muhit-sharoit bo’lsa, tashqi
muhit esa ikkilamchi muhit-sharoit hisoblanadi. Ularning morfologiyasi va
fiziologiyasi birlamchi muhit-sharoitga moslashgan bo’ladi.
Parazitlarning hayot faoliyatidagi dominant funksiyalardan biri ularning
ko’payishi, ya’ni avlod qoldirishidir. Parazitlarda germafroditizm va jinsiy organlari
faoliyati nihoyatda kuchaygan bo’lib, serpushtlilik hodisasi yuqori darajada turadi.
Ma’lumki, parazitlar xo’jayinining turli to’qima va organlarida yashaydi.
SHunga ko’ra ayrim jinsli parazitlar hamma vaqt ham bir-biri bilan jinsiy qo’shilish
imkoniyatiga ega emas. Bu xolat ularning nasl qoldirishini qiyinlashtiradi va tur
sifatida yashashini cheklaydi. Bunday noqulaylikni evolyusion taraqqiyotning o’zi
bartaraf etgan, ya’ni parazitlar ayrim jinslilikdan germafroditlikka o’tgan.
Germafrodit organizmlarda esa avlod qoldirish ancha garantiyalangan bo’ladi.
Ko’pchilik parazitlar nihoyatda serpusht bo’lib, juda ko’p miqdorda tuxum qo’yadi.
Lekin bu xususiyat quyidagi ikki xolat bilan bog’liq. Birinchidan, parazitlar
cheklanmagan oziq moddasi muhiti bo’lganligi tufayli, uni cheklanmagan miqdorda
iste’mol qiladi. Bu esa ularning jinsiy organlari sistemasini yanada rivojlanishini va
faoliyatining kuchayishiga olib keladi. Ikkinchidan, ko’p nasl qoldirgan
parazitlargina tabiiy tanlanish davomida tur sifatida saqlanib qolgan.
Ko’p nasl qoldirish ayniqsa parazit chuvalchanglarda ko’p uchraydi.
Nematodalarning erkin yashovchi vakillari odatda o’n va yuzlab tuxum qo’yadi.
Lekin parazit turlari nihoyatda serpusht bo’ladi. Kichkinagina trixinella 10
mingtagacha lichinka tug’sa, ankilostoma 4-5 yillik hayoti davomida 25-30 mln. ta
tuxum qo’yadi. Bir dona odam askaridasi bir kecha-kunduzda 250 ming, 5-6 oylik
114
hayoti davomida esa 50-60 mln. dona tuxum qo’yadi. Serpushtlilik tasmasimon
chuvalchanglarda ham kuchli bo’ladi. Masalan, cho’chqa tasmasimoni o’z hayoti
davomida 200-300 mln dona tuxum qo’ysa, shu avlodga kiruvchi qoramol
tasmasimoni bir kecha-kunduzda 600 mln, 10-15 yillik hayoti davomida esa 10 mlrd
700 mln dona tuxum qo’yadi.
Parazitlar juda ko’p miqdorda tuxum qo’ysalarda, bu tuxumlarning ming,
milliondan bir ulushidangina yangi avlod etiladi.
Parazitlarning jinsiy maxsulotlarining ortib borishi bilan bog’liq xolda ularning
jinsiy organlar sistemasi ham tobora kattalashib, soni ko’payib borgan. Jumladan,
trematodalarda gavda xajmining asosiy qismini jinsiy organlar sistemasi egallab
turadi. Tasmasimon chuvalchanglarda u butun proglottidlar yuzasini egallashidan
tashqari, har bir proglottidda bitta erkak va bitta urg’ochi jinsiy organ sistemasi
joylashgan bo’ladi.
Er yuzidagi barcha parazitlar evolyusion taraqqiyot jarayonida erkin yashovchi
organizmlardan kelib chiqqan. Parazitizm hodisasi turli-tuman hayvonlar guruxlarida
har xil yo’llar bilan borgan.
Ma’lumki, parazitlar yashash muhitiga qarab ektoparazitlar va endoparazitlarga
bo’linadi. Evolyusiya jarayoni davomida ularning kelib chiqishida umumiy belgilar
bilan birga individual farqlar ham kuzatiladi.
Ko’pchilik ektoparazitlar yirtqichlik qilib hayot kechiruvchi organizmlardan
vujudga kelgan. Jumladan, yirtqich turbellyariyalardan har xil monogenetik
so’rg’ichlilar kelib chiqqan. Ektoparazitlar, ayniqsa, bo’g’imoyoqlilar orasida ko’p
uchraydi. Ularning xaqiqiy parazitga aylanishi birdaniga sodir bo’lgan emas.
Evolyusiya davomida bo’g’imoyoqlilar umurtqali hayvonlar bilan uzoq vaqt va
davomli aloqada bo’lishi orqali ektoparazitlar paydo bo’lgan. Kanalar, parxo’rlar,
patxo’rlar, junxo’r, bit va burgalar bunga yaqqol misol bo’la oladi. Ayrim
ektoparazitlar yirtqichlikdan asta-sekinlik bilan oziqlanish muddatining cho’zilishi
orqali kelib chiqqan. Iskabtoparning urg’ochilari bir daqiqadan kamroq vaqt
mobaynida oziqlanadi, iksod kanasining lichinkasi 3-4 kun, nimfasi 5-6 kun, imagosi
esa 7-14 kun davomida oziqlanishi mumkin. Burga hayotining asosiy qismini, bitlar
esa butun umrini o’z xo’jayini tanasida o’tkazadi.
Ektoparazitlarning paydo bo’lish yo’lidan yana biri, ko’pchilik umurtqasizlar
umurtqali hayvonlarning terisi, jabra yoriqlari va boshqa organlariga yopishib hayot
kechirgan. Ular teriga borgan sari botib, kirib oziqlanishlari ham to’qimalar hisobida
amalga oshgan. Ana shu gurux hayvonlardan infuzoriyalar va qisqichbaqasimonlarga
o’xshash ektoparazitlar kelib chiqqan.
Parazitlikka o’tishning yana bir yo’li, bu kommensalizm asosida yuzaga
kelgan. Bunga yaqqol misol qilib, qush kanalarini ko’rsatish mumkin. Bu kanalar
qushlar inida yashovchi kommensallar bo’lgan. Kommensallar qush patlari ostidagi
organik qoldiqlar bilan oziqlanib, asta-sekinlik bilan teri qatlamlariga joylasha
boshlagan va nihoyat ektoparazitlarga aylangan.
Ayrim xasharotlar (ikki qanotlilar)ning lichinkalari quruqlikdagi umurtqali
hayvonlarning parazitlari hisoblanadi. Dastlab, bu lichinkalar yaralardagi nobud
bo’lgan to’qimalar hamda o’lgan hayvonlarning maxsulotlari bilan oziqlangan
(nekrofaglar). Keyinchalik esa ular tirik to’qimalar bilan oziqlanishga moslashib,
115
xaqiqiy parazitga aylangan. Endoparazitlarning kelib chiqishi ko’p jixatdan
ektoparazitlarning evolyusiyasi bilan bevosita bog’liq bo’lgan. Jumladan, terida
yopishib parazitlik qiluvchi infuzoriyalarning bir guruxi, xuddi shuningdek
xasharotlarning lichinkalari endoparazitlarga aylangan.
Endoparazitlarning kelib chiqishidagi yana o’ziga xos xususiyatlardan biri
tabiatda erkin yashovchi umurtqasiz hayvonlarning sistalari, tuxum yoki lichinkalari
bexosdan ovqat xazm qilish organlariga tushib qolib, u erda rivojlanishini davom
ettirgan. Bu xolat keyingi avlodlarida bir necha marta takrorlangandan keyin ichak
parazitlari vujudga kelgan. Ko’pchilik bir hujayralilar va nematodalar ham ana shu
yo’l bilan kelib chiqqan.
qon parazitlari endoparazitlarning ixtisoslashgan guruxlaridan biri bo’lib, ular
dastlab hayvonlarning ichaklarida yashagan. Keyinchalik turli yo’llar bilan qonga
o’tib, bu erda yashashga muvofiqlashgan. Chunki qonda ichakdagiga nisbatan
parazitning yashashi, rivojlanishi va ko’payishi uchun qulay sharoit mavjud bo’lgan.
Erda organik hayot paydo bo’lishi bilan birga parazitlar qachondan paydo bo’la
boshlaganligi xaqida xali aniq bir fikr yo’q. Lekin har xil muloxazalar yuritish uchun
asos bo’la oladigan ma’lum darajadagi dalillarga egamiz.
Akademik E.N. Pavlovskiyning fikricha, parazitlar Erda hayotning paydo
bo’lishidan "yoshroqdir". Evolyusiya jarayonida parazitlar dastlab bir hujayralilar
orasida paydo bo’lgan. Ba’zi bir hujayrali hayvonlarning parazitlikka o’tishi xalqali
chuvalchanglarning kelib chiqishidan keyin ro’y bergan. Ko’pchilik infuzoriyalar,
gregarinalar, koksidiyalar, mikrosporodiyalar, knidosporidiyalar asosan xalqali
chuvalchanglarda parazitlik qiladi. Demak, bir hujayrali hayvonlarning parazitlikka
o’tishi bevosita chuvalchanglarning evolyusiyasiga bog’liq.
Chuvalchanglarda parazitizm hodisasining paydo bo’lishi to’g’risidagi turli
fikrlar mavjud. Bir gurux olimlarning fikricha, chuvalchanglardagi parazitizm
hodisasi umurtqali hayvonlarning kelib chiqishi bilan bog’liq. Chunki jinsiy jixatdan
voyaga etgan deyarli hamma gel’mintlar umurtqali hayvonlarda parazitlik qiladi.
Oraliq xo’jayini hisoblangan umurtqasiz hayvonlar (mollyuskalar, bo’g’imoyoqlilar)
gel’mintlarning
rivojlanish
sikliga
keyinchalik
ishtirok
etib,
parazit
chuvalchanglarning dastlabki rivojlanishi oraliq xo’jayinsiz o’tgan.
K.I. Skryabin va V.M. Ivashkinlar bir qator tarixiy dalillar va eksperimental
ishlar asosida bu masalani boshqacha talqin etadilar. Gel’mintlar dastlab, umurtqasiz
hayvonlarda rivojlangan. Chunki evolyusion taraqqiyot jarayonida umurtqali
hayvonlar keyinchalik paydo bo’lgan. SHuning uchun umurtqalilar gel’mintlar uchun
birlamchi xo’jayin bo’la olmaydi, deb o’z fikrlarini quyidagi misollar asosida
isbotlaydilar.
Sestodalar
dastlab,
xalqali
chuvalchanglar
(polixetlar)
va
qisqichbaqasimonlarda yashagan va xatto, ular tanasida jinsiy voyaga etib avlod ham
bergan. Keyinchalik suyakli baliqlar paydo bo’lishi bilan xalqali chuvalchanglar
(polixetlar) va qisqichbaqasimonlar ularning emishiga, ulardagi sestodalar esa
baliqlarning parazitiga aylangan. Chunki umurtqali hayvonlar organizmida
sestodalarning oziqlanishi, rivojlanishi va jinsiy ko’payib avlod berishi uchun qulay
sharoit mavjud. Evolyusion taraqqiyotning keyingi bosqichlarida sestodalar qushlar
va sutemizuvchilarga o’tadi. SHunday qilib, birlamchi xo’jayinlari bo’lgan polixetlar
va qisqichbaqasimonlar parazitlarning oraliq xo’jayinga aylanib qoladi.
116
Akantosefallar dastlab, mollyuskalar va qisqichbaqasimonlarning paraziti
bo’lgan. quruqlikdagi umurtqali hayvonlar esa keyinchalik ularning rivojlanish
siklida ishtirok etib, asosiy xo’jayinlariga aylangan.
Trematodalarning birlamchi xo’jayinlari mollyuskalar bo’lgan. Ular turli
umurtqali hayvonlarga o’tishi natijasida, ayni vaqtda, mollyuskalar trematodalarning
oraliq xo’jayini funksiyasini bajargan.
Umuman, parazit chuvalchanglar poleozoy erasining silur va devon davrlarida
paydo bo’lgan deb taxmin qilinadi. Xasharotlardan ikki qanotlilar va
pardaqanotlilarni parazitlikka o’tishi esa yura davridan boshlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abuladzе K.I. i dr. Parazitоlоgiya i invaziоnno`е bоlеzni
sеl’skоxоzyaystvеnnix jivоtnix. Dlya studеntоv VUZоv pо spеtsial’nоsti
"Vеtеrinariya". M., 1990g.
2. Biоlоgiya. Bоl’shоy entsiklоpеdichеskiy slоvar’. Nauchnое izdatеl’stvо
"Bоl’shaya Rоssiyskaya entsiklоpеdiya". M., 1998g.
3. Bоgоyavlеnskiy YU.K., Ulissоva T.N., YArоvaya I.M., Yaro`gin V.N.
Biоlоgiya. Uchеbnik dlya studеntоv mеditsinskix institutоv. M., 1984g.
4. Burdеlеv T.Е. i dr. Оsnоvo` vеtеrinarii. Uchеbnik. M., 1978g.
5. Ginеtsinskaya T.A., Dоbrоvоl’skiy A.A. CHastnaya parazitоlоgiya.
Parazitichеskiе prоstеyshiе i plоskiе chеrvi. Uchеbnое pоsоbiе dlya studеntоv
biоlоg. spеts. VUZоv, t. 1. M., 1978g.
6. Ginеtsinskaya T.A., Dоbrоvоl’skiy A.A. CHastnaya parazitоlоgiya. Kruglo`е
chеrvi, mоllyuski i chlеnistоnоgiе. Uchеbnое pоsоbiе dlya studеntоv biоlоg.
spеts. VUZоv, t. 2. M., 1978g.
7. Dadaеv S.D. Parazitоlоgiya. Оliy uquv yurti talabalari uchun ma’ruzalar
matni. T., 2002y.
8. Dоgеl’ V.A. Оbshaya parazitоlоgiya, 3 izd. L., 1962g.
9. Dubovskiy G.K., Ummatov A.SH. Zoologiyadan o’quv qo’llanma, 2-qism.
Umurtqasiz hayvonlar (xasharotlar). T., 1996y.
10. Kеnnеdi K.R. Ekоlоgichеskaya parazitоlоgiya, pеrеvоd s angl. M., 1978g.
11. Krashkеvich K.V., Tarasоv V.V. Mеditsinskaya parazitоlоgiya. M., 1969g.
12. Mavlyanov O.M. Klеshi i nasеkоmiе-paraziti i pеrеnоschiki vоzbuditеlеy
zabоlеvaniy. Uchеbnое pоsоbiе dlya studеntоv biоlоgichеskоgо fakul’tеta
univеrsitеtоv. T., 1990g.
13. Mavlonov O., Xurramov SH. Umurtqasizlar zoologiyasi. Oliy o’quv yurtlari
biologiya ixtisosligi talabalari uchun o’quv qo’llanma. T., 1998y.
14. Mavlonov O., Xurramov SH., Norboev Z. Umurtqasizlar zoologiyasi. Oliy
o’quv yurti biologiya mutaxassisligi talabalari uchun o’quv darslik. T., 2002y.
15. Pоlyakоv V.A., Uzakоv U.YA., Vеsеlkin G.A. Vеtеrinarnaya entоmоlоgiya
i araxnоlоgiya. M., 1990g.
16. Xadrоn E., Vеnеr R. Оbshaya zооlоgiya. "Mir". M., 1989g.
117
17. Xolikov P.X., SHarofiddinxujaev N.SH. va bosh. Biologiya. Tibbiyot
institutlari talabalari uchun darslik. T., 1996y.
18. Xamidоv J. va bоsh. Tibbiy biоlоgiya va irsiyatdan qo’llanma. Tibbiyot
parazitоlоgiyasi. T., 1992y.
19. SHеvtsоv A.A., Smirnоv V.I., Pavlоva N.V. Parazitоlоgiya. M., 1985g.
20. Ergashev E.., SHopulatov J.SH. Parazitologiya. Qishloq xo’jalik
texnikumlari uchun darslik. T., 1981y.
21. Qulmamatov A. Parazit umurtqasiz hayvonlar. O`quv qo’llanma.
"O`qituvchi". T., 1988y.
Dostları ilə paylaş: |