P a r a z I t o L o g I ya


Burun-xalqum bo’kalari (Oestridae)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174846
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
parazitolog ma\'ruza-конвертирован

Burun-xalqum bo’kalari (Oestridae)
oilasi vakillari tirik tug’adi. Bu oilaga 
35 ga yaqin tur kiradi, uzunligi 10-18 mm atrofida bo’ladi. Ular tuyoqli hayvonlarda 
parazitlik qiladi. o’zbekistonda 4 ta turi qo’y, echki, tuya va otlarda parazitlik qiladi.
Qo’y bo’kasi (Oestrus ovis
)ning uzunligi 10-12 mm bo’lib, qo’y va 
echkilarning burun hamda peshona bo’shlig’ida parazitlik qiladi. Urg’ochilari 
sarg’ish-qo’ng’ir rangda, usti kam sondagi tuklar bilan qoplangan. Lichinkalari 1-
lichinkalik davrida 1,3 mm, 3-lichinkalik davrida esa 10-30 mm uzunlikda bo’ladi. 
qo’y bo’kasi issiqni yoqtiradi, 16-40 
o
S haroratda uchib yuradi. Urg’ochilari 
urug’langach, devor yoriqlari orasida yoki binolarga uchib borib, 12-16 kun 
davomida tinch o’tiradi. Lichinkalari etilgandan keyin ular faollashib qo’y va 
echkilarni axtaradi va ularning burun kavaklariga 12-20 tadan tirik lichinkalarni sepib 
ketadi. Har bir urg’ochi bo’ka hayoti davomida 600 tagacha lichinka qo’yadi. Agar 
urg’ochi bo’ka etilgan lichinkalarni o’z vaqtida biror joyga qo’ya olmasa, lichinkalar 
bo’ka bachadonining devorini yorib yuboradi va uni xalokatga olib keladi. qo’yning 
burniga tushgan lichinkalar tezda burunning ichkarisiga qarab siljiydi. Aprel va may 
oylarida qo’yilgan lichinkalar rivojlanib, iyul-avgust oylarida hayvonning miyasiga 
ko’chadi, ba’zan peshona bo’shlig’iga o’tadi. Bu erda ikki marta tullab, uch yoshli 
lichinkaga aylanadi. Keyinchalik uch yoshli lichinkalar yana burun bo’shlig’iga 
qaytadi va qo’y aksirganda erga tushib tuproq orasiga kiradi va g’umbakka aylanadi. 
18-25 kunda ulardan qanotli bo’kalar etishadi.
Qo’y bo’kasi SHimoliy tumanlarda yiliga bir marta avlod bersa, issiq iqlimli 
xududlarda ikki marta (ko’klam va kuzda) avlod beradi. Bo’ka lichinkalari 
qo’ylarning burun bo’shlig’ida baxorgi zararlanish davrida 4 oy, kuzgi zararlanish 
davrida esa 6-7 oy yashaydi. 
Qo’y bo’kasi keltirib chiqaradigan kasallik estroz deyiladi. Bu kasallik hamma 
mamlakatlarda uchraydi. Estroz bilan ko’pincha yosh qo’ylar kasallanadi.
Estroz kasalligida mollarning nafas olishi qiyinlashadi, burnidan qon aralash 
shilimshiq modda oqadi. Bu kasallikdan qo’ylarning ishtaxasi buzilib, oriqlab ketadi. 
Undan olinadigan jun maxsuloti 3-16 %ga kamayib ketadi. 
Burun bo’shlig’i va miyaga joylashib olgan bo’ka lichinkalari qo’y va 
echkilarda soxta aylanma (tentak) kasalligini paydo qiladi, ya’ni mollarning xushdan 
ketishi, bir joyda aylanishi kuzatiladi. Kasallangan yosh mollar ko’pincha nobud 
bo’ladi. Nafas yo’llari zararlanganda esa qo’ylar zotiljam kasalligidan o’ladi. 
Lichinkalar odam ko’ziga tushib qolsa miaz, kon’yunktivit kasalliklarini keltirib 
chiqaradi. 
Estrozga qarshi kurashda kompleks tadbirlar qo’llaniladi. Birinchi navbatda 
kasallangan qo’y va echkilar davolanadi. Buning uchun mollarning burun 
bo’shlig’iga xlorofosning 2 %li eritmasi yuboriladi va burun bo’shlig’idagi bo’ka 
lichinkalari xaydab chiqariladi. Kasallik manbai hisoblangan bo’kalarning hamma 
yoshdagi lichinkalari qirib tashlanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin