Asl pashshalar (Muscidae ) oilasi vakillari juda keng tarqalgan kulrang yoki
qoramtir rangli xasharotlar hisoblanadi. Imagosi gul nektari, organik moddalar
chiqindilari, axlatlar bilan oziqlanadi. Ayrim turlari qon so’radi. Lichinkalari orasida
fitofaglari, saprofaglari, yirtqich va parazitlari bor. Oilada 400 ga yaqin turi keng
tarqalgan. MDXda 1000 ga yaqin turi uchraydi.
Uy pashshasi (Musca domestica) butun dunyo bo’ylab keng tarqalgan
sinantrop xasharotlardan hisoblanadi. Faqat axoli yashaydigan joylarda uchraydi.
Pashsha xartumining kengaygan uchki qismida og’iz teshigi joylashgan. YUmshoq
lablari yordamida suyuq oziqni yalab oladi. Pashshalar qattiq oziq bilan ham
oziqlanishi mumkin.
Og’iz apparati yalovchi tipda. Bir juft qanoti ikkinchi ko’krak segmentida
o’rnashgan. Oyoq panjasining tirnoqchasi ostida yopishqoq yostiqchasi bor. SHu
yopishqoq yostiqchasi tufayli pashshalar juda silliq satxda ham o’rmalab yura oladi.
Gavdasi tuklar bilan qoplangan, ana shu tuklarga iflos narsalar osongina yopishadi.
Urug’langan urg’ochi pashsha bir yo’la 120-150 dona tuxumini iflos
chiqindilarga, ochiq qolgan oziq-ovqatlarga qo’yadi. Tuxumdan chiqqan
chuvalchangsimon lichinkalari chirib kelayotgan organik moddalar bilan oziqlanadi.
Lichinka uch marta tullab g’umbakka aylanadi. Uy pashshasining g’umbagi
harakatsiz, ovalsimon shaklda. Ma’lum vaqt o’tgach, g’umbakdan etuk pashsha
chiqadi. Tuxum qo’yishdan boshlab imago davriga etishguncha o’rtacha 10-25 kun
kerak bo’ladi. Pashshalar qorong’ulikni yoqtirmaydi va doim yorug’likka intiladi.
Ular oziq-ovqat maxsulotlari, non, qand, murabbo, go’shtli taomlar va boshqalarga
qo’nib, ularni yalab-so’radi va so’lagini tushirib, har xil mikroblar bilan ifloslantiradi.
Pashshada xid bilish va ta’m bilish organlari yaxshi rivojlangan. Zarur bo’lgan
oziqni xididan topadi. Ta’m bilish organi oyoq panjalarining uchida joylashgan. Bir
yilda pashshaning 10-12 avlodi rivojlanadi.
Uy pashshasi ekologik jixatdan odamlar turadigan joy bilan yaqindan bog’liq.
Pashsha yotoqxona, oshxona, axlatxona va xojatxonalarda, shuningdek transportlarda
uchraydi. Ular bir qancha kasalliklarning qo’zg’atuvchilarini mexanik ravishda bir
joydan ikkinchi joyga olib borib tarqatadi.
Uy pashshalari iflosliklar orqali ichburug’, qorin terlamasi (tifi), o’pka sili,
vabo, bo’g’ma, kuydirgi, kon’yuktivit (ko’z kasalliklari) va poliomielit kabi virus,
bakteriya va boshqa kasalliklarning qo’zg’atuvchilarini, har xil yiringli kasalliklar
mikroblarini, bir hujayrali parazitlarning sistalarini va parazit chuvalchanglarning
tuxumlarini
odamlarga
yuqtirishi
mumkinligi
aniqlangan.
Akademik
103
E.N.Pavlovskiyning ma’lumotiga ko’ra pashshalar 63 turdan ortiq zararli
mikroorganizmlarni tarqata oladi.
Asl pashshalar orasida bir qancha turlari o’simlik to’qimalari bilan ham
oziqlanadi.