104
berishi mumkin. Lichinkalari miaz kasalligini tarqatadi. Miaz og’ir kasallik bo’lib,
vaqtida oldi olinmasa, ba’zan o’limga ham olib keladi. Vol’fart pashshasi lichinkalari
odamlarga tushishi mumkin.
Ular odamning yara joyiga, terisiga, ko’z va burniga
tushganida to’qimalarini eb tuzalishi qiyin bo’lgan yaralar paydo qiladi.
Demak, odamlar va hayvonlar hayoti uchun vol’fart pashshasining o’zi emas,
balki uning lichinkalari xavflidir.
Kurash choralari: vol’fart pashshasi lichinkalari
yaradan qisqich bilan terib
tashlanadi, yara xloroforli suv, xloroformli suv, xlorofos eritmasi bilan yuviladi. Uy
hayvonlari yarasidagi lichinkalar qirtishlab olinadi, yara esa lizol, volfartol,
kodoform, kseroform, kreolin bilan yuviladi.
Dostları ilə paylaş: