P a r a z I t o L o g I ya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174846
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   81
parazitolog ma\'ruza-конвертирован

So’nalar (Tabanidae
) oilasiga eng yirik qon so’ruvchi ikki qanotlilar kiradi. 
Tanasining uzunligi 2-3 smga etadi, ko’zlari yirik qizg’ish tilla rangda tovlanib 
turadi. Erkagi va yosh urg’ochi so’nalar gul nektari bilan oziqlanadi. Urg’ochi 
so’nalar faqat urug’langandan keyin qon bilan oziqlanishga o’tib, qoramollarga, 
odam va yovvoyi hayvonlarga xujum qiladi. So’nalar hayvonlar terisini sanchib-
yalovchi yoki kesib-yalovchi og’iz organlari orqali kesib, o’sha joydan chiqadigan 
qonni so’rib oziqlanadi va 2-4 kundan so’ng suv yoki ariq bo’ylaridagi nam 
tuproqlarga tuxum qo’yadi.
So’nalar bir yilgacha yashaydi, ammo qon so’rib olgan urg’ochi so’na bir 
oygina yashaydi va shu vaqt ichida bitta urg’ochi so’na ariq bo’yidagi nam tuproqqa 
300 tadan 3500 tagacha tuxum qo’yadi. Tuxumlardan 1-2 xaftadan keyin qurtlar 
chiqadi. qurtlar 10-11 oygacha botqoqlikdagi organik qoldiqlar bilan oziqlanadi. Bu 
muddat ichida ular olti marta po’st tashlab, olti yoshga kiradi. Baxorda qurtlar 
g’umbakka aylanadi. G’umbaklik davri ob-xavoga bog’liq bo’lib, u 6 kundan 25 
kungacha davom etadi, so’ngra jinsiy voyaga etgan qanotli so’na uchib chiqadi. 
So’nalar chorva mollariga ko’plab xujum qilib, ularning maxsuldorligini 
pasaytirib yuboradi. Ular hayvonlar orasida tulyaremiya, Sibir yarasi, tripanosoma 
kabi kasalliklarni tarqatadi. Xo’kiz so’nasi (Tabanus bovinus) keng tarqalgan 
turlaridan biri hisoblanadi. So’nalar N.G.Olsufev tomonidan yaxshi o’rganilgan. 


102 
Dunyoda so’nalarning 3 mingdan ortiq turi keng tarqalgan, MDXda ularning 200 ga 
yaqin turlari aniqlangan. M.Q.Qodirovaning ma’lumotlari bo’yicha O’zbekistonda 
so’nalarning 49 ta turi uchraydi. 
Kaltamo’ylov doira chokli ikki qanotlilar (Brachycera-Cyclorrhapha)
kenja turkumi vakillarining tanasi kichik, mo’ylovlari uch bo’g’imli, lichinkasining 
bosh bo’limi butunlay reduksiyaga uchragan. Lichinkasining po’sti g’umbakka 
aylanish davrida tushib ketmasdan bochkasimon shaklga kiradi va qotib, soxta pillani 
xosil qiladi. Bu kenja turkumning 100 ga yaqin oilalari bor. Parazitlari va kasallik 
qo’zg’atuvchilarini tashuvchilariga asl pashshalar, se-se pashshalari, kulrang go’sht 
pashshalari, qon so’ruvchi pashshalar oilalari va bo’kalarning 3 ta oilasi kiradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin