Bukur chivinlar (Simulidae) oilasi vakillari qon so’ruvchi eng mayda
chivinlar bo’lib, gavdasining uzunligi 2-6 mm keladi. Ayni vaqtda ularning 1000 dan
ortiq turi aniqlangan. Bukur chivinlarning rangi ko’pincha qora va ko’kish tusda
bo’ladi. Urg’ochilari urug’lanib, hayvon qonini so’rib, keyin oqar suvlardagi
o’simliklar va boshqa substratlarga 100-800 tadan tuxum qo’yadi. Oradan 4-12 kun
o’tgach tuxumdan lichinkalar chiqadi. Ular orqa qorin segmentidagi so’rg’ichlar va
ilmoqchalar yordamida suvdagi har xil substratlarga yopishib olib hayot kechiradi.
Lichinka besh marta tullagach (3-4 xafta davomida) maxsus pillali g’umbak xosil
qiladi va 20-21 kun ichida jinsiy voyaga etadi. Hayoti davomida 1-3 marta avlod
beradi.
Urg’ochilari hayvonlarga kunduz kunlari shamol yo’q paytda xujum qiladi.
Hayvon qonini so’rib, zaharli so’lak ajratadi, bir necha soat o’tgach, hayvon terisi
shishadi, harorati ko’tarilib, yurak urishi tezlashadi.
Taygada qonxo’r bukur chivinlar ko’plab uchraydi. Ular Sibir yarasi,
tulyaremiya, yapon ensefaliti, moxov kasalliklarini, qoramollarda va shimol
bug’ularida
esa
onxoserkoz,
qushlarda
gemosporidioz
kasalliklarining
qo’zg’atuvchilarini tarqatadi.
Iskabtoparlar (Phlebotomidae) oilasi vakillari juda mayda bo’lib, uzunligi
1,3-3,5 mm keladi. Ular kichik kapalakchalarga o’xshaydi. Iskabtoparlar
kemiruvchilar va boshqa sutemizuvchilar, kaltakesaklar hamda toshbaqalarning
inlarida, qushlarning uyalarida, molxonalarda, axoli turar joylarida yashaydi. Ular
Evropaning janubi, o’rta va Janubiy Osiyo, hamda SHimoliy Afrikada keng
tarqalgan. Iskabtoparlar obligat qon so’ruvchi xasharotlar bo’lib, odatda, odamlarga,
hayvonlarga tunda, issiq va dim paytlarda xujum qiladi. qonni faqat urg’ochilari
so’radi. Tana tuzilishi chivinlarga xos bo’lib, ulardan juda uzun mo’ylovlari bo’lishi
va tanasida qalin, qattiq uzun tuklari borligi bilan ajralib turadi. Oyoqlari uzun va
ingichka, ayniqsa, oxirgi juft oyog’i ancha uzun bo’ladi. Oyoqlari va qanotlari butun
tanasi singari tukchalar bilan qoplangan. Otalangan urg’ochilari tuxum qo’yishdan
oldin, albatta, qon so’rishi kerak, shundan keyingina tuxumlari rivojlanadi.
Iskabtoparlar ovqat izlab 1,5 km dan ko’proq yo’l bosadi. Tuxumlarni qorong’i
organik moddalarga boy, zax erlarga qo’yadi. Bir qo’yishda urg’ochilari 50-70 taga
yaqin tuxum qo’yadi. Tuxumdan chiqqan lichinkasi chuvalchangsimon bo’lib, tanasi
12 segmentdan tashkil topgan. Lichinkalar chiriy boshlagan organik moddalar bilan
oziqlanadi va to’rt marta tullaydi. To’rtinchi marta tullashdan keyin g’umbakka
aylanadi. G’umbakdan voyaga etgan xasharot chiqadi. Tuxum qo’yishdan to voyaga
etguncha qulay sharoitda 46 kun kerak bo’ladi, noqulay sharoitda rivojlanish muddati
juda cho’zilib ketishi mumkin.
100
Iskabtoparlarning qurtlari organik qoldiqlarga boy bo’lgan joylarda, masalan,
g’orlar, daraxtlarning kovagi yoki sudralib yuruvchilar va kemiruvchilarning inlarida
rivojlanadi. Bir yilda ularning ikki nasli voyaga etadi.
Iskabtoparlardan Phlebotomus pappatasii turi odamlarga leyshmanioz
(pashshaxo’rda) va papiatachi isitmasi kabi kasalliklarni yuqtiradi.