P a r a z I t o L o g I ya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174846
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   81
parazitolog ma\'ruza-конвертирован

Burgalar (Aphaniptera) 
turkumiga 1400 dan ortiq tur kiradi. MDXda 400 dan 
ortiq turi uchraydi. Burgalar to’liq metamorfoz bilan rivojlanadigan qanotsiz 
xasharotlar bo’lib, ular asosan obligat gematofaglar, issiqqonli hayvonlarda (qushlar 
va sutemizuvchilarda, shu jumladan odamda) qon so’rib parazitlik qiladi. Markaziy 
Osiyoda burgalarning 310 ta turi aniqlangan. 
Burgalar mayda ektoparazit bo’lib, tanasining uzunligi 1-6 mm. Tanasi ikki 
yonidan siqilgan bo’lib, to’q sariqdan to jigarranggacha bo’lishi mumkin. Ustidan 
qattiq yaltiroq xitinli kutikula bilan qoplangan. Kutikulasida uchi orqaga qayrilgan 
xitinlashgan tukchalar bo’ladi. Mana shunday tukchalar boshining oldingi va pastki 
qismlarini qoplagan bo’ladi. Tukchalar burgaga xo’jayinning jun va patlari orasida 
erkin harakat qilishi uchun imkoniyat yaratadi. 
Burgalarning ko’zlari va sanchib-so’ruvchi og’iz apparati boshida joylashadi. 
Og’iz apparati quyidagicha tuzilgan: bir juft pastki jag’lar uzun ingichka plastinkalar 
shaklida tuzilgan bo’lib, terini teshish uchun xizmat qiladi. Ular asosida so’lak bezlari 
nayi va bir juft kalta pastki jag’ paypaslagichlari joylashgan. YUqori labi o’zgarib, 
toq sanchuvchi ignani xosil qiladi. Pastki lab reduksiyalangan, shunday bo’lsa-da, 
pastki lab paypaslagichlari yaxshi taraqqiy etgan. Ular tarnovsimon bo’lib, bir-biriga 
zich taqalib turadi, natijada sanchuvchi apparat qanotlari g’ilofini xosil qiladi. 
Ko’krak qismida uch juft oyoqlari bo’lib, keyingi juft oyoqlari kuchli rivojlangan va 
sakrovchi tipda tuzilgan. Ular uzun va mushakli oyoqlari bilan sakrab harakatlanadi. 
Masalan, odam burgasi 9 sm balandlikka, 32 sm uzunlikka sakrashi mumkin. qorin 
qismi 10 ta bo’g’imdan tashkil topgan bo’lib, orqa qismida jinsiy apparati joylashgan. 
qorin segmentlarining 2 yonida stigmalar ko’rinadi. 
Burgalar jinsiy dimorfizmga ega: erkaklari bir oz kichikroq va qorin 
bo’limining oxirgi qismi yuqoriga qayrilgan bo’ladi, shu joyda murakkab kopulyativ 
apparati joylashgan. Urg’ochilarining jinsiy apparati kolbasimon, xitinli rezervuar 
urug’ qabul qiluvchi pufakcha ko’rinishida tuzilgan. Urg’ochi burga hayoti davomida 
400-500 tacha tuxum qo’yadi, bir qo’yganda tuxumlar soni 6-10 tagacha boradi. 
Odatda, burgalar tuxumlarini organik chirindilarga boy bo’lgan joylarga, ya’ni pol 


95 
tirqishlariga, to’shamalar ostiga, quruq axlatxonalarga, devor yoriqlariga va 
kemiruvchilar iniga qo’yadi. Tuxumdan chuvalchangsimon lichinkalar chiqadi. 
Embriogenez davri 3 kundan 15 kungacha davom etadi, bu esa burgalarning turiga va 
tashqi muhit sharoitiga, ayniqsa harorat va namlikka bog’liq. Lichinkalari rangsiz, 
pigmentlashmagan, tanasi tuk bilan qoplangan, oyoqsiz bo’lib, ikki qanotlilar 
lichinkasiga o’xshash bo’ladi. Lichinkalar chiriyotgan organik moddalar bilan 
oziqlanadi. Ular pilla ichida g’umbakka aylanadi.
Tashqi muhit sharoitiga qarab burgalarning rivojlanishi 20 kundan bir yilgacha 
davom etadi. G’umbakdan chiqqan voyaga etgan davri - imago - faqat qon bilan 
oziqlanadi. Voyaga etgan burgalar 2-5 yil umr ko’radi. 
Burgalar bir kunda kamida bir marta qon so’radi. Ular asosan (95 foizi) 
sutemizuvchilarda va ayniqsa, kemiruvchilarda parazitlik qiladi. Burgalar muayyan 
turdagi xo’jayin bilan juda maxkam bog’lanmay, bir turdagi hayvondan ikkinchi 
turdagi hayvonga va odamga o’tishi mumkin. Bunday gematofag hayvonlarga 
polifaglar deyiladi. Tabiatda shunday burgalar borki, xatto vaqtincha bo’lsa ham 
ilonda, ba’zilari esa xasharotlarning lichinkalarida parazitlik qiladi. Mushuklarda 
mushuk burgasi (Ctenocephalides felis), itlarda it burgasi (Ctenocephalides canis), 
odamlarda odam burgasi (Pulex irritans), kalamushlarda kalamush burgasi 
(Xenopsylla cheopis) parazitlik qiladi. Lekin, ular odamga ham xujum qiladi. 
Kalamush va odam burgalari odamlarga o’lat (chuma) va terlama kasalligining 
qo’zg’atuvchilarini yuqtiradi. Bu og’ir kasalliklarning mikroblari kasal odamlar, 
kalamushlar va burgalarning axlati orqali odam terisiga tushib qolsa, uning tirnalgan 
joyidan qonga o’tib, ko’paya boshlaydi. 
Odam burgasi urg’ochisining kattaligi 3-4 mm bo’ladi. Odam burgasi uy 
hayvonlarining tanasida ham yashashi mumkin. Burgalar issiq qonga o’ch bo’lib, 
o’lgan hayvonning sovib borayotgan tanasini tashlab, yangi xo’jayin axtaradi. 
O’lat kasalligi tabiiy manbali fakul’tativ transmissiv kasalliklar guruxiga 
kiradi. Uning tabiiy manbai kemiruvchilar, asosan, kalamushlar, yumronqoziqlar, 
sug’urlar va qumsichqonlar hisoblanadi. Bu kasallik bilan og’rigan bemor 3-4 kunda 
o’lishi mumkin. o’lat odamga 2 xil yo’l bilan yuqishi mumkin: 1). Bemor qoni bilan 
oziqlangan burga qon bilan birga o’lat chaqiruvchilarini (o’lat tayoqchalarini) ham 
o’ziga yuqtiradi. Burganing oshqozon va ichagida o’lat tayoqchalari shu qadar 
ko’payib ketadiki, natijada burganing oshqozonini to’ldirib, xasharotning normal 
oziqlanishiga to’sqinlik qiladigan o’lat tiqinini xosil qiladi. Zararlangan burga qon 
so’rganda ovqat oshqozoniga bora olmasdan qaytib tushadi, ya’ni burga qusadi. Ana 
shu paytda o’lat tayoqchalari ham burga "qusgan" joyga tushib, odamni zararlaydi. 
Chaqqan joylarni qashlaganda, tirnalgan teri orqali, ya’ni kontaminasiya yo’li bilan 
odamga o’lat yuqishi mumkin. 
2). Mexanik yo’l bilan, masalan, bemor bilan yaqin aloqada bo’lganda, 
bemorning chiqindilari va xatto xavo-tomchi orqali ham o’lat kasalligi yuqishi 
mumkin. 
O’lat kasalining qo’zg’atuvchisi uzoq vaqtgacha noaniq bo’lgan. 1893-1894 
yillarda fransuz olimi Sersen va Yaponiyalik olim Kitasato (bir-birini bilmagan 
xolda) o’lat kasalining qo’zg’atuvchisi chuma tayoqchasi - Pasteurella pestis 
ekanligini aniqladilar. 1896 yili Xindistonda ishlayotgan rus shifokori V.A.Xavkin 


96 
o’lat kasaliga qarshi zardob ishlab chiqib, uni o’zida sinab ko’radi va bu zardob 
yaxshi natija berishini aniqlaydi. 1897 yili M.Ogata va 1898 yili Zimond o’lat 
kasalining tarqalishida burgalar ishtirok etishini tajribalar asosida isbotladilar. Rus 
shifokori D.K.Zabolotniy (1887 y.) o’lat kasalining manbai sutemizuvchilardan 
kemiruvchilar turkumi vakillari ekanligini aniqladi. 
Insoniyat tarixida o’lat kasali er yuzidagi axolini uch marta juda katta ofatlarga 
olib kelgan. 
Birinchi marta 542 yili Misrda o’lat kasali paydo bo’lib, qisqa vaqt ichida 
Suriya, Kichik Osiyo va Konstantinopolga tarqaldi, to’rt oy davomida har kuni 10 
minglab axolining yostig’ini quritdi. Bu epidemiya "YUstiniana" chumasi nomi bilan 
tarixda qolgan. 
Ikkinchi marta 1334 yili dastlab Osiyoda yangi chuma epidemiyasi kelib 
chiqadi. Bu kasallik har xil yo’llar (asosan savdo-sotiq karvonlari) bilan Xindiston, 
Kichik Osiyo, Konstantinopol, keyinchalik Arabiston orqali Afrika va o’rta dengizga 
tarqaladi. 1348 yili Kipr orolining axolisi to’lig’icha qirilib ketadi. Ikki-uch yil ichida 
bu ofat butun Ovro’pa qit’asiga tarqaladi, natijada Ovro’pa axolisining to’rtdan bir 
qismi (25 mln kishi) qirilib ketadi. Italiya axolisining yarmi xalok bo’ladi. Bu ofat 
tarixga "qora o’lim" nomi bilan ma’lum. 
Uchinchi marta 1894 yili chuma Gong-Kongda boshlanib, Osiyo 
mamlakatlarining deyarli hammasiga tarqaladi. Bu epidemiyadan axolining 60-90 % 
o’lgan. 
Xozirgi vaqtda o’lat kasali asosan Osiyo, Afrika va Janubiy Amerikaning 
tropik mintaqalarida tez-tez uchrab turadi. 
Burgalar faqat odamlar o’rtasida yuqumli kasalliklarni tarqatib qolmasdan, 
balki kemiruvchilar, yirtqichlar va uy hayvonlari o’rtasida ham ularning qonini 
so’rish orqali yuqumli kasalliklarning mikroblarini sog’ hayvonlarga va odamlarga 
o’tkazadilar. 
Burgalardan 
saqlanishning 
asosiy 
yo’llaridan 
biri 
sanitariya-gigiena 
qoidalariga rioya qilishdir. Molxonalar, odam turadigan xonalarni toza saqlash, 
undagi pol va to’shamalarni vaqti-vaqti bilan karbolning 2-5 %li eritmasi bilan 
dezinfeksiya qilish, devor va pol tirqishlarini kerosinga xo’llangan latta bilan yuvish 
lozim. Dala sharoitida kemiruvchilarga qarshi kimyoviy dorilar (xlorpikrin, piretrum) 
sepish kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin