P a r a z I t o L o g I ya


Ikki qanotlilar (Diptera)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174846
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   81
parazitolog ma\'ruza-конвертирован

Ikki qanotlilar (Diptera)
turkumiga 150 mingga yaqin tur kiradi. MDX 
mamlakatlarida 10 mingdan ortiq turi uchraydi. Ular eng yuksak tuzilgan 
xasharotlardan hisoblanadi. qanotlari bir juft, uncha yirik bo’lmaydi, odatda 
yalang’och, tuk yoki tangachalar bilan qoplanmagan bo’ladi. Ikki qanotlilarda 
ikkinchi juft qanotlarining qoldig’i to’g’nog’ichsimon o’simtani xosil qiladi. Bu 
o’simta muvozanat saqlash vazifasini bajaradi. Ikki qanotlilar uchganida qanot 
qoldig’i rudimenti yordamida ovoz chiqaradi. Ikki qanotlilarning bosh bo’limi juda 
harakatchan. Og’iz organlari yalovchi, sanchib-so’ruvchi yoki kesib-so’ruvchi tipda 
tuzilgan. Lichinkasining voyaga etishi davrida metamorfoz keskin namoyon bo’ladi. 
G’umbagi erkin yoki bochkasimon tipda tuzilgan. Ular orasida yirtqich, qon 
so’ruvchi parazitlari bor. Lichinkalari suvda, tuproqda yoki chiriyotgan organik 
qoldiqlarda rivojlanadi. Ikki qanotlilar avlodi to’g’risida deyarli g’amxo’rlik 


97 
qilmaydi. Bu g’amxo’rlik faqat urg’ochilarining lichinka uchun oziq bo’ladigan 
muhitga (masalan, uy pashshalari - go’ng va axlatga, go’sht pashshalari - go’sht yoki 
murdaga, chivinlar - suvga) tuxum qo’yishdan iborat. Ikki qanotlilar 3 ta kenja 
turkumga bo’linadi. 1. Uzun mo’ylovlilar (Nematocera). 2. Kalta mo’ylov to’g’ri 
chokli ikki qanotlilar (Brachycera - Orthorrhapha). 3. Kalta mo’ylov doira chokli ikki 
qanotlilar (Brachycera - Cyclorrhapha). 
Uzun mo’ylovlilar (Nematocera)
kenja turkumi vakillarining mo’ylovlari 
uzun va ko’p bo’g’imli, qorin bo’limi ingichka bo’ladi. Lichinkalari oyoqsiz, lekin 
ularning boshlari rivojlangan bo’lib, og’iz organlari kemiruvchi tipda tuzilgan. 
G’umbaklari harakatchan bo’ladi. Bu kenja turkumga qon so’ruvchi chivinlar, 
iskabtoparlar, moshkarlar, g’urra yasarlar, uzunoyoqlar, zaxkashlar va boshqa oilalar 
kiradi. qon so’ruvchi ikki qanotlilar - gnuslar deb ataladi. Gnuslar vaqtinchalik 
parazitlar hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin