106
mollarning terisini teshib, sifatini buzadi. Ayrim xollarda teriosti bo’kalarining
lichinkalari odamda ham parazitlik qilishi mumkin. Lichinkalar ko’zga tushganda
odam ko’r bo’lib qolishi mumkin.
Bo’kalar va ular keltirib chiqaradigan kasalliklarga
qarshi kompleks chora-
tadbirlar qo’llaniladi. Birinchi navbatda kasallangan mollar davolanadi. Buning
uchun lichinkalar tugunlardan qo’l bilan siqib chiqariladi yoki tugundagi
lichinkalarga qarshi dori yuborilib o’ldiriladi. Hayvon
tanasidagi bu tugunlar bir
vaqtda paydo bo’lmaydi. SHuning uchun davolash har 10 kunda takrorlanib turiladi.
Lichinkalarni siqib chiqargandan keyin o’rniga yod eritmasi surtish, shuningdek,
lichinkalarni qirib tashlash kerak.
Mollarga bo’kalar yuqmasligi uchun yoz va kuzda ularning terisiga har 20-25
kunda sistemali ta’sir qiladigan har xil dorilar purkaladi. qanotli bo’ka xujumidan
saqlanish uchun kunning isigan vaqtida mollarni binolarda saqlash va ularni kechasi
hamda ertalab o’tlatish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: