Mavzu:Shimoliy afrika xalqlari xo’jaligi va madanyati
R e j a:
1.Etnogenezi, tili va irki.
2.Xujaligi va moddiy madaniyati.
3.Ma'naviy madaniyati.
Shimoliy Afrikada asosan arab tilida gapiradigan xalklar yashaganligi uchun uni arab afrikasi deb ataydilar. Aslida bu yerdagi xalklar va elatlar kadimiy aborigen axolining avlodlaridir. Xozirgi davrda Shimoliy Afrika xalklariga Misr, Sudan va Katta Magrib (Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya va Mavritaniya, Garbiy Saxroi Kabir) axolisi kiradi.
Kadimgi yunon manbalarida Magrib axolisini Liviyaliklar deb tilga olinadi. Ularning bir kismi kuchmanchilik bilan shugullanuvchi ikkinchi kismi dexkonchilik bilan shugullanuvchi axolidan iborat bulgan. Er.av. 1 ming yillikda ular finikiyaliklar asos solgan Utiku, Karfogen kabi davlatlar bilan uz mustakilligi uchun urushlar olib borgan. Natijada Numidiya va Mavritaniya davlatlari yuzaga kelgan. Rim imperiyasi Karfogenni kulga kiritishi bilan (er.av. 2-asr urtalari.) bu ikki podsholik xam yemiriladi. Maxalliy axoli mavrlar va keyin arablar kelishi bilan barbarlar deb atala boshlanadi. Ular ikki guruxni tashkil kilgan-Zanota va Sanxaja. Zanota kabilalari kuchmanchi tuyakash axolidan iborat. Sanxaja kabilalari esa dexkonchilik va bogdorchilik bilan shugullangan. X1 asrdan boshlab arablarning sulaym va xilol kabilalarining Magribga ommaviy kuchishlari natijasida barbarlarni arablashtirish kuchayadi. Arab xalifaligining jiddiy solik va diniy soxadagi siyosati natijasida arab tili va islom dini keng tarkalgan. XIII asrda Shimoliy Afrikada 3 ta feodal davlat – Mariniylar, Zayyaniylar va Xafsidiylar paydo bulib, to XU1 asrgacha ya'ni turk istilosigacha mavjud bulgan. Barbar va arab kabilalarining aralashishi natijasida magrib xalklari milliy ozodlik kurashiga tortilib, xozirgi millatlar shakllana boshlangan.
Misr xalki eng kadimiy yuksak madaniyat yaratgan etnosdir. Ular er.av. 4 ming yillikdayok sun'iy sugorishga asoslangan dexkonchilikni bilganlar.Arxeologik ma'lumotlarga karaganda antropologik jixatdan Misrning eng kadimiy axolisi er. av. 3ming yillikda Nil vodiysida paydo bulgan dastlabki Misr davlati axolisidan fark kilmaydi.Xozirgi misrliklar xam buyuk madaniyat yaratgan ajdodlaridan irkiy jixatdan kam farklanadilar.Ularning etnik tuzilishida er. av. 1 ming yillik urtalarida Misrni bosib olgan eron istilochilari , keyin makedoniyalik Iskandarning istilosi uz izini koldirgan.VII asr urtalarida Misrni bosib olgan arablar tub maxalliy axoli bilan aralashib, unga uz tili va dinini singdira boshlagan.1517 yilda Misrni Turkiya bosib olib, to X1X asr oxirlarigacha xukmronlik kilgan.1882yilgi Angliya istilosi natijasida Misr mustamlaka kilinib, inglizlarning paxta plantasiyasiga aylanadi.Tinimsiz ozodlik kurashi natijasida misrliklar millat sifatida shakllanibi ikkinchi jaxon urishidan keyin mustakillikka erishgan.1952 yil iyun oyida kirol Farrux taxtdan agdarilib Misr Respublika deb e'lon kilindi.
Misrdan janubda joylashgan Sudan xalki xam milliy ozodlik kurashiga faol tortilib , 1956 yili 1 yanvarda mustakillikka erishgan va uz davlatini respublika deb e'lon kilgan. Sudanliklar (kadimgi Nubiya ) xam yukori madaniyat yaratgan elatlardan.Nubiya tugrisidagi dastlabki ma'lumotlar er. av. 3 ming yilliklarda Misr solnomalarida tilga olingan.
Shimoliy Afrika xalklarining xujaligi jaxondagi eng kadimiy dexkonchilik va chorvachilik xujaligi bulib, uning ajoyib an'analari xozirgacha yetib kelgan.Nil vodiysi va dengiz soxillaridagi serunum yerlarda asosan dexkonchilik, saxro va dashtlarda yarim kuchmanchilik asosiy xujalik tarmogi bulgan.Bu yerdagi dexkonchilik neolit davrida paydo bulgan va daryo toshkinlaridan foydalanib ekin ekishdan iboratbulgan. Nil vodiysida ilgari bir necha ming gektar maydonni uchastkalarga bulib rosh bilan chek solgan va toshkin suvidan tuldirilib bir yarim oygacha suv saklangan.Suv singib ketgandan keyin Nilning serunum loykasiga urug sochganlar.
Odatda bugdoy, arpa, loviya, beda va boshka ekinlar ekilgan va kish buyi usib yozga borib xosil bergan.Oddiy dexkon ( falloxlar ) lar uz yerlarini sodda usulda pakir bilan suv chikarib (shaduf orkali ) yoki maxsus mexanizim – sakiya orkali sugorib dexkonchilik kilganlar. Don, loviya va paxta ekinlaridan tashkari falloxlar sholi, shakarkamish, makka, suli, zigir, turli sabzavot va poliz ekinlari, beda ekkanlar.Yerni xaydashda kadimiy temir uchli omoch ishlatilgan, unga xukiz, kutos, eshak, xachir yoki tuya kushilgan. Yerga ishlov berishda motiga ( ketmon ) dan foydalanilgan, xosil urok bilan urilgan va maxsus yogochga ishchi xayvon kushib yanchishgan.Agar Misrda asosan don ,paxta,sabzavot ekilsa , Marokashda makka, Tunisda zaytun daraxti,Janubiy Magribda xurmo ekilgan , bu yerda uzum , anjir, bodom, sitrus usimliklari va sabzovot ustirilgan.
Misr dexkonchiligi an'anaviy uch faslga bulingan: kishki ( shitvi ), yozgi ( sayfi ) va Nilning toshkin davriga tugri keladigan kuzgi ( nili). Kishki ( noyabr – mart ) faslida bugdoy, arpa, piyoz, loviya, beda ekilgan, yozgi ( aprel – avgust ) da paxta, zigir, kandir, shakarkamish, sholi, makka ekishgan, kuzgi faslda ( sentabr – noyabr ) esa asosan sholi, makka va suli ekilgan.
Kishlok jamoasi kadimdan turli uy xunarmandchiligi bilan xam shugullanganlar. Ular kulda va charxda sopol buyumlar yasaganlar, buyra,chipta tukiganlar. Chorvachilik bilan shugullanuvchi axoli esa , jundan xar xil mato, gilam tukiganlar, kigiz, teri poyabzal, egar kabi zarur buyumlar yasaganlar. Shaxarlarda yirik xunarmandchilik, ayniksa , temirchilik, misgarlik, zargarlik, kunchilik, kulolchilik ancha rivojlangan. Misr falloxlari kichik kishloklarda Nil vodiysining sugoriladigan joylarida yashaganlar. Ular xom gishtdan yoki guvaladan bir kavatli tekis tomli uy kurganlar. Dexkon uylari bir xujrali oynasiz va tuynuksiz , yarmisini supali pechka egallagan bulib , shunga tushalgan buyrada yotib turganlar.
Falloxlar ogir turmush sharoitida tirikchilik utkazadilar. Ularning taomlari asosan makka, suli yoki tarikdan yopilgan chuchuk non va atala, piyoz, kalampir yoki bodring, ba'zan kurt iste'mol kiladilar, dengiz soxili va Nil vodiysidagilar balikkovurib yeganlar, gusht juda kam ishlatilgan. Sabzavot xam iste'mol kilingan. Ovkatlanish uch maxal, issik ovkat odatda kechki payt yeyiladi. Ichimliklardan kandsiz kora kofe, achchik choy, arpadan tayyorlangan pivo. Magribda sabzavot va meva kuprok iste'mol kiligan. Afrika arablarining eng sevimli taomi bugdoy yoki arpa unidan yumalok kilib turli ziravorlar solingan bugda pishirilgan kuskus. Uni tayyorlash uchun katta san'at talab kilingan. Kuchmanchi kabilalarning taomi xurmo, chorva maxsulotlaridan – katik, suzma, pishlok va kisman gushtdan iborat.
Falloxlarning an'anaviy kiyimlari ok yoki kuk chitdan tikilgan uzun va keng yengli kuylak va kaltarok ishton, sovuk paytlarda tuya junidan tukilgan matodan tikilgan chakmon, boshida duppi yoki salla. Ayollar xam keng yengli yukorisi bugma, tik yokali uzun kuylak kiyadilar, boshida shol yoki rumol yopinadilar, turli rangdagi munchoklar, misdan, kumush yoki oltindan ishlangan uzuk, sirga, bilaguzuk takadilar. Magribliklar, ayniksa soxillarda yashovchi shaxar axolisi asosan yevropa kiyimiga utganlar. Ammo milliy kiyimlar xam saklangan. Boy tabakalar (ruxoniylar va olimlar, pomeshchik va savdogarlar) kimmatbaxo matolardan tikilgan burnus (yaktak) ka uxshash kiyim kiyadilar, kambagallar esa buz yoki chitdan tikilgan keng kuylak-ishton va ba'zan burnus kiyganlar. Marokashda boshiga salla uralsa, Tunisda kuprok xoji duppi kiyiladi. Ayollari keng va uzun kuylak ustiga kamzul yoki shol, yuziga ok yoki kulrang chachvon yopinadilar. Kishloklarda shaxarga nisbatan yuzini kamrok bekitadilar. Tuareg kabilalarida aksincha erkaklar yuzini bekitib, ayollar esa ochik yuradilar.
Magribning ichkari rayonlarida yarim patriarxal, yarim feodal munosabatlari, jamoachilik tuzumi koldiklari xozirgacha saklanib kelmokda. Jamoa boshliklari feodallarga aylangan, kishlok jamoasi uz-uzini boshkarib turadi. Saxroi Kabirdagi tuareglarja jamoani jamoa kengashi boshkarib, unda ayollar xam ishtirok etganlar. Sudan kuchmanchi kabilalarida xam islom dini tarkalgan bulsa-da, matriarxat munosabatlari saklangan. Ularda nikoxdan keyin kelin ikki-uch bola tugilguncha ona urugida yashaydi, meros xam ona tomoniga utadi. Bakkara kabilasida kizlar va erli ayollar xam shaxsiy erkinlikka ega. Nilot kabilalari xam ibtidoiy kabila va urug munosabatlari ancha mustaxkam saklangan.
Shimoliy Afrika axolisining 94-95 foizi musulmonlar, 4 foizi xristianlar, kolganlari ibtidoiy va boshka dinlarga itoat kiladilar. Magrib va Sudan kuchmanchi kabilalarida turli sexrgarlik urf-odatlari va irimlari keng tarkalgan.
Dostları ilə paylaş: |