1-mavzu: “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” faniga kirish. Axborot kommunikatsion texnologiyaiarining komponentaiari.
Reja:
Kirish.
Fanningmaqsadvavazifalari.
Akt sohasidagi qonunchilik xujjatlari.
AKTrivojlanishtendensiyalari.
Tayanchso’zvaiboralar: Axborot texnologiyalari, kom’uter, texnik vositalar
Axborot texnologiyalari inson faoliyatining turli jabxalarida axborotlarni izlash va undan foydalanish masalalari bilan shugullanuvchi fandir.
Axborot texnologiyalarining inson faoliyati mustaqil soxasi sifatida ajralib chiqishi birinchi navbatda kom’yuter texnikasi rivojlanishi bilan bogliq. Bunda asosiy xizmat mikro’rotsessor texnikasiga to’g’ri keladi. Axborot texnologiyalari kom’uter texnikasi rivojlanishi tufayli yuzaga keldi, unga asoslanadi va usiz mavjud bo’la olmaydi.
Axborot texnologiyalari keng ma`noda insoniyat faoliyatining barcha soxalarida asosan kom’yuterlar va telekomunikatsiya aloka vositalari yordamida axborotni qayta ishlashi bilan bogliq fan , texnika va ishlab chiqarishning xilma-xil tarmoqlari birligini o’zida namoyon etadi.
Axborot texnologiyalarini tor ma`noda o’zaro aloqador uch qism – texnik vositalar (hardware), dasturiy vositalar (software) va algoritmli vositalar (brainware) sifatida tasavvur etish mumkin. O’z navbatida ham umuman, ham qismlari bo’yicha turli jixatlardan: xalq xo’jaligi tarmogi, fundamental fan, amaliy fan soxasi sifatida ko’rib chiqish mumkin.
Axborot texnologiyalari xalq xo’jaligi tarmog’i sifatida kom’ uter texnikasi, dasturiy maxsulotlarni ishlab chiqarish va axborotni qayta ishlash zamonaviy texnologiyasini ishlab chiqish bilan shug’ullanadigan xujalik yuritishning turli shakllaridagi korxonalarning bir turda jamlanishidan iborat bo’ladi.
Fundamental fan sifatida “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari”, kom’yuter axborot tizimlari negizida istalgan ob`ektlar bilan boshqaruv jarayonlarini axborot jixatidan ta`minlashni bar’o etish metodologiyasini ishlab chiqish bilan, amaliy fan soxasi sifatida esa quyidagilar bilan shugullanadi:
axborot jarayonlaridagi qonuniyatlarni urganish (axborotlarni yig’ish, qayta ishlash, uzatish);
texnik soxalarda axborot tizimi va texnologiyalarini ishlab chiqish va ularning xayotiy bosqichini, ularni ishlab chiqish, ishlashni va xokazolarni loyixalash, ishlab chiqish boskqchlari uchun tavsiyalar tayyorlash.
Kom’yuter texnikasi va informatsion texnologiyaning keng rivojlanishi jamiyatning rivojlanishiga turtki bolib, u turli informatsiyalarni q’o’llash asosida informatsion jamiyat nomini oldi. Informatsion jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki barcha xayot tarzi uzgaradi. Informatsion jamiyat aqliy mehnatni oshiradi. Turli tizimlar, kom’yuter texnikasi, kom’yuter tarmoqlari, informatsion texnologiya, telekomunikatsiya alokaqi, informatsion jamiyatning moddiy va texnologik bazasi bo’lib hisoblanadi.
“Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanining asosiy tushunchasi axborotdir. Axborot atrof-muxit ob`ektlari va xodisalari, ularning ulchamlari, xosiyatlari va xolatlari tugrisidagi ma`lumotlardir.
Keng ma`noda axborot insonlar o’rtasida ma`lumotlar ayriboshlash, odamlar va qurilmalar o’rtasida signallar ayriboshlashni o’ziga mujassamlashtirgan umummilliy tushunchadir.
“Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fani axborotga bizning atrof-muxit xodisalari yoki ob`ektlari tugrisidagi tasavvurlarimizni uzgartiruvchi, uzaro kontse’tual boglik ma`lumotlar, kursatkichlar, negizlar va tushunchalar sifatida karaydi.
Axborot texnologiyalarida axborot bilan bir qatorda ma`lumotlar tushunchasi ham keng q’o’llaniladi. Ma`lumotlarga u yoki bu sabablarga ko’ra foydalanilmaydigan, balki faqat saqlanadigan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma`lumotlardan biror narsa to’g’risidagi mavhumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug’ilsa, ma`lumotlar axborotga aylanadi. Shuning uchun axborotni foydalanadigan ma`lumotlar, deb atasa xam buladi. Masalan, kog’ozga telefon raqamlarini ma`lum tartibda yozib, uni boshqa kimsaga ko’rsatsangiz, u buni biror axborot bermaydigan ma`lumot sifatida qabul qiladi. Biroq, ana shu har bir telefon raqami to’g’risiga muayyan korxona yoki tashkilot nomi, uning faoliyat turi yozib ko’yilsa, avvalgi ma`lumot axborotga aylanadi.
“Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanining maqsadi sohalardagi masalalarni yechishda, mashinasozlikni loyihalashtirishda, mahsulot dizaynini ishlab chiqishda, sanoat mahsulotlarini tizimli taxlilida, tizim va kommunikatsiyani loyihalashda, muxandislik taxlilida, elektronika sohasida, geologiya muxandislik ishlarida, mexanika muxandislik sohasida loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirishda, texnik tizimlarda ma’lumotlar almashish jarayonida zamonaviy dasturiy vositalardan va texnologiyalardan hamda Internet texnologiyalaridan mukammal foydalanish kabilarni o’rgatishdan iborat.
“Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanining asosiy vazifalari hozirgi shiddat bilan rivojlanib borayotgan texnik tizimlar va ularni boshqarishda axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari, kom’yuter tizimlarining texnik, dasturiy, lingvistik ta'minoti va ularni ishlash texnologiyalarini o’rganishdan iborat.
Shu bilan birgalikda O'zbekistonda AKT sohasini rivojlantirishdagi asosiy yo‘nalishlari, amaldagi qonunlar, O'zbekiston res’ublikasi ‘rezidenti farmonlari va vazirlar maxkamasining qarorlari, res’ublikada kom’yuterlashtirish va AKTni rivojlantirish dasturlari, vazifalari, boshqaruvdagi roli, AKT sohasini texnik yo'nalishlarida tadbiq etish tamoyillari, kom’yuter tizimlari texnik vositalarini yaratishning asosiy yo'nalishlari va rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari, tizimli va amaliy dasturiy ta'minotning rivojlanish tendensiyalari, texnik tizimlarda boshqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni qo'llash imkoniyatlari ham o‘rganiladi.