Telekomunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi “fakulteti “telekomunikatsiya injiniringi”kafedrasi



Yüklə 45,92 Kb.
səhifə1/3
tarix20.11.2023
ölçüsü45,92 Kb.
#163095
  1   2   3
Mustaqil ish 3


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
TELEKOMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KASB TA’LIMI “FAKULTETI
TELEKOMUNIKATSIYA INJINIRINGI”KAFEDRASI
OPTIK ALOQA TIZIMLARI” FANIDAN

MUSTAQIL ISH – 3

MAVZU:Abonent optik tarmoqlari .Passiv optik aloqa tarmoq texnologiyalari va ularning xususiyatlari

Bajardi: Mavlonov M.O.
Qabul qildi:Nurmurodov J.X

Samarqand_2023
Reja: 
1. Keng polosali optik kirish tarmoqlari, abonent kirish optik tarmoqlarining tuzilish prinsipi va arxitekturasi. 
2. Passiv optik tarmoq texnologiyalari. Passiv optik texnologiyalarining xususiyatlari. A-PON texnologiyasi , G-PON texnologiyasi. xDSL texnologiyasidan foydalangan holda aloqani tashkil qilishning strukturali sxemasi. 
3. ADSL va XDSL texnologiyalari


KIRISH
Telekommunikatsiya tarmoqlarini ikki darajali tarmoq sifatida ta’riflash mumkin: transport va kommutatsiyalanuvchi tarmoqlar. Ham transport , ham kommutatsiyalanuvchi tarmoqlarni iyerarxik sathlar bo‘yicha ajratish mumkin. Elektr aloqa tarmoqlarida iyerarxiyaning to‘rtta sathi ajratiladi (rasmda keltirilgan). Modelning birinchi elementi – foydalanuvchi binosidagi tarmoq (Customer Premises Equipment – CPE). Ikkinchi element – abonent kirish tarmog‘i (Access Network), u tranzit (transport) tarmoqqa chiqishni ta’minlaydi. Bu tarmoq ikkita sathga ajraladi – mahalliy (Local) va shaharlararo (Long-distanse). Zamonaviy davr jamiyatni axborotlashtirish jarayonini keskin rivojlanishga olib kelmoqda. Bu jarayon axborot-kommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanuvchilarni telekommunikatsiyalar tarmoqlariga yuqori tezlik bilan (keng polosali) ulanishga undaydi. Bunday talab Internetdan foydalanuvchilarning keskin o‘sib borishi va multimediya, videokonferensiya, elektr raqamli imzodan foydalanish, elektron tijorat, elektron xujjat aylanish va boshqa bir qancha zamonaviy xizmatlarni hayotga kirib kelishidan chiqib kelyapti.Ma’lumki, axborot oqimini uzatish hajmi, tezligi va sifatini oshirish, axborot qabul qilish uchun yuqori darajadagi o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan yo‘naltiruvchi muhit bo‘lishi kerak. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan talablarga mos keluvchi optik aloqa vositalari bilan raqobatlashuvchi vositalar hozirgi kunda mavjud emas. Bundan tashqari, optik aloqa vositalari orqali katta hajmdagi axborotlarni xohlagan masofalarga uzatish mumkin. Shuning uchun optik aloqa jamiyatni axborotlashtirish kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantiruvchi mukammal va istiqbolli aloqa vositasi hisoblanadi.Optoelektronika asosidagi optik aloqa, ya’ni to‘liq optik tarmoqlar AON (All-optical Networks) telekommunikatsiya tarmoqlarining kelajagi hisoblanadi. To‘liq optik aloqa magistral tarmoqlarni, shuningdek abonentlarning tarmoqqa ulanishini ham qamrab, mijozlarning telekommunikatsiya tarmoqlariga keng polosali ulanishlarini ta’minlaydi. to‘liq optik aloqada kommutatsiya, multipleksorlash va regeneratsiyalash optoelektron yoki elektrooptik emas, balki faqat optik texnologiya asosida amalga oshiriladi. Bunda qurilmaning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari,samadorligi va uzatish tezligi sifati bir necha marotaba ortadi. Foton texnologiyasini aloqa tizimlariga tat’biq etishda optik kommutatorlar, optik regeneratorlar, kuchaytirgichlar, filtrlar, spektr bo‘yicha zichlashtirish tizimlari qo‘llaniladi.

Yüklə 45,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin