11,12 -ma’ruza
Shahar tarmoqlari
Reja:
Kirish
Shahar tarmoqlari (MAN) va ularning qurilish usullari
MAN тармоғида қўлланиладиган асосий қурилмалар.
Kirish
Shahar tarmoqlari (Metropolitan area networ, MAN) – 5km va 50km oralig’idagi hududga ega bo’lgan shahar tarmoqlariga ulangan foydalanuvchilarni kompyuter resurslaridan foydalanishni ta’minlaydi. Shahar tarmoqlari bir nechta kichik LAN yoki katta LAN tarmog’idan kattaroq bo’lgan hududni yoki WAN tarmog’idan kichikroq bo’lgan hududni o’z ichiga oladi. Bu atama shahardagi tarmoqlarni bitta kattaroq tarmoqqa o'zaro bog'lash jarayonlarini tasvirlash uchun qo'llaniladi (bundan keyin ham keng tarmoqqa samarali ulanish mumkin). Shuningdek, u bir nechta mahalliy tarmoqlarni magistral aloqa linyalari bilan ko'prik qilish orqali o'zaro bog'liqligini anglatishda ahm ishlatiladi.
MAN tarmoqlari odatda bitta tashkilotga tegishli tarmoq sifatida qaralmaydi, ammo bunday tarmoqlarni bitta Internet xizmat provayderlariga tegishli bo’lishi mumkin. MAN tarmog’ida ta’kidlanganidek katta hududlarda yuqori tezliklarda ma’lumot uzatish uzatish oraliqlarini qamrab oladi va shahar o'lchamidagi maydonni yoki bir nechta kichik o’lchamdagi binolarni (LAN tarmoqlaridan tashkil topgan) qamrab olishi mumkin. Shuningdek, MAN ko'pincha mintaqaviy resurslardan foydalanish maqsadlarida ishlatiladi va boshqa tarmoqlarga umumiy ulanishni ta'minlaydigan yuqori tezlikda ishlaydigan tarmoqdir, ya’ni shaharlararo tarmoqlarni ulashda ishlatiladi. Quyidagi 1-rasmda MAN tarmoqlariga misol keltirilgan.
1-rasm. MAN tarmog’i
Shaharning geografik o’rni va aholining soniga mos ravishda MAN tarmoqlari turli texnologiyalar bazashida qurilishi mumkin.
Shahar tarmoqlari (MAN) va ularning qurilish usullari
Oxirgi foydalanuvchilarning terminallari, provayderlarnng taqdim etadigan xizmat turlari, kundalik ish faoliyatidagi ehtiyojlar sabab bo’lsa kerak, MAN tarmoqlari ham simsiz ham simli texnologiyalar asosida samarali qurilmoqda va xizmatlarni taqdim etib kelmoqda.
Idoralar, maktablar, campuslar va xonadonlar LAN tarmoqlari asosida qurilsa, shaharlar, shtatlar, viloyat yoki mamlakat MAN tarmoqlari asosida quriladi. Bunday katta hududlar ikki xil texnologiya asosida quriladi: simli va simsiz. Shahar ichi tarmoqlarida telekommunikatsiya xizmat provayderlari, masalan Interner provayderlari, foydalanuvchilarga, tashkilotlar, institutlarga ikki muhit orqali xizmatlarni taqdim etadi. Shaharlararo aloqa esa asosan optik kabellar orqali ta’minlanadi.
Dostları ilə paylaş: |