Shlyuz qurilmalari. Shlyuz qurilmasidan turli standartlarga asoslangan tarmoqlar bilan o’zaro bog’lanishni amalga oshirish uchun foydalaniladi. Masalan telefon tarmog’i orqali kompyuter tarmog’i foydalanuvchilari bilan bog’lanishni amalga oshirish. Bunda uy telefonidan Skype foydalanuvchisiga qo’ng’iroqni amalga oshirish yoki 3G foydalanuvchisi bilan bog’lanishni amalga oshirishga holatiga o’xshash jarayondir. Bunday jarayonlarni amalga oshirgani uchun shlyuz qurilmasi tarmoq tarjimoni termini bilan ham ataladi. Sababi 2 yoki undan ortiq bo’lgan formarni bir biriga moslashtirib beradi. Misol tariqasida 7ta raqamdan tashkil topgan uy telefon nomeri IP adresga moslashtiradi yoki teskarisi, agar Skype foydalanuvchisiga qo’ng’iroq qilishni amalga oshiradigan bo’lsa.
8-rasm. Shlyuz (gateway) qurilmasi
Nazorat savollar
Shahar tarmoqlari deganda nimani tushunasiz?
Qanday texnologiyalar asosida shahar tarmoqlari quriladi?
Shahar tarmoqlari uchun simli va simsiz texnologiyalarning imkoniyatini solishtirish?
Nima uchun shahar tarmoqlari har xil texnologiya asosida quriladi?
WiMax qanday texnologiya?
Shlyuz qanday vazifalarni bajaradi?
Nima uchun tarmoq shahar tarmoqlarining texnologiyalari har xil.
Shahar tarmoqlari qanday hududlarni o’z ichiga oladi?