5-sinf texnologiya darsligi asosida 29-mavzu: Tuxum. Tuxumdan tayyorlanadigan taomlar Tuxumdan qanday taomlar tayyorlanadi?



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə1/3
tarix11.06.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#128558
  1   2   3
Tuxumdan tayyorlanadigan taomlar


5-sinf texnologiya darsligi asosida 29-mavzu:
Tuxum. Tuxumdan tayyorlanadigan taomlar
Tuxumdan qanday taomlar tayyorlanadi?
Tuxum oziq-ovqat mahsuloti bo‘lib, unda oqsil, yog‘, temir, fosfor hamda vitaminning A, D, B turlari mujassam.
Taom tayyorlashda tovuq, g‘oz, kurka, o‘rdak tuxumlaridan foydalaniladi. Tuxum asosan 3 ta qismdan: sarig‘i, oqsili hamda po‘stlog‘idan iborat.
1. Tuxumning eng qimmatli qismi uning sarig‘idir. Tuxumning sarig‘i vitaminlar, mineral moddalar, yog‘, oqsil hamda uglevodlarga boy.
Ushbu qimmatli moddalar organizmning o‘sishida, ayniqsa, miya faoliyatining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
2. Tuxumdagi oqsil boshqa oziq-ovqat mahsulotlarida uchraydigan oqsillardan ko‘ra ancha foydalidir. U organizmga botmaydi. Yengil hazm bo‘ladi va to‘q tutadi. Organizm va muskullarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
3. Po‘stloq – tuxumdagi foydali moddalarning tarkibini saqlaydi. Uning rangi tuxumning ozuqaviy qiymatiga zarar qilmaydi.
4. Po‘stloq osti qobig‘i – po‘stloqdan keyin po‘stloq osti qobig‘i va oqsilli o‘ram mavjud. Po‘stloq osti qobiq bilan oqsilli o‘ram oralig‘ida bo‘shliq bor. Pazandachilikda ko‘proq tovuq tuxumi qo‘llaniladi.
Tuxum taom sifatida qaynatib va qovurib iste’mol qilinadi. Bundan tashqari, konditer mahsulotlari pishirishda, taom, salat, omletlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Tuxumni saqlash muddati parhez usulida 5 kungacha, umumiy saqlanishi 30 kunni tashkil etadi. Pazandachilikda, asosan, yangi tuxumdan taom tayyorlanadi. Tuxumning yangiligini bir necha usullarda aniqlash mumkin.
1-usul: 1 stakan suvga bir osh qoshiqda tuz solib, ichiga tuxumni solamiz. Yangi tuxum stakanning tubiga tushadi. Kerakli muddatgacha saqlangan tuxum suvda suzib yuradi. Saqlash muddatidan o‘tib ketgan tuxum suv ustiga chiqib qoladi.
2-usul: tuxum chaqilganda oqsil tiniq bo‘lib, sarig‘i yaltiramaydi. Muddati o‘tgan tuxum chaqilganda tiniqligi yo‘qolib, ko‘kimtir, noxush hidli bo‘ladi.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin