5-sinf texnologiya darsligi asosida 29-mavzu: Tuxum. Tuxumdan tayyorlanadigan taomlar Tuxumdan qanday taomlar tayyorlanadi?


Tovuq tuxumini chaqib sifatini aniqlash



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə2/3
tarix11.06.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#128558
1   2   3
Tuxumdan tayyorlanadigan taomlar

Tovuq tuxumini chaqib sifatini aniqlash
Tuxumdan taom tayyorlashdan oldin yaxshilab yuvish, yaxshisi, 1 litr suvga ozuqa sodasidan 2 oshqoshiq qo‘shib yuvish tavsiya qilinadi.
Diqqat qiling! Tuxumni saqlash qoidalari:
  • Tuxumni boshqa oziq-ovqatlardan alohida (muzlatkichning maxsus idishida) saqlash talab etiladi.
  • Xom tuxumni ushlagandan keyin qo‘lni yuvish lozim.
  • Tuxumni muzlatkichga nam sochiq bilan artib joylashtiring.
  • Qobig‘i yorilgan tuxumni ovqatga ishlatmang.

Tuxumni qaynatish usullari:
Tuxum qaynoq suvga solinib, 3–5 daqiqa ushlanadi. Iliq holda iste’mol qilinadi.
Tuxumni yumshoq pishirish uchun 2 daqiqa qaynatish kerak. Natijada oqsil chala pishib, sarig‘i o‘sha holicha qoladi
“Xaltacha” usulida pishirishda qaynayotgan suvda 4–5 daqiqa qaynatish kerak – oqsili pishadi, sarig‘i pishmaydi.
Qattiq qaynatib pishirish uchun tuxumni qaynoq suvda 7–10 daqiqa ushlash kerak – oqsili ham, sarig‘i ham pishadi. Qaynatilayotganda tuxum yorilib ketmasligi uchun suvga 1 choyqoshiqda tuz solib qo‘yish kerak (suv tuxumni 1 santimetrcha ko‘mib turishi lozim). Pishgan tuxum qobig‘ini oson archish uchun pishganidan keyin uni darrov sovuq suvda 30 daqiqa tutib turish kerak.
Tuxum quyidagicha pishiriladi:
1) unchalik katta bo‘lmagan idishni tanlab oling;
2) unga suv quying;
3) yuvilgan tuxumni suvga soling;
4) plitani ishlating;
5) suvni qaynating;
6) qaynatishni pastlatib, vaqtni belgilab oling;
7) tayyor bo‘lguncha pishiring.
Pishirib bo‘lgach, tuxumni sovuq suvga soling.
Tuxumni qovurish. Tuxumdan qovurilgan taom tayyorlash mumkin, masalan, qovurilgan tuxum (oqini sarig‘iga aralashtirmasdan) yoki omlet.
Omlet uchun 2 dona tuxum, 30 g sut, 5 g yog‘ kerak bo‘ladi. Qovurishdan oldin yuvilgan tuxum alohida idishga chaqiladi. Unga sut, tuz qo‘shib, yaxshilab iylanadi.
Yaxshi qizitilgan tovadagi paxta yog‘i yoki o‘simlik yog‘ida omlet qovuriladi. Pishgan omletning chetlarini o‘rtasiga qayirib, cho‘zinchoq shaklda o‘raladi.
Qovurilgan omletni garnir bilan tayyorlash mumkin. Buning uchun to‘g‘ralgan mahsulot (kolbasa, vetchina, pomidor, piyoz v. b.) tovada oldindan qovurib olinadi.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin