Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-174-180
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 174 www.ares.uz
SOYA O’SIMLIGINING MORFO BIOLOGIK XUSUSIYATLARI,YER
SHARI BO’YLAB TARQALISHI VA JAHON BOZORIDAGI IQTSODIY
AHAMIYATI
Sitora Muxtorovna Abdupattayeva
Chirchiq davlat pedagogika instituti biologiya yo’nalishi II bosqich talabasi
Baxtiyar Xushbakovich Amanov
Chirchiq davlat pedagogika instituti Genetika va evolutsion biologiya kafedrasi
mudiri
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada dukkakdoshlar oilasiga mansub soya (Glycine maxim)
o’smligining xorijiy va mahaliy navlari kelib chiqishi, geobotanik tarqalishi butun
jahon oziq-ovqat sanoatida tutgan o’rni, biologik tasnifi, o’sishi va rivojlanishi,
yetishtirilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar: dukkakdoshlar oilasi, oziq-ovqat, sanoat, geobotanikа.
KIRISH
Hozirgi kunda bir qator donli ekinlar shular jumlasidan yasmiq, loviya, no’xot,
marjumak, bug’doy, arpa, suli, makkajo’xori kabi ozuqaviy jihatidan yuqori
o’rinlarda sanaladigan o’simliklar qatoriga bugungi kunda soya (Glycine hispida
maxim) kabi muhim o’simlik ham qo’shilganligi hech kimga sir emas [1, 2]. Dunyo
miqyosida yuqorida ta’kidlab o’tilgan o’simliklardan sira qolishmaydigan tarkibida
makro va mikro elmentlarga boy bo’lgan soya o’simligining bugungi kundagi yalpi
mahsuloti jahon miqyosida 276500 mln tonnani tashkil qiladi. Jahon bozorida ushbu
yalpi mahsulotning ekin maydoni yer shari bo’ylab 111300 ming gektar maydonni
tashkil etadi. Hosildorligiga to’xtaladigan bo’lsak 24,8 s/ga to’gri keladi [3, 4, 5].
Dostları ilə paylaş: |