Oziq-ovqat mahsulotlarini standartlashtirish bo’yicha fikr va mulohazalar Oziq-ovqat mahsulotlarining ifloslanishi



Yüklə 38,58 Kb.
səhifə1/10
tarix16.11.2022
ölçüsü38,58 Kb.
#69419
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Документ Microsoft Word (2)


Oziq-ovqat mahsulotlari havfsizligiga atrof muhit ta’siri
Reja:
Kirish
Asosiy qism:

  1. Oziq-ovqat mahsulotlarini standartlashtirish

  2. Standartlashtirish bo’yicha fikr va mulohazalar

  3. Oziq-ovqat mahsulotlarining ifloslanishi

  4. Oziq-ovqat zanjiri va aholi salomatligiga ta’siri

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Oziq-ovqat havfsizligi insonlarning istalgan vaqtda faol va sog'lom turmush tarzi uchun zarur bo'lgan elementlarga boy va havfsiz (sifati, soni va xilma-xilligi bo'yicha) ovqatlanish imkoniyatiga ega bo'lish demakdir. Shu boisdan qayd etish lozim, ayni globallashuv jarayonida mamlakatlarda aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan sifatli va sotib olish qobiliyati doirasida ta'minlash muhim masalaga aylandi. Oziq-ovqat inson hayotidagi eng muhim oziqalardan biri hisoblanadi.
Iste'molchilar har doim sifatli va havfsiz mahsulotlar olishni istaydilar. Havfsiz oziq-ovqat deganda, biz odatda yuqori sifatli, ekologik toza, geni modifikatsiyalangan organizm (GMO) siz (genetik modifikatsiyalashgan organizmsiz), pestitsidlar singari oziq-ovqatga aloqador zararli elementlar bo'lmagan mahsulotlarni nazarda tutamiz. Oziq-ovqat havfsizligi insoniyatning asosiy muammolaridan biri bo'lib, millatlarning salomatligini, rivojlanishi va farovonligini belgilaydi. Aholi iste'mol qiladigan oziq-ovqat sifati fuqarolar hayot kechirishining darajasi va sifatining muhim tarkibiy qismi bo'lib, atrof-muhitni muhofaza qilishga, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va demografik holatiga ham jiddiy ta'sir ko'rsatadi.


Oziq-ovqat mahsulotlarini standartlashtirish
Oziq-ovqat havfsizligi butun dunyo mamlakatlari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biridir. BMT mutahasislari ham bugun oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ularni taqsimlash bo'yicha yondashuvni mutlaqo o'zgartirish vaqti kelganini ta'kidlayapti. Zero, ideal holatda qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaliklari barchani oziq-ovqat bilan to'liq ta'minlash va odamlar uchun risoladagidek daromad manbaini yaratib berishga qodir. Boz ustiga, bunday holatda inson manfaatlari yo'lida ham qishloq xo'jaligi rivojlanadi, ham atrof muhitni muhofaza qilish bo'yicha chora-tadbirlar ijrosi ta'minlanadi. Nega bashariyat farovonligi va kelajagiga xizmat qiluvchi mana shunday nufuzli tashkilot bu boradagi nuqtayi nazarlarni yangilash g'oyasini ilgari surmoqda, Sababi, bugungi kunda tabiatga befarq munosabat, unga antropogen ta'sirning kuchayib borishi, isrofgarchilik, ilg'or va rivojlanayotgan davlatlar o'rtasidagi oziq-ovqat balansi bo'yicha farqning o'sayotgani, iqlim o'zgarishlari qator salbiy omillarni keltirib chiqaryapti. Nozine'matlarimiz, chuchuk suv, o'rmonlar, biologik xilma-xillik keskin sur'atlarda kamayib bormoqda, yer unumdorligi pasayib, tuproq degradatsiyaga uchrayotir. Oqibatda, BMT ma'lumotlariga ko'ra, yer yuzi aholisi soni geometrik progressiya bo'yicha ortib bormoqda afsuski ularni ehtiyoji arifmetik progressiya bo'yicha qondirilmoqda, hozirda jahon aholisining 815 million nafari och qolayotgan bo'lsa, 2050-yilga borib bu soni 2 mlrd. kishiga yetadi. Ularning 12,9 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarda
yashaydi. Besh yoshgacha bo'lgan bolalar o'rtasidagi o'limning 45 foizi aynan to'yib ovqat yemaslik natijasida kelib chiqayotir. Hozirgi kunda har yili 3,1 nafar bola aynan shu sabab hayotdan ko'z yummoqda.
Oziq-ovqat havfsizligi mamlakat aholisining sog'ligini saqlashga imkon beradigan demografik holatning ijobiy rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Havfsiz oziqlanish hayot davomiyligini uzaytiradi, bolalarning barkamol o'sishi va rivojlanishiga yordam beradi, ko'pgina kasalliklarning oldini oladi, shu orqali millat salomatligini ta'minlaydi. Butun dunyoda sun'iy mahsulotlarni ishlab chiqarish kundan-kunga ko'payib borayotgan, bugungi kunda oziq-ovqat havfsizligi ustidan nazoratni susaytirishga aslo yo'l qo'yib bo'lmaydi. Mamlakatning oziq-ovqat havfsizligi-jismoniy talablar darajasida aholi salomatligi holatiga havf solmasdan aholini muhim iste'mol mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlash imkoniyati kafolatlangan ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy holatdir. Boshqacha qilib aytganda, hozirgi yashayotgan va kelajakda tug'iladigan avlod uchun havf tug'dirmaydigan oziq-ovqat havfsiz hisoblanadi, Shu bois, bugungi kunda mahsulot sifatini nazorat qilishning obyektivligi o'z navbatida butun insoniyat salomatligi uchun havfsizligini kafolatlagani bois, mazkur soha bilan bog'liq muammolarga yuzaki qarab bo'lmaydi. Bizning tadqiqot mavzuimizni chuqur ochib berish, sohadagi muammolarni ochib berish, zarur takliflar bildirish, O'zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarini tahlil qilishni taqozo etadi.
"Aholining Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunining 17-moddasida fuqarolar davlat boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, shuningdek davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlardan sanitariya-epidemiologik vaziyat va insonning yashash muhiti holati, yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan mahsulotning, shuningdek bajarilayotgan ishlar va ko'rsatilayotgan xizmatlarning xavfsizligi hamda sifati to'g'risida axborot olish huquqida ega ekanligi belgilangan.
Bundan kelib chiqadiki, har bir fuqaro o'zi iste'mol qiladigan mahsulotning havfsizlik talablariga qanchalik javob berishi haqida yetarli ma'lumotga ega bo'lishga huquqlidir. Shuningdek qonunchiligimizda, "Oziq-ovqat mahsulotining havfsizligi" tushunchasiga ta'rif berilgan: "Oziq-ovqat mahsulotining havfsizligi — Oziq-ovqat mahsulotining sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalariga mosligi", ko'rinib turganidek, ta'rifda havfsizlik uchun talab aynan ko'rsatilmasdan boshqa normativ-hujjatlarga havola qilingan. Mahsulotning sifati va xavfsizligini ta'minlaydigan talablar majburiy bo'lib, u qonun yoki boshqa normativ hujjat belgilangan tartibda o'rnatiladi. Iste'molchilarning havfsizligini ta'minlash bo'yicha majburiy talablar O'zbekiston
Respublikasi hukumati tomonidan tasdiqlangan va nazorat qilinadigan standartlar, sanitariya me'yorlari va qoidalarda belgilanadi.
O'zbekiston Respublikasida qo'llaniladigan standartlashtirish sohasidagi hujjatlarni quyidagi turlarga bo'lishimiz mumkin:
-Milliy standartlar
-Standartlashtirish sohasidagi O'zbekiston Respublikasining milliy organi tomonidan qabul qilingan hujjatlar;
-Standartlashtirish qoidalari, standartlashtirish sohasidagi normalar va tavsiyalar;
-Texnik, iqtisodiy va ijtimoiy soha axborotlarining barcha rus umumrespublika tasniflagichlari;
-Korxona, tashkilot va muassasalarning standartlari.


Yüklə 38,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin