Mavzu: Qon ketayotgan bemorlarda hamshiralik ishi. Infuziya va tranfuziya.
Reja: Qon ketish tushunchasi tasnifi.
Qon ketishida uchraydigan asoratlar.
Qon ketishni to’xtatish.
Infuziya va transfuziya haqida tushuncha.
Qon ketish tushunchasi tasnifi. Qon ketishi deb, qon tomirlari devorlarining shikastlanishi, biror kasallik oqibatida yemirilishi yoki o'tkazuvchanligining oshib ketishi sababli ulardan qon oqishiga aytiladi.Qon ketishi kelib chiqishiga qarab ikki turga bo'linadi. Ulardan biri shikastlanish (travmatik) turi bo'lib, u tashqi kuchning ta'sirida tomir devorlarining butunligi buzilganda (jarrohdik usuli qo'llanilganda ham) vujudga keladi.Qon ketishining ikkinchi turi shikastlanishga emas, balki uning sabablari tomir devorlarining zararlanishiga (patologik o'zgarish) bog'liq bo'ladi. Busabablarga tomir devorlari o'tkazuvchanliginingoshishi, xavfli o'smalarning tomir devorlari yaqinida paydo bo'lishi, yallig'lanish, nurlanishni kiritish mumkin. Bunga qon bosimining tez ko'tarilib ketishi va qon kimyoviy tarkibining (qon ivishining pasayib ketishi) o'zgarishi ham sabab bo'lishi mumkin. Qon oqishining sababi birgina bo'Imasdan, boshqa bir qancha vaziyatlarda ham yuzaga chiqishi mumkin. Masalan, sepsis va xolemiya holatlarida qon ketishi murakkab jarayon bo'lib, u butun tanadagi o'zgarishlarni o'z ichiga oladi. Tomir devorlarining kasallik oqibatida yupqa tortishi uchun yengilgina ta'sir ham qon ketishi uchun kifoya qiladi. Zaxm kasalligida tomir devorining kengayishi (anevrizmaga), turli tezkor qon bosimining ko ' tar ilib ketishi anevrizmaning yorilib ketishiga sabab bo'ladi.Qon ketishi faqatgina jarrohlikda uchramasdan, balki doyachilikda, ya'ni bachadondan turli sabablar ta'sirida qon oqishi, terapevt va nevropatolog amaliyotida, keksalarda va qon bosimi oshgan bemorlarda birdaniga miyaga qon quyilib, falaj bo'lib qolish hollari, okulistlar amaliyotida ko'z to'qimasiga qon quyilishi kabi holatlar bu masalaning tibbiyotda katta ahamiyati borligini ko'rsatadi.Mexanizmiga qarab qon ketishi quyidagi turlarga bo'linadi: yorilish ta'sirida qon ketishi, tomir devori yemirilganda qon ketis hi, eroziya natijasida qon ketishi. Qonning qon tomirlaridan tashqariga chiqishiga, uning oz va ko'pligiga, to'qimalarga tarqalishiga qarab uch guruhga bo'lish mumkin: qon ketishi, qon quyilishi va gematoma.Qon oqishi yoki ketishi deb, tomir devorlaridan tashqariga qon chiqishiga }oki biror to'qimaga, tana a'zosiga, uning ichida to'planishiga aytiladi. Qon quyilishi deganda, to'qimalarga qon shaklli elementlarining singishi, yig'ilishi tushuniladi. Qon ketishining tasnifi shikastlangan qon tomirlarining anatomik tuzilishi, sabablari va tashqi muhitga aloqadorligini hisobga olgan holda quyidagi guruhlarga bo'linadi: 1. Shikastlangan qon tomirining belgilariga qarab arterial, venoz, kapillyar va parenximatoz qon oqishi farq qilinadi. Ularning klinik belgilari ham turlicha.Arterial qon ketishi bemor uchun og'ir kechadi. Bu holda tomir devorlaridan qon yurak urishiga moslanib, mahalliy ritm bilan tebranadi, kislorodga to'yingan bo'lganligi uchun och qizil rangda bo'ladi.Arterial qon ketishining o'z-o'zidan to'xtab qolishi kamdan-kam holda kuzatilgani uchun bemorni qisqa vaqt ichida kamqonlikka mubtalo qiladi yoki uning hayotini xavf ostiga qo'yadi.Vena qon tomirlaridan qon ketishi, arterial qon ketishidan rangi bilan farq qilib (oqayotgan qon rangi qoramtir bo'ladi), tomirda qon bosimi pastligi sababli sekin tomchilab oqadi. Qonning bosim ostida uzluksiz vena tomiridan oqishi faqatgina tananing yirik tomirlari shikastlanganda ro'y berishi mumkin.Kapillyar qon tomirlaridan qon ketishi ko'pincha aralash bo'lib, mayda arteriya va vena tomirlari shikastlanganda paydo bo'ladi.Parenximatoz qon oqishi parenximatoz organlar shikastlanganda ro'y beradi. Bunday organlarga - jigar, taloq, buyrak, o'pka va shunga o'xshash tana a'zolari kiradi. Bu qon oqishi kapillyarlardan qon ketishiga o'xshab ketadi, biroq o'z-o'zidan to'xtab qolmaydi va ko'pincha jarrohlik usulini qo'llashni talab qiladi. Chunki bu organlarda qon tomirlari devori organ stromalari bilan yopishgan holda bo'ladi. Shuning uchun qon uzluksiz oqadi. Qon oqishini keltirib chiqaruvchi sabablar quyidagicha: A. Tashqi ta'sir natijasida qon ketishi. Bu holda qon tomirlarishikastlanish ta'sirida o'z butunligini yo'qotadi va qon oqishiga olibkeladi. B. Neyroirofik o 'zgarishlar la 'sirida qon ketishi. Uning sabablari qontomirlari devori o'tkazuvchanligining oshib ketishi; organizm himoyakuchlarining pasayib ketishi natijasida buzilishi asosida ro'yobga keladi.Qon oqishining tashqi va ichki muhitga bog'liqligiga qarab tashqi, ichki va yashirin qon ketishi farqlanadi.Tashqi qon oqishi qon teri sathidagi jarohat natijasida,tashqi muhit bilan bog'liq bo'ladi. Ichki qon ketishida qon to'qimalarga, organlargayig'ilib, quyilib qoladi, bu holat gemorragiya deb ataladi. Agar qon tana bo'shlig'idan ro'yobga kelsa,ular ham maxsus nom bilan yuritiladi: «epistaxis» - burundan qon oqishi;«gasirorhagia» - me'dadan qon oqishi; «haemoptoe», haemotysis - qonaralash balg'am tashlash; «haemotemesis» - qon aralash qayt qilish;«haemoturia» - siydik yo'llaridan qon oqishi; «menorrhagia»,«hypermenorrhagia» - ayollarning ko'p hayz ko'rishi; «metrorhagia» -ayollar tanosil organlaridan qon ketishi; «haemorroe» - orqa teshikdanqon oqishi; «melaena» - axlatning qora kelishi.