Mavzu: Qon ketayotgan bemorlarda hamshiralik ishi. Infuziya va tranfuziya. Reja


Qon ketishida uchraydigan asoratlar



Yüklə 19,11 Kb.
səhifə2/4
tarix12.03.2023
ölçüsü19,11 Kb.
#87443
1   2   3   4
Qon ketayotgan bemorlarda hamshiralik ishi. Infuziya va tranfuziya

Qon ketishida uchraydigan asoratlar
To'qimalarga qon ketganda biriktiruvchi to'qima, to'qimalararo bo'shliqlargayig'ilib u yerda shish-infiltrat hosil qiladi. Ularning katta-kichikligiga, tarqalishiga va hosil qilgan shakliga qarab maxsus nom bilan alaladi: «petexiyalar» («petechia») - kapillyarlardan qon ketishi natijasida teri va shilliqpardalarda hosil bo'ladigan mayda qon dog'lari «vibicees»- taram-taram qon quyilishi, «ekximozlar» («ecchymosis») - petexiyadankattaroq qon quyilib qolishi; «snagIgillalio va suffusio» - shikastlanish vaqon ivishining buzilishi natijasida teri osti yog' qatlamida paydo bo'lgancheklangan taram-taram qon quyilishi; «haemorragia» - keng shaklni hosilqilgan qontalash odatda, to'qimalarga qon oqsa, u quyilib so'riladi. Agarqon to'qimalarga bo'lak-bo'lak bo'lib quyilsa, to'qimalarni surib, ularoralig'ini kengaytirib, sun'iy va cheklangan oqqan qon bilan to'lganbo'shiqlar hosil qiladi, bunday qon ketishi gematoma deyiladi. Gematomaikki xil bo'lishi mumkin:to'qimalararo va bo'shliq gematomasi.Gematomaning kattakichikligi qon bosimiga va to'qimaning plastikholatiga bog'liq bo'ladi. Gematoma qon tomirlariga va tashqi ta'sirotnatijasida hamda patologik holatlarda, shuningdek gemorragik diatez(trombotsitopeniya purpurasi, gipoplastik kamqonlik), gemofiliya vashunga o'xshash kasallliklarda, ba'zan ularsiz ham paydo bo'lishi mumkin.Gematoma har xil natija bilan tugashi mumkin: ba'zan oqayotgan qon tomir tromb bilan bekilib qolganda qon so'riladi: quyilgan qon ta'sirida atrofdagito'qimalar ta'sirida u n i n g atrofi qalin kapsula balan chegaralanishi mumkin, unda qonning so'rilishi sekinlashadi va gematoma qon kistasiga aylanadi. Qon oqishi davom etaversa, to'qimalarda taranglanish kuchayib, teri qoplamigematoma ustida oqaradi yoki ko'kimtir rang oladi.Bosh suyak bo'shlig'i, ko'krak qafasi va qorin bo'shlig'ida qon oqishi shu anatomik tuzilmalardagi a'zolarni qisib qo'yishi natijasida har xil asoratlarga, ba'zida esa anemiyaga olib keladi. Agar shu bo'shliqlardagi gematoma yiringlasa, plevrit, peritonit va shunga o'xshash yiringli jarayonlarga sabab bo'ladi va bu ko'ngilsiz natijalarga olib kelishi mumkin.

Yüklə 19,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin