Mavzu: Qon ketayotgan bemorlarda hamshiralik ishi. Infuziya va tranfuziya. Reja



Yüklə 19,11 Kb.
səhifə3/4
tarix12.03.2023
ölçüsü19,11 Kb.
#87443
1   2   3   4
Qon ketayotgan bemorlarda hamshiralik ishi. Infuziya va tranfuziya

Qon ketishni to’xtatish
Qon kctishi o'z-o'zidan to'xtashi mumkin yoki u sun'iy ravishda to'xtatiladi. Qonning to'xtashi vaqtincha yoki doimiy bo'lishi mumkin. Qon ketishini vaqtincha to'xtatish usullariVaqtincha qon to'xtatish bemor kasalxonaga tushmasdan tez yordam sifatida bajariladi. U shifokor yoki boshqa tabobat xodimi tomonidan ijro etiladi, ba'zida esa tabobat ilmidan bexabar kishilar yoki shikastlangan bemor tomonidan ham bajarilishi mumkin (94-rasm). Buning uchun aseptika qoidalariga rioya qilishzarur. Ba'zan qon ketish qon tomirida tromb hosil bo'lishi natijasida butunlay to'xtab qolishi mumkin.Vaqtincha qon to'xtatishning quyidagi usullari bor: A. Qon ketayotgan joyni bosib turadigan bog'lam hilan to'xtatish.Bu usulni vena va kapillyarlardan qon ketganda qo'llash mumkin,arterial qon ketganda esa jgutdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.Buning uchun qon ketayotgan joyga individual paketlardagi sterillangan bog'lamlardan, ular bo'lmasa qizdirilgan dazmol bosilgan dokani bir necha qavat qilib, ustiga toza paxta qo'yiladi va aylantirib tortib bog'lanadi. Agar doka yoki bint bo'lmasa, toza matodan ham foydalanishi mumkin. Bemor uchun o'ta xavf tug'diradigan qon ketish kuzatilsa, qo'l ostida bor matoni ishlatish mumkin. Bosib turadigan bog'lam mayda tomirlarni yumshoq to'qimalarga bosib turganda qon ketish tez to'xtaydi. Ichki a'zolardan, masalan qizilo'ngachdan qon ketganda Blekmor zondidan foydalansa bo'ladi (B. Qo'l-oyoqni ko'tarib turish. Bunda qon ketishining qismankamayishi ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ko'pincha bu usulni vena tomirishikastlanganda qo'llash maqsadga muvofiqdir. D. Qo'l bilan katta magistral arterial tomirlarni bosib turish. Vaqtincha qon to'xtatishning bu usulida tomir yaqinidagi suyakka bosib turiladi (96 -rasm).Uyqu arteriyasini to'sh-o'mrov mushagining ichki qismi orqali nuqta-bo'yin umurtqasining ko'ndalang o'simtasiga bosish mumkin (VI bo'yin umurtqasi ko'ndalang o'simtasining tepa qismi, aytib o ' tilg a nmushakning o'rta qismi), o'rarov arteriyasinito'sh-o'mrovso'rg'ichsimon o'siq mushagining tashqi tomonidan I qovurg'aga bosish mumkin, yelka arteriyasi ikki boshli mushakning ichki tomonidan yelka suyagiga bosiladi. Son arteriyasi chov suyagining gorizontal shoxidagi pupart bog'lamining tagiga joylashgan nuqtaga bosiladi; ozg'in bemorlarda qorin aortasini umurtqa pog'onasiga bosib turish ham mumkin. Bu usul katta magistral tomirlardan qon ketganda tez yordam berish uchun qo'llaniladi.

Yüklə 19,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin