monieziya (Moniezia) avlodining
turlari (Moniezia expansa, M. benedeni va bosh.) parazitlik qiladi. Bu parazitlarning
uzunligi 1-5 m atrofida bo’lib, tanasi skoleks, bo’yin va proglottidalardan iborat.
Skoleksida 4 ta so’rg’ichlari joylashgan, lekin ilmoqchalari bo’lmaydi. Proglottidalari
qisqa va kengdir. Har bir proglottidada 2 juftdan jinsiy organlar sistemasi mavjud.
Ular bo’g’imlarining yon tomonidan tashqariga ochiladi. Etilgan proglottidalar
tuxumlar bilan to’lib turadi. Monieziyalar ham biogel’mint bo’lib, rivojlanish
jarayonida 2 ta xo’jayin ishtirok etadi. Bunda yuqorida aytganimizdek, har xil kavsh
qaytaruvchi
sutemizuvchilar,
ya’ni
qo’y, echki, qoramol, tuyalar bu
chuvalchanglarning asosiy xo’jayinlari, sovutli, qalqonli mayda tuproq kanalari
(Oribatidae) esa oraliq xo’jayinlari hisoblanadi.
Monieziyaning etilgan bo’g’imlari asosiy xo’jayin axlati bilan tashqi muhitga
chiqadi, sovutli tuproq kanalari onkosferali tuxumlarni yutib yuboradi va kanalar
tanasida chuvalchangning embrioni rivojlanib, sistiserkoid degan lichinkaga aylanadi.
Kana tanasidagi sistiserkoid 2 yilgacha asosiy xo’jayinini monieziya bilan zararlash
qobiliyatiga ega.
Chorva mollari sistiserkoid bilan zararlangan sovutli kanalarni o’t va suv bilan
yutib yuboradi. Oradan 40-50 kun o’tgach, asosiy xo’jayini ichaklaridagi
monieziyalar jinsiy voyaga etadi. Bir kecha-kunduzda monieziyalar 8 sm uzunlikda
o’sishi mumkin. Monieziyalar moniezioz kasalligini keltirib chiqaradi. Ular ayniqsa
yosh mollarni, ya’ni 1,5-8 oylik qo’zilar, uloqlar va buzoqlarni ko’p zararlaydi.
Masalan, bir yoshli qo’ylar bu kasallik bilan 59 foizgacha, birdan ikki yoshgachasi 31
foizgacha va katta yoshdagilari 15 foizgacha kasallangan. O’zbekistonda moniezioz
qo’y, echki va qoramollarda hamma mintaqalarda tarqalgan. Bu kasallikka qarshi
kurash degel’mintizasiya va profilaktika tadbirlaridan iborat.