65
kam qon bo’lib qoladi. Odamlar egribosh nematoda lichinkalari bilan og’iz orqali
(suv va oziq-ovqat orqali) ham zararlanishi mumkin.
Qiyshiqbosh nematoda xususan janubda, namgarchilik ko’p bo’lgan joylardagi
axoli o’rtasida, ayniqsa, dexqonchilik bilan shug’ullanadigan odamlarda, shaxtalarda
ishlaydigan odamlar o’rtasida keng tarqalgan.
Umuman, egribosh nematoda tug’diradigan kasallik ankilostomoz deb atalib,
rasmiy ma’lumotlarga qaraganda er yuzida bu kasallik bilan 500 mln.ga yaqin odam
kasallangan. Bu kasallik MDX mamlakatlarida Kavkaz ortida, qozog’iston va O’rta
Osiyo respublikalarida yashovchi axoli o’rtasida ham uchraydi. O’zbekistonda esa
Toshkent,
Sirdaryo, Andijon, Farg’ona, Buxoro viloyatlarida uchraydi. Egribosh
nematodalar odam ichagida 2 yildan 5-8 yilgacha yashashi mumkin. Bu kasallikning
oldini olish uchun avvalo, egribosh nematodalar uchraydigan
joylarda oyoq yalang
yurmaslik, erda va o’t ustida yotmaslik, nematoda lichinkalarini ichadigan suvga va
ovqatga tushishiga yo’l qo’ymaslik, ankilostomoz
tarqalgan tumanlarda axoli
o’rtasida muntazam ravishda degel’mintizasiya o’tkazish, odam axlatining tashqi
muhitda tarqalishiga yo’l qo’ymaslik, iste’mol qiladigan sabzavot va ko’katlarni
qaynoq suvda yuvish, xovuzdagi suvlarni qaynatib ichish
kabi chora-tadbirlarni
amalga oshirish lozim. Ankilostomoz bilan og’rigan odamlarni kombantrin, vermoks,
naftamon, tetraxloretilin kabi dorilar bilan davolanadi.
Dostları ilə paylaş: