64
kunduzda 1000 tadan 3500 tagacha tuxum qo’yadi. qulay sharoitda tuxum 20-30
kunda yuqumli xolatga keladi.
Odam ko’pincha yuvilmagan sabzavot-mevalarni iste’mol qilganida qilbosh
nematodaning invazion tuxumlarini yutib yuborish bilan
zararlanadi va nematoda
taxminan bir oydan keyin voyaga etadi. qilbosh nematodalar odam organizmida 5
yilgacha yashashi mumkin.
qilbosh nematodalar trixosefalyoz kasalligini keltirib chiqaradi. Bu kasallik er
sharining hamma qismida, ayniqsa, issiq iqlimli mamlakatlarda ko’p uchraydi.
qilbosh nematoda asosiy xo’jayini xazm organlarini yallig’laydi
va bir qator
mikroorganizmlarning tushishiga yo’l ochadi. Nerv sistemasiga ta’sir qiladi.
Trixosefalyoz bilan kasallangan odamlarni vermoks (mebendazol), difezil, naftamon,
osarsol va timak kabi dorilar bilan davolanadi.
Chorva mollarda ham qilbosh nematodalarning bir necha turlari parazitlik
qiladi. Masalan, cho’chqalarda cho’chqa qilbosh nematodasi (Trichocephalus suis),
qo’y, echki va qoramollarda Trichocephalus ovis, Trichocephalus
skrjabini kabi
turlari parazitlik qiladi. Trixosefalyoz bilan kasallanmaslik uchun tozalikka rioya
qilish, meva va sabzavotlarni yuvib iste’mol qilish, axlatlarni
dalaga ishlatishdan
oldin zararsizlantirish, xojatxonaga so’ndirilmagan oxak sepish kabi chora-tadbirlarni
amalga oshirish lozim.
Dostları ilə paylaş: