Kirish. Ravishning leksik-grammatik xususiyatlari



Yüklə 26,56 Kb.
səhifə1/13
tarix13.03.2022
ölçüsü26,56 Kb.
#53724
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Raimjonova Mahliy1





Mavzu: Ravishning ta'rifi va leksik-grammatik xususiyatlari, ma'no guruhlari.

Ravishlarda daraja,ravishlarning yasalishi va tuzilishi turlari.

Reja.

KIRISH.

  1. Ravishning leksik-grammatik xususiyatlari.

  2. Ravishning ma’no guruhlari.

  3. Ravishlarda daraja.

4.Ravishlarning yasalishi va tuzilishi turlari.

Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar.

Bajardi: Raimjonova Mahliyo



Tekshirdi: Zamiraxon Djòraboyeva

KIRISH.

Ravish — mustaqil soʻz turkumlaridan biri; harakat va holatning belgisini, shuningdek, belgining belgisini bildiradi. R.larning quyidagi maʼnoviy turlari mavjud: holat (tarz) R.lari (tez, sekin, piyoda kabi); oʻrin R.lari (uzoqda, yaqindan, pastda kabi); payt Ravish lari (hozir, kecha, bugun kabi); darajamiqdor R. lari (ancha, sal, kam kabi); maqsad R.lari (ataylab, joʻrttaga kabi); sabab R. lari (noiloj, ilojsiz, chorasizlikdan kabi). Payt, oʻrin va maqsad R.laridan boshqa barcha R.larni, eng umumiy xususiyatlariga koʻra, bir turga kiritish va ularni holat (tarz) R.lari deb atash mumkin.

R. mustaqil soʻz turkumi sifatida quyidagi morfologik xususiyatlar bilan ajralib turadi: 1) daraja kategoriyasiga ega: tez, koʻp (oddiy daraja) — tezroq, koʻproq (qiyosiy daraja) — eng tez, juda koʻp (orttirma daraja) kabi; 2) oʻzgarmas bulib, koʻpincha feʼllarga bogʻlanib keladi: Soʻrida qat-qat duxoba koʻrpachalar ustma-ust toʻshalgan edi; 3) R. ayrim oʻrinlarda sifat va otga bogʻlanib kelishi ham mumkin. Bunday hollarda R. belgining belgisini yoki predmetning belgisini emas, oʻzi bogʻlanib kelgan sifat yoxud otdan anglashilgan harakatlarning belgisini bildiradi: Kecha havo juda sovuq edi. U hozir beqiyos va tasavvur qilib boʻlmas baxtiyor edi; 4) R. yasovchi muxsus qoʻshimchalarga ega: cha, ona, larcha, lab va boshqa; 5) turlanmaydi va tuslanmaydi (otlashish hollari bundan mustasno).

R.lar morfologik va sintaktik usullar bilan yasaladi: doʻstona, qahramonlarcha, oylab (morfologik usul), har zamon, shu on, bir dam (sintaktik usul) kabi. R.lar tuzilishiga koʻra, sodda (kamtarona, vijdonan, butunlay), qoʻshma (har dam, bir yoʻla, ozmuncha, har qachon), juft (kechakunduz, qishin-yozin) va takroriy (ozoz, tez-tez, koʻp-koʻp) turlarga boʻlinadi. R.larning anchagina, juda, kam, kamkam kabi shakllari modal shakl hisoblanadi. R.lar gapda hol, aniqlovchi va kesim vazifalarida keladi.

R.lar belgi anglatish xususiyatlari bilan sifatlarga uxshaydi, ammo grammatik xususiyatlari jihatidan ular oʻzaro farqlanadi: sifatlar predmetning belgisini, R.lar esa harakat yoki holatning belgisini bildiradi; ularning gapdagi, yaʼni sintaktik vazifasi ham oʻzgachadir.




Yüklə 26,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin