61
O’zbekistonda tog’ va tog’oldi mintaqalarda yashovchi axoli o’rtasida
askaridoz bilan kasallanish tez-tez uchrab turadi. Axolining askaridoz bilan og’rishi
1-90 foiz orasida o’zgarib turadi. Masalan, A.Mansurovning ma’lumotlariga
qaraganda, 1968 yilda Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumanida yashovchi axoli
o’rtasida bolalar 57,2 foiz va kattalar - 33,9 foizga askaridoz bilan og’rigan.
Askaridalar ayniqsa bolalarda ko’p uchraydi. Odam askaridasining zahari
ayniqsa, bolalar organizmiga yomon ta’sir qiladi. Kasallangan bolaning boshi
og’riydi, boshi aylanadi, kechalari bezovta bo’ladi, tipirchilab, tishini g’ichirlatadi.
Og’riq vaqti-vaqti bilan bo’lganligi uchun shifokor ko’pincha appendisit deb ham
gumon qiladi. Odatda, odam ichagida bir nechta, ba’zan o’nlab, yuzlab askaridalar
parazitlik qiladi. Bitta odamdan 900 ta va yana bittasidan 5126 ta askarida topilgani
fanga ma’lum. Bunday xolda askaridalar ichak devorini yaralaydi, ichaklarda tiqilib
qolib ovqatni o’tkazmaydi. Ba’zan esa jigar va miyani ishdan chiqarib, kishini
o’limga olib kelgan xollar ham kuzatilgan.
Askaridoz bilan og’rigan odamlarni piperazin, adipinat, dekaris (levamizol),
naftamon (alkopar, befenium), vermoks kabi dori-darmonlar bilan davolanadi.
Davolashni albatta shifokor nazorati ostida olib borish lozim.
Askaridadan saqlanish uchun avvalo unga yo’liqqan bemorlarning hammasini
yaxshilab davolash kerak. Har bir xonadonda, jamoat joylarida vodoprovod bilan
jixozlangan yopiq tipdagi xojatxona bo’lishi kerak. YUqumsizlantirilmagan odam
ekskrementlarini bog’ va ekinzorlarga o’g’it sifatida foydalanmaslik lozim. Xom
sabzavot, xo’l meva va poliz maxsulotlarini iste’mol qilish oldidan vodoprovod yoki
qaynatilgan yoxud oqar suv bilan yuvish kerak. Oziq-ovqat maxsulotlarini va idish
tovoqlarni pashshalardan saqlash maqsadida ularni yopiq joyda tutish, pashshalarga
qarshi kurash choralarini qo’llash va albatta shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish
zarur. Askaridalarning ayrim turlari chorva mollarida va parrandalarda ham parazitlik
qiladi. Masalan, cho’chqalarda cho’chqa askaridasi (Ascaris suum), tovuqlarda tovuq
askaridasi (Ascaridia galli), otlarda ot askaridasi (Parascaris equorum), qo’ylarda
qo’y askaridasi (Ascaris ovis), qoramollarda qoramol neoaskaridasi (Neoascaris
vitulorum) parazitlik qiladi.
Dostları ilə paylaş: