10-dars.
Dars mavzusi: To‘garak chuvalchanglar tipi: odam askaridasi
Darsning ta'limiy maqsadi: O’quvchilarni to’garak chuvalchanglarning tashqi va ichki tuzilishi, jinsiy sistemasi, ularning zarari va kelib chiqishi bilan tanishtirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni kengaytirish, odam askaridasining tuzilishini ongli ravishda tushuntirish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarni to’garak chuvalchanglarning tashqi va ichki tuzilishi, jinsiy sistemasi, ularning zarari va kelib chiqishi haqidagi bilimlarini oshirish.
Darsni jihozlash: O’quvchilarni to’garak chuvalchanglarning tashqi va ichki tuzilishi, jinsiy sistemasi, ularning zarari va kelib chiqishi haqidagi rasmlar, ko’rgazmali qurollar.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Darsda foydalaniladigan texnologiya: Modulli ta’lim texnologiyasi
Darsning borishi
Tashkiliy qism
O’tilganlarni takrorlash
Yangi mavzu bayoni
- Yangi mavzuni e’lon qilish
- Yangi mavzu bo’yicha modulning didaktik maqsadi bilan tanishtirish
4. Mustahkamlash
- Savol – javob o’tkazish
5. Yakunlash
- O’quvchilarni rag’batlantirish, ballarini e’lon qilish
6. Uyga vazifa
- O’tilgan mavzuni mustahkamlash va keyingi mavzuga tayyorlanib kelish.
1.Tashkiliy qism.
- Sinfni darsga tayyorligi tekshiriladi
- Darsda o’tirish qoidalarini eslatish
2. O’tilganlarni takrorlash
O’tgan mavzu yuzasidan savol-javob o’tkazish. O’tilganlarni takrorlash.
3. Yangi mavzu bayoni
Modul dastur bo’yicha yangi mavzuni 4 qismga bo’lib o’rganamiz.
Yashash muhiti va tashqi tuzilishi.
Ichki tuzilishi
Jinsiy sistemasi, ko‘payishi va rivojlanishi.
Askaridaning zarari va to‘garak chuvalchanglarning kelib chiqishi.
Modulning didaktik maqsadi: Siz modul dasturi yordamida darslik ustida mustaqil ishlab, to’garak chuvalchanglarning tashqi va ichki tuzilishi, jinsiy sistemasi, ularning zarari va kelib chiqishi bilan tanishishingiz zarur.
O'quv
faoliyati
elementi
|
O'quvchilar o’zlashtirishi lozim
bo’lgan o’quv materialiga oid
topshiriqlar
|
Topshiriqlarni
bajarish yuzasidan ko’rsatmalar
|
1-O'FE
|
Maqsad: To’garak chuvalchanglarning yashash muhiti va tashqi tuzilishini o’rganish.
Darslikdagi matnni diqqat bilan o'qing va
quyidagi savollarga javob tayyorlang.
To’garak chuvalchanglar haqida umumiy tushunchalarni o’qing.
Odam askaridasining tashqi tuzilishini yod oling.
|
Individual ishlang.
O’quvchilar jamoasi
bilan o ‘tkaziladigan
savol -javobda faol
ishtirok eting.
|
2-O'FE
|
Maqsad: To’garak chuvalchanglarning ichki tuzilishini o’rganing. Darslikdagi matnni diqqat bilan o'qing va
quyidagi savollarga javob tayyorlang.
Hazm qilish sistemasi ketma-ketligi va oziqlanishini o’qing.
Ayirish va nerv sistemasini o’rganib chiqing.
|
Individual ishlang.
O’quvchilar jamoasi
bilan o ‘tkaziladigan
savol -javobda faol
ishtirok eting.
|
3-O'FE
|
Maqsad: Jinsiy sistemasi, ko‘payishi va rivojlanishi.
o’rganish. Darslikdagi matnni diqqat bilan o'qing va
quyidagi savollarga javob tayyorlang.
Askaridaning jinsiy sistemasi qanday?
Askaridaning rivojlanish boshqichlarini o’rganing.
|
Individual ishlang.
O’quvchilar jamoasi
bilan o ‘tkaziladigan
savol -javobda faol
ishtirok eting.
|
4-O'FE
|
Maqsad: To’garak chuvalchanglarning kelib chiqishi va askaridaning zararini o’rganish. Darslikdagi matnni diqqat bilan o'qing va quyidagi savollarga javob tayyorlang.
Askaridaning zarari va undan himoyalanish.
To’garak chuvalchanglarning kelib chiqishini tizimga solish.
|
Individual ishlang.
O’quvchilar jamoasi
bilan o ‘tkaziladigan
savol -javobda faol
ishtirok eting.
|
4.Mustahkamlash
Bugungi o’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilarning ongini fikrlovchi savollar yordamida tekshirish.
Tarqatma materiallar tarqatish.
5.Yakunlash
O’quvchilarni rag’batlantirish, ballarini e’lon qilish.
6.Uyga vazifa
O’tilgan mavzuni mustahkamlash va keyingi mavzuga tayyorlanib kelish.
Dostları ilə paylaş: |