71
esnashga o’xshab harakat qiladi. Kasallangan jo’jalar ozib ketadi va ba’zan xalok
bo’ladi.
Singamoz bilan kasallangan parrandalarni davolash uchun yodning suvdagi
eritmasini o’tmas uzun ignali shpris yordamida ularning og’iz
va xiqildoqlari orqali
kekirdagiga yuboriladi. Kasallangan jo’jalarni tetramizol va mebenvat kabi
preparatlar bilan ham davolanadi. Xonaki parrandalar boqiladigan joylarga yovvoyi
parrandalar kelmasligi kerak.
Nematodalar faqat odam va hayvonlarda parazitlik qilmasdan, balki bir qancha
turlari o’simliklarda ham parazitlik qiladi. Xozirgi vaqtda, ayniqsa, ildiz bo’rtma
nematodasi o’simliklarga katta zarar etkazadi. Ular bug’doy, lavlagi,
kartoshka,
piyoz, bodring, pomidor, sabzi, qovun, tarvuz, g’o’za, kungaboqar, loviya, mosh, tut,
tok va boshqa 200 dan ortiq sabzavot, poliz, texnika o’simliklari va daraxtlarga zarar
etkazadi. Sitrus nematodasi sitrus o’simliklari (limon, apel’sin va bosh.) ildizlarida
parazitlik qiladi.
Dostları ilə paylaş: