72
nasl beradi. So’ngra kartoshka quriganga qadar tuproqqa chiqib ketadi. Bu nematoda
bilan 40-60 foizga qadar kartoshka zararlanadi. Bir yilda 1-2 marta nasl bradi. •ar bir
naslning rivojlanish davri 50 kun atrofida bo’ladi. Mingdan ortiq tuxum qo’yadi.
Zararlangan o’simlik o’sishdan qoladi va nobud bo’ladi. Kartoshkaning nematoda
bilan zararlanmasligi uchun faqat sog’lom kartoshka ekish, yuqori darajada
agrotexnika chora-tadbirlari ko’rish hamda ekishni to’g’ri yo’lga qo’yish kerak.
Nematodalar sinfi ikkita kenja sinfga bo’linadi: 1.Adenoforalar (Adenophorea)
kenja sinfi. 2.Sesernentlar (Secernentea) kenja sinfi.
1. Adenoforalar (Adenophorea) kenja
sinfining vakillari asosan, dengiz,
chuchuk suv, ba’zan tuproqda erkin xolda yashaydi. Ularning sezgi organlari terisi
yuzasida joylashgan qillar, ba’zan papillalar hisoblanadi. Ayrim turlarining
ko’zchalari bor. Amfidlari yirik va boshining ikki yonida joylashgan. Parazit turlarida
sezgi organlari reduksiyaga uchragan. Bo’yin bezlari yirik. Tanasining orqa qismida
terminal dum bezlari joylashgan. Dum
bezlari sekreti suvda qotib, nematodaning
substratga yopishishi uchun xizmat qiladi. Ko’pchiligi kislorod etarli sharoitda
yashaydi. Bu kenja sinfga parazit nematodalardan qilbosh nematoda, trixinella, gigant
svaynik (Dioctophyma renae) kiradi. Adenoforalar kenja sinfiga 5 ta turkum va 8000
ta tur kiradi.
2. Sesernentlar (Secernentea) kenja sinfiga asosan odam,
hayvon va
o’simliklarda parazitlik qiladigan nematoda turlari kiradi. Ayrim vakillari chuchuk
suvda va tuproqda yashaydi. Tuyg’u organlari papillalardan iborat bo’lib, faqat bosh
qismida joylashgan. Amfidlari mayda, ko’pincha lablarida joylashgan. Bo’yin bezi
shoxlangan, ikki yoki bir nayli. Dumining ikki yonida fazmidlari bo’ladi. Dum
bezlari yo’q.
Sesernentlar kenja sinfiga kiruvchi odam askaridasi,
bolalar gijjasi, rishta,
bankroft ipchasi kabi turlari odamlarga juda katta ziyon etkazadi.
Bo’rtma nematodalari, bug’doy nematodasi, kartoshka nematodasi,
sholi
nematodasi, lavlagi nematodasi va boshqalar esa o’simliklarga zarar etkazib
xosildorligini pasaytirib yuboradi.
Sesernentlarga 6 ta turkum kiradi. Asosiylari tilenxidlar, rabditidlar,
strongilidlar, askarididlar va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: