69
yo’talganida og’iz bo’shlig’iga keladi. Bunday lichinkalarni hayvon yutib yuboradi.
Oshqozonga tushgan lichinkalar axlat orqali tashqariga
chiqadi va ular oraliq
xo’jayinlari - quruqlikda yashovchi mollyuskalarning oyoqlariga kirib olib
rivojlanishini davom ettiradi.
Mollyuskalar oyog’ida lichinkalar o’sadi va ikki marta tullab 4-5 xaftadan
keyin
invazion, ya’ni yuqumli xolatga aylanadi. Asosiy xo’jayinlari, ya’ni qo’y va
echkilar
yuqumli
xoldagi
lichinkalarni
em-xashak
bilan
yoki
tanasida
protostrongilidlarning yuqumli xoldagi lichinkalari bo’lgan mollyuskalarni o’t bilan
birga yutib yuborganda protostrongilidlar bilan zararlanadi. U yoki bu yo’l bilan
asosiy xo’jayini oshqozoniga tushgan lichinkalar ichak devorlariga o’tib qon orqali
o’pkaga boradi va 32-47 kundan keyin jinsiy voyaga etib yana tuxum qo’ya
boshlaydi.
O’zbekistonda qo’y va echkilar protostrongilidlar bilan asosan tog’ va tog’oldi
mintaqalarda ko’proq zararlanadi. Protostrongilidlar o’pkada parazitlik qilib bronxit
va o’pka shamollashi kasalliklarini keltirib chiqaradi. o’pkada parazitlar ko’payib
ketsa, ba’zan kasallangan qo’y va echkilar o’ladi. Protostrongilidoz bilan kasallangan
qo’y va echkilar ditrazin va emetin dorilari bilan davolanadi.
Hayvonlarning
protostrongilidlar lichinkalari bilan zararlanmasliklari uchun yaylovlarni har 25
kunda almashtirish lozim.
Dostları ilə paylaş: