ODAM SAVDOSI. ODAM SAVDOSIGA QARSHI KO’RASHISH
O dam savdosi - insonni xayoti, erkinligi va xuquqlaridan maxrum qilib, birovlarning qo’lida qul bo’lishga maxkum etish, insonlar umriga zomin bo’lish, ularning erki, taqdiri va kelajagini oyoq osti qilishdek eng og’ir va jirkanch jinoyatlardan sanaladi. Insonni begona yurtlarda birovga so tib yuborish, hor ijiy davlatlarga qul sifatida jo’natish, yosh bolalarni o’g’irlab boshqa nopok shahslarga pullash kabi mu dxish voqealar jamyatimizda tez-tez uchrab turibdi. Bunday ayanchli xolatlar, odam savdosi bilan bog’liq jinoyatlar xozirgi kunda ko’plab mamlakatlarda keng tarqalib borib dunyo xamjamyatini jiddiy tashvishga solmoqda.
Odam savdosi bozori xozirgi kunda er yuzida narkotik va psihotrop moddalar xamda qurol-yarog’ savdosidan keyin uchinchi o’rinda turadi.
Ming afsuski, inson xayotini tasarruf qilish, insonni oldi-sotdi narsaga aylantirish ayrim vahshiy, badnafs va harom shahslarning doimiy faolyatiga xamda mo’maygina daromad manbaiga aylanib qolmoqda. Achinarlisi shundaki, odam savdosiga uchrayotgan kishilar o’zlarining soddaliklari, o’z xayotlariga, yaqinlariga, ularning taqdiri va kelajagiga befarq bo’lishlari, oliy ne’mat deb e’tirof etiladigan xayot tushunchasiga engil tabiatlik va beparvolik bilan qarashlari oqibatida bunday yovuz kimsalarning o’ljasiga, ularning oson daromad manbaiga, o’z xayotlarining qurboniga aylanib qolmoqdalar.
Eng fojialisi bu turdagi jinoyatlarning keng quloch yozishida ijtimoiy ximoyaga muxtoj ishsiz qolgan fuqarolar, turmush choraxalarida qiyinchilikka uchragan ayollardan g’arazli maqsadlarda foydalangan xolda ularga ish topishda muammolarini go’yoki chet ellarga ishga yuborish bilan xal qilish orqali ayrim nopok kimsalar o’z qabix nyatlarini amalga oshirmoqdalar.
Xayotning achchiq saboqlari. Tashqi mexnat migratsyasi masalalari agentligining “Ishonch telefoni”ga 2008 yil sentyabr oyida Farg’ona vodiysi viloyatlaridan birida yashovchi fuqaroning ota-onasi murojaat qilib, ularning o’g’illari 2007 yil baxorida 4-5 nafar xamqishloqlari bilan birgalikda Rossyaning Tomsk viloyatiga ishlash uchun ketganlari, biroq o’g’illaridan bir yildan ortiq vaqt o’tgan bo’lsada, xech qanday darak yo’qligi, telefon orqali xam qo’ng’iroq qilmayotganligi hattoki Tomsk viloyatining qaeriga ishlashga ketganligi noma’lum ekanligi to’g’risida habar olindi. Ma’lum bo’lishicha, 2007 yil baxorda bu qishloqqa Rossyalik ishbilarmon kimsa kelib, Tomsk viloyatida ish borligini va u erda ish beruvchi yahshi xaq to’lashini sodda qishloq axliga og’iz ko’pirtirib maqtagan va aldov yo’li bilan bu qishloqdagi fuqarolarni Rossyaga ishga yollagan. Tomsk viloyatiga ketgan fuqarolarning bir-ikki nafari kasal bo’lib, biror so’m pul ishlay olmasdan og’ir axvolda uylariga qaytib kelganlar, qolganlari esa xanuzgacha Rossyada dom-daraksiz qolib ketganlar.
Yana bir misolni “Halq so’zi” gazetasining 2008 yil 15 avgustdagi 162-sonida chop etilgan “Xar joyni qilma orzu...” maqolasidagi xolatdan keltiramiz. Fuqaro Abdunosir Majidov Andijon viloyatining Shaxrihon tumanida Suzoq maxallasida biror erda ishlamasdan, tarallabedod xayot kechirgan. Bu kimsa o’z maxalladoshlaridan 3 nafari bilan jinoiy til biriktirgan xolda Pahtaobod tumanidagi Uyg’ur qishlog’ida yashovchi 30 nafardan ortiq fuqarolarni aldov yo’li bilan Qozog’istonga olib ketadi. Yigitlarni katta miqdorda oylik ish xaqi, yotoq joy bilan ta’minlashga va’da berib, Qozog’istonda ularning pasportlarini yig’ib oladi va o’zlarini bu begona yurtda noma’lum kishilarga sotib yuboradi.
Namangan shaxarda yashovchi 52 yoshli shahs qo’shnilari bo’lgan besh nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni aldov yo’li bilan Qog’ozistonning Qarag’anda shaxriga olib boradi va Muxiddin ismli shahsga sotib yuboradi. Qulga aylangan yollanma ishchilar inson yashashi uchun xech qanday qulaylik bo’lmagan sharoitda og’ir mexnat qilib, 2 oydan so’ng pulsiz va pasportsiz arang qochib keladilar. (“Qalqon” gazetasi 2008 yil yundagi soni).
Odam savdosi bilan bog’liq jinoyatlarda insonlarni majburiy mexnatda foydalanish uchun aldov yo’li bilan o’z yurtidan chet davlatlarga olib chiqib ketish xolatlarining ko’payib borishida aksaryat xollarda fuqarolarimizning chet ellarda mexnat faolyatini amalga oshirish bo’yicha O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligini yahshi bilmasliklari, chet ellarda ishlash uchun qaysi tashkilot yoki muassasaga murojaat qilish lozimligini tushunmasliklaridan kelib chiqmoqda.