716
INSON VA FUQARONING HUQUQ VA ERKINLIKLARI TUSHUNCHASI VA
TASNIFI
MATKOMILOV G’ANISHER BAXTIYOR O’G’LI
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 3-bosqich talabasi
Kalit so’zlar
: fuqaro, erkinlik, shaxs, inson huquqlari, konstitutsiya.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada inson va fuqaroning huquqi va erkinligi haqida
tushuncha berilib, ularning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi o’rni ko’rib
chiqilgan.
Inson va fuqaroning huquqi hamda erkinligi bir-biridan farq qiluvchi tushunchadir,
shuning uchun oldin inson va fuqaroni bir-biridan farqlashimiz zarur. Inson - bu tabiatda,
real hayotda, jamiyatda yashovchi har kimga nisbatan ishlatilishi mumkin. Fuqaro esa
ma’lum bir davlat bilan huquqiy aloqalarga kirisha oladigan shaxs. Ya’ni, inson huquqlari
- umumiy tushuncha. Fuqaro huquqlari esa shaxsning ma’lum bir davlat huquqiy
aloqasini anglatadi, ya’ni bunda fuqaroning huquqlari biron-bir davlat bilan cheklanib
qo‘yishi yoki boshqa davlat fuqarolari bilan solishtirganda, aksincha, unga ko‘proq
huquqlar berilishi mumkin. Umumiy aytganda, fuqarolarning barcha huquqlari inson
huquqlari tarkibiga kiradi. Xuddi shunday, inson erkinligi ham fuqaro erkinligiga
nisbatan kengroq tushunchadir. Inson erkinligi – bu har bir kishining o‘z istagi bo‘yicha
erkin ish tutishi. Erkinlik tushunchasi huquqshunoslik, siyosatshunoslik, etika, estetika
kabi ijtimoiy bilim sohalarida keng ishlatiladi. Masalan, vijdon erkinligi, so‘z erkinligi,
matbuot erkinligi va hokazo. Erkinlik o‘zi boshboshdoqlikni emas, jamiyatdagi muayyan
tartibni ifodalaydi. Erkinlik insoniyatning jamiyat oldidagi bajarishi kerak bo‘lgan
vazifasini erkin, ixtiyoriy tanlashidir. Erkinlik insonning siyosiy, ma’naviy ta’qibdan,
zo’ravonlikdan himoyalanganligini bildiradi. Erkinlik o‘z baxtini o‘zi yaratish vositasi
bo‘lib, insonning o‘zligini anglash darajasini ifodalaydi. Yana shuni aytish kerakki, shaxs
erkinligini oshiruvchi omillarga u egallagan bilim va tajriba kiradi. Abu Mansur
Moturidiy islomdagi iroda erkinligini sharhlab, insonga berilgan aql-idrok unga o‘z
xatti-harakatlarida yaxshilik va yomonlikni, halol va haromni, savob va gunohni, to‘g‘ri
yoki egri yo‘lni tanlash erkinligini berdi, deb ta’kidlagan. Fuqaro erkinligi – insonga
717
bekam-u ko‘st yashash imkoniyatini beruvchi va iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy
sohalarda o‘z imkoniyat va talablarining amalga oshirilishini ta’minlovchi huquqiy
maqom.
Inson huquqlari muammosi – hozirgi zamonning eng dolzarb muammolaridan.
Inson huquqlari – bu jamiyatning eng oliy qadriyati, himmatidir. Inson huquqlari – bu
butun insoniyatning intilishlari, orzu-umidlarini o‘ziga jamlagan keng qamrovli
tushunchadir. Inson huquqlari – bu hozirgi taraqqiyotning asosi va davr talabidir.
Inson huquqlari – bu demokratik huquqiy davlatning eng muhim belgisidir. Inson
huquqlari har bir davlatning demokratik taraqqiyoti darajasini ko‘rsatuvchi muhim
mezondir. Shuning uchun ham inson huquqlari xalqaro huquqda va milliy huquqiy
tizimda muhim o‘rin tutadi. Insoniyat o‘z tarixiy rivolanishi jarayonida inson huquqlariga
oid qonunchilik – bu inson va fuqaro huquqlari hamda erkinliklari haqida qonunlar
majmuidir. Bu qonunlar qatoriga inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlar va milliy
qonunlar kiradi.
Inson huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik o‘z taraqqiyotida uch katta bosqichni
bosib o‘tgan.
Birinchi bosqich – 1789-yilgi inson va fuqaro huquqlari fransuz deklaratsiyasidan
boshlanib, to birinchi jahon urushiga qadar davom etgan. Bu bosqichda insonning shaxsiy
va siyosiy huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik ustuvor ravishda rivojlangan.
Bu davrda qabul qilingan qonunlarda alohida e’tibor quyidagi muammolarni
huquqiy tartibga solishga qaratilgan:
-shaxs erkinligi va fuqarolar tengligi;
-shaxs daxlsizligi;
-xususiy mulk huquqi;
-saylov huquqi turli seznlar bilan cheklangan bo‘lsa-da.
Ikkinchi bosqichi – XX asrning birinchi yarmini o‘z ichiga olgan. Bu bosqichda
sotsial yo‘nalish demokratiya ta’sirida insonlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlariga oid
qonunchilik tez rivojlangan.
Mehnat qilish huquqi, dam olish huquqi, ijtimoiy yordam olish huquqi
to‘g‘risidagi qonunlar alohida ahamiyat kasb etgan.
Dostları ilə paylaş: |