48
ko’tarilib, oshqozon ichiga minglab tuxumlar ajaralib chiqishi mumkin. Bunday
xollarda tuxumdan ajralgan lichinkalar-onkosferalar odamlar
ichagini teshib qonga
o’tgach, turli organlar - yurak, muskullar, o’pka, ko’z va xatto,
miyaga ham borib
o’rnashishi mumkin. Bu erda ular sistiserkka, ya’ni finnaga aylanadi. Finnalarning
ayniqsa ko’zga o’rnashib olishi xavflidir. Bunda odamlar ko’r bo’lib qolishlari ham
mumkin. Miyaga o’rnashib olsa, odamlar o’ladi. Ana shunday o’z-o’zidan zararlanish
xolatini autoinvaziya deyiladi. SHu xususiyatlarini
hisobga olganda, cho’chqa
tasmasimoni eng xavfli tasmasimon chuvalchanglardan biri hisoblanadi. SHuning
uchun ham har bir odam agarda ichagida cho’chqa tasmasimoni borligini sezsa juda
extiyot bo’lishi, ozodalikka qattiq rioya qilishi, gijja tushirishda qayt qildiradigan dori
ichmasligi kerak.
Cho’chqa tasmasimonining voyaga etgan shakli keltirib chiqaradigan
kasallikka tenioz, lichinkalik davri vujudga keltiradigan kasallikka esa sistiserkoz
deyiladi.
YUqorida aytilganidek, odamlar ham tenioz va ham sistiserkoz
kasalliklariga yo’liqishlari mumkin. Cho’chqalar esa faqat sistiserkoz bilan
kasallanadi. Cho’chqa sistiserkozi MDXda ayniqsa Ukraina, Belorussiya, Ozarbayjon
va Rossiyaning markaziy noqoratuproq viloyatlarida, O’zbekistonda
esa Xorazm
viloyatida keng tarqalgan. Bu kasallikning tarqalishini asosiy manbai tenioz bilan
kasallangan odamlar hisoblanadi.
Cho’chqa tasmasimoniga qarshi kurashish uchun avvalo profilaktika chora-
tadbirlarni amalga oshirish kerak, ya’ni cho’chqa go’shtini yaxshilab ko’zdan
kechirib, sistiserk (finna) bilan kasallangan yoki kasallanmaganligini aniqlash lozim.
Xom va chala dudlangan cho’chqa go’shtini emaslik hamda cho’chqalarga
gijjalarning yuqmasligi uchun ularni sanitariya-gigiena
qoidalariga muvofiq asrash
kerak. Cho’chqa tasmasimon chuvalchangi bilan kasallangan odamlarni ham fenasal
dorisi va oshqovoq urug’i bilan davolash lozim.
Dostları ilə paylaş: