P a r a z I t o L o g I ya


 - 7 – mavzu: YASSI CHUVALCHANGLAR TIPINING TASMASIMON VA



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174846
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   81
parazitolog ma\'ruza-конвертирован

6 - 7 – mavzu: YASSI CHUVALCHANGLAR TIPINING TASMASIMON VA 
SESTODASIMONLAR SINFLARIGA KIRUVCHI 
PARAZITLAR. 
Mavzu rejasi: 
1.
Tasmasimon chuvalchanglarning o’ziga xos tuzilish belgilari. 
2.
Odam 
va 
hayvonlarda 
parazitlik 
qiladigan 
tasmasimon 
chuvalchanglarning hayot sikllari. 
3.
Tasmasimon 
chuvalchanglar 
vakillarining 
odam 
va 
maxsuldor 
hayvonlarda qo’zg’atadigan kasalliklari. 
4.
Tasmasimon chuvalchanglar qo’zg’atadigan kasalliklarga qarshi kurash 
choralari. 
5.
Sestodasimonlar sinfi vakillarining tuzilishi, ko’payishi va zarari. 
Tasmasimon chuvalchanglar (Cestoda) sinfi vakillarining morfologiyasi va 
biologiyasini o’rganishda shvesariyalik zoolog O.Furman o’z ishlari bilan fanga (XX 
asrda) katta xissa qo’shgan. Rossiyada parazit chuvalchanglar, shu jumladan, 
tasmasimon chuvalchanglar faunasi rus olimlari N.A.Xolodkovskiy va V.A.Kler 
tomonidan o’rganilgan. Akademik K.I.Skryabin raxbarligida yozilgan "Sestodologiya 
asoslari" ko’p tomlik asarlari MDX mamlakatlarida sestodologiya fanini 
rivojlantirishda asosiy rol o’ynaydi. 
Tasmasimon chuvalchanglar yoki sestodalar endoparazitlar bo’lib, jinsiy 
voyaga etganlari ko’plab umurtqali hayvonlarda, shu jumladan, odamlar ichagida
kamdan-kam turlari esa boshqa organlarda parazitlik qilib yashaydi. Ularning tanasi 
dorzoventral tomonga yassilangan. xozirgi vaqtda sestodalarning 3500 dan ortiq turi 
fanga ma’lum bo’lib, odam va chorva mollari uchun eng xavfli parazitlar hisoblanadi. 
Tasmasimon chuvalchanglar gavdasining uzunligi 1 mm va undan ham kichik 
bo’lgan juda mayda turlari bilan bir qatorda juda ulkan turlari, masalan, qoramol 
tasmasimoni, keng tasmasimon chuvalchanglarning uzunligi 10-15 m va ba’zan 18-
20 metrgacha boradi. Kashalotorlarning ichagida parazitlik qiladigan Polygonophorus 
giganticus - tasmasimon chuvalchang turining uzunligi, xatto, 30 m gacha, eni esa 4,5 
smcha keladi. Sestodalar ham boshqa yassi chuvalchanglar singari parenximatoz 
hayvonlardir. Ularda ham tana bo’shlig’i bo’lmaydi, ya’ni tanasi parenxima 
hujayralari bilan to’lgan. Sestodalarning parazitlik bilan hayot kechirishga 
ixtisoslashgan ko’pgina moslamalari mavjud, ya’ni boshi (skoleks) va yopishuv 
organlari o’ziga xos tuzilgan. Gavdasi bo’g’imlarga (proglottidlarga) bo’lingan. 
Odatda har bir bo’g’imda takrorlanadigan jinsiy organlari bor. Ovqat xazm 
qilish sistemasi reduksiyalangan va nihoyat rivojlanish sikllari murakkablashgan 
bo’lib, xo’jayin almashtirish yo’li bilan boradi. 
Sestodalarning gavdasi uch qismdan, ya’ni bosh (skolek), bo’yin va bo’g’imli 
tanadan iborat. Gavdasining oldingi qismi ingichka ipsimon ko’rinishda bo’lib, uning 
uchida skoleksi va undan keyin esa bo’yin qismi joylashgan. Skoleksi sestodalarning 
yopishuv organlari 
hisoblanadi. 
Unda ixtisoslashgan 
yopishuv 
organlari, 
so’rg’ichlari, botridiylar va xitinli ilmoqlar bo’ladi, Umuman, sestodalar skolekslar 
yordamida o’z xo’jayinlarining ichak devolariga yopishib, uzun gavdasini tutib 


43 
turadi. Hamma jinsiy voyaga etgan tasmasimon chuvalchanglar o’z xo’jayinining 
oshqozon va ichaklarida yashaydi. 
Sestodalarning skolekslari va bo’g’imlari har xil shaklda tuzilgan. Masalan, 
qoramol tasmasimon chuvalchangi skoleksida 4 ta muskulli so’rg’ichi bor, 
so’rg’ichlari yumaloq yoki tuxumsimon shaklda bo’lib, ilmoqlari bo’lmaydi.
Keng tasmasimon chuvalchangda esa yopishuvchi tirqishi yoki botridiy 
skoleksining ikki yonida joylashgan. Botridiy kuchli muskulli, juda qattiq 
yopishadigan maxsus organ hisoblanadi. Ilmoq va ilmoqchalari ham har xil tuzilgan. 
Ular ko’pincha skoleks markazida, so’rg’ichlar o’rtasidagi kichkina xartumchaga 
gultoj barglar singari joylashgan. 
Cho’chqa tasmasimonida odatda to’rtta maxsus paypaslagichsimon xartumga 
o’rnashgan ilmoqchalari bo’ladi. Bu xartumlar maxsus qinchaga kirishi mumkin. 
Skoleksdan keyingi gavdaning kichik bo’limi -bo’yin bo’lib, u o’sish zonasi 
hisoblanadi, ya’ni u erdan yosh bo’g’imlar shakllanadi. Har xil sestodalarning 
proglottidlarining soni turlicha bo’ladi. Ba’zilarining proglottidlarining soni 4 
mingdan ortiq bo’ladi, ammo ayrimlarida hammasi bo’lib 2-3 ta proglottidlari 
bo’lishi mumkin.
Tasmasimon chuvalchanglar xo’jayinining ichagida yashab, ichakdagi 
anchagina xazm bo’lgan ovqatni tanasining butun yuzasi orqali so’rib oladi. Bunda 
oziq diffuziya yo’li bilan teri orqali parenximaga o’tadi. Chuvalchangning yassiligi 
ovqatni tanasining hamma qismiga o’tishiga yordam beradi.
Tasmasimon chuvalchanglarning jinsiy sistemasi trematodalarnikiga o’xshaydi. 
Ular ham asosan germafroditdir. Sestodalardagi xarakterli belgi jinsiy organlar 
sistemasi har bir proglottidada takrorlanadi, ya’ni tanada 1000 ta proglottidalar 
bo’lsa, shuncha sonda erkaklik va urg’ochilik jinsiy organlari sistemasi mavjud. Ba’zi 
sestodalarda har bir bo’g’imda 2 ta erkaklik va 2 ta urg’ochilik jinsiy kompleksi 
bo’ladi. 
Quyida qoramol tasmasimoni misolida germafrodit jinsiy sistema bilan 
tanishamiz. Bu parazitning oldingi tomonidagi yosh proglottidalarda jinsiy organlar 
xali uncha rivojlanmagan bo’ladi. Jinsiy organlar, ya’ni germafrodit bo’g’imlar 
parazitning bo’ynidan boshlab sanalganda, taxminan 200-proglottidada to’la-to’kis 
rivojlanadi. Umuman, gavdaning o’rtasida joylashgan bo’g’imlarda erkaklik va 
urg’ochilik jinsiy organlari yaxshi rivojlangan, parazit gavdasining eng oxirida 
uchraydigan proglottidalar tuxum bilan to’lib turgani uchun etilgan proglottidalar 
deyiladi. Chunki, bu proglottidalarning ichagida faqat urug’langan tuxumlar bilan 
to’lgan bachadon bo’ladi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda har bir etilgan bo’g’imda 
145-175 mingtagacha tuxum bo’lishi mumkin.
Sestodalar biogel’mintlar bo’lib, rivojlanish siklida asosiy xo’jayindan tashqari 
bir yoki ikkita oraliq xo’jayin ishtirok etadi. Xo’jayin ichagidagi tasmasimon 
chuvalchanglarning soniga qarab ular turlicha urug’lanadi. Agarda xo’jayin ichagida 
bitta chuvalchang bo’lsa, uning har bir proglottidalari o’zaro bir-birini urug’lantiradi. 
Bitta proglottid bo’lsa, unda o’zini-o’zi urug’lantirishi ham mumkin. Xo’jayin 
ichagidagi ikkita yoki bir necha chuvalchang bo’lsa, bunda har xil individ bir-birini 
urug’lantiradi. 


44 
Sestodalarning 
tuxumlari 
xo’jayini 
organizmidan 
axlatlari 
hamda 
proglittadalari bilan birga tashqi muhitga chiqadi. Agarda odam cho’chqa yoki 
qoramol tasmasimoni bilan zararlansa, taxminan 75-91 kundan boshlab kuniga 6 
tadan 11 tagacha etilgan, ya’ni ichi tuxumlar bilan to’lgan bo’g’imlar tashqi muhitga 
chiqadi. Sestoda tuxumining bundan keyingi rivojlanishi uchun uni albatta oraliq 
xo’jayini yutishi kerak. Bunda cho’chqa tasmasimoni uchun oraliq xo’jayin cho’chqa, 
qoramol tasmasimoni uchun esa oraliq xo’jayin qoramol hisoblanadi. 
Sestodalar tuxumlari ichida 6 ilmoqli embrion, ya’ni onkosfera deb ataluvchi 
lichinka rivojlanadi. Ba’zi tasmasimon chuvalchanglar tuxumlarining ichida esa 10 
ilmoqli lichinka, ya’ni likofora rivojlanadi. 
Chuvalchanglarning tuxumlari turli yo’llar bilan (suv, em-xashak va boshqa 
yo’llar bilan) oraliq xo’jayinlarining organizmiga tushadi. Bu erda tuxumning po’sti 
erib undan 6 ilmoqli onkosfera lichinkasi chiqadi va bu lichinkalar ilmoqlari 
yordamida ichak devorini teshib, limfatik sistema yoki qon tomirlariga o’tadi. 
Ma’lum vaqt qon tomirlarida suzib yurib, so’ngra biror organga (jigar, o’pka, yurak, 
miya va muskulga) o’tib joylashadi.Bu erda onkosfera ilmoqlarini yo’qotib o’sadi va 
ikkinchi pufaksimon lichinkalik davriga, ya’ni finnaga aylanadi. Finnani 
boshqachasiga larvosista deb ham ataladi. Bu esa parazitning yuqumli xolati 
hisoblanadi. Sestodalarning finnalari besh tipda bo’lib, ularni sistiserk, senur, 
exinokokk, sistiserkoid va pleroserkoid deb ataladi. 
1.
Sistiserk (finna) yumaloq shakldagi pufakcha bo’lib, ichi tiniq suyuqlik bilan 
to’lgan. Pufakcha devorining bir qismi pufakcha ichiga qayrilib botadi va bu joyda 
lichinkaning 4 so’rg’ichli boshchasi joylashadi. Sistiserk odatda tariq donidan 
kattaroq, no’xotdek (masalan, cho’chqa go’shtidagi va qoramol go’shtidagi finna) 
va tovuq tuxumi kattaligida (ichak charvilaridagi finna) bo’lishi mumkin. Finnalar 
shu xolatda bir necha yil yashashi mumkin. 
2.
Sistiserkond tipiga kiruvchi lichinkalarning oldingi qismi keng va yumaloq, orqa 
qismi esa dumsimon va uzun bo’lib, oldingi qismi ichkariga qarab burilib turgan 
skoleksi bo’ladi. Monieziya va diplidiumlarning onkosferasidan sistiserkoid xosil 
bo’ladi. 
3.
Senur - tuzilishi jixatidan sistiserk, ya’ni finnaga o’xshaydi. Lekin ular pufagining 
ichki devorida skolekslar soni juda ko’p (100-700 ta) bo’ladi. Bu lichinkalik 
stadiya qo’ylarning bosh va orqa miyalarida parazitlik qiladi. Lichinkalik stadiya - 
senur, bu qo’y miya qurti (tasmasimoni)ning lichinkasidir. 
4.
Exonokokk - bu lichinkalik stadiya barcha boshqa sestodalar lichinkalari ichida 
eng murakkab tuzilgan yirik shakldagi pufakdir. Exinokokk pufaklari no’xotdek, 
tovuq tuxumidek, odam boshi kattaligida va undan ham katta bo’ladi. Pufak 
suyuqlik bilan to’lgan. Exinokokk pufagining ichida juda ko’p sondagi qiz 
pufakchalar erkin suzib yuradi. Demak, exinokokk pufaklari ichida ikkinchi va 
uning ichida uchinchi pufakchalari va skoleksli lichinkalari bo’ladi. Hamma 
pufaklarining ichki sirtida skolekslari bor bir talay embrion kapsulalari joylashadi. 
Ana shu skoleksli lichinkalar asosiy xo’jayinga o’tsa, ularning har birida mustaqil 
individlar etishadi. 


45 
5.
Pleroserkoid tipidagi lichinkalar uzun chuvalchangsimon bo’lib, qattiq tanasi 
mavjud. Gavdasining oldingi uchida egatchali skoleksi joylashgan. Bunday 
lichinkalar keng tasmasimon chuvalchanglarda uchraydi. 
YUqorida aytib o’tilgan har xil tipdagi lichinkalarni asosiy xo’jayinlar yutib 
yuborsa ularning ichagida pufakli lichinkalarning skoleksi tashqariga chiqadi va 
ichak devorlariga yopishib oladi. Pufak bujmayib yo’qolib ketadi, bo’yin qismidan 
esa asta-sekin yosh proglottidalar ajrala boshlaydi. Strobilasiya, ya’ni bo’g’imlarga 
bo’linish jarayoni sestodalarning butun hayoti davomida davom etadi. Bo’yin 
bo’g’imida yosh bo’g’imlar xosil bo’ladi va bu bo’g’imlar rivojlangan sari, oldingi 
tomondan yana ham yosh bo’g’imlar xosil bo’ladi. Etilgan bo’g’imlar esa orqaga 
surila borib, oxirgi bo’g’imlar strobiladan uzilib hayvon axlati bilan tashqariga 
chiqariladi. 
Tasmasimon chuvalchanglar sinfining vakillari odam va chorva mollarining 
xavfli parazitlari hisoblanadi. quyida eng muhim vakillari to’g’risida ma’lumotlar 
keltiriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin