36
qo’ya boshlaydi. Klonorxis odamlar organizmida 25 yilgacha parazitlik qilib hayot
kechirishi mumkin.
Klonorxislar asosan Xitoy,
Yaponiya, Janubiy Koreya va Koreya Xalq
Demokratik Respublikasida keng tarqalgan bo’lib, odamlar o’rtasida klonorxoz
kasalligini keltirib chiqaradi.
MD•da klonorxislar Amur daryosining suv xavzalari atrofidagi axoli o’rtasida
uchrab turadi.
Klonorxislarni aniqlash, davolash va oldini olish choralari
opistorxislarnikiga o’xshash.
METAGONIMOZ (METAGONIMUS)
qo’zg’atuvchisi - Metagonimus
yokogawai ham so’rg’ichlilar sinfiga kiradi. Uzunligi 1-2,5
mm atrofidagi mayda
parazit. Metagonimus odam, mushuk, it, cho’chqa va boshqa yirtqich
sutemizuvchilarning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Bu parazit bilan kasallangan
asosiy xo’jayinlari axlatlari orqali tashqi muhitga tuxumlarini chiqaradi.
Metagonimusning oraliq xo’jayinlari chuchuk suv shilliqqurtlari va qo’shimcha
xo’jayinlari har xil turga kiruvchi baliqlar (zog’ora baliq, leshch,
laqqa baliq, do’ng
peshona, gulmoy baliq va boshq.) hisoblanadi. Metaserkariylar baliqlarning
tangachalarida, suzgich qanotlarida, jabralarida va teri osti yog’ qavati hujayralarida
hamda muskullarida joylashadi.
Odam va yirtqich sutemizuvchilar metaserkariylar bilan zararlangan baliqlarni
iste’mol qilishi natijasida parazitni o’zlariga yuqtiradi.
Metagonimoz qo’zg’atuvchilari bilan asosan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya,
Koreya Xalq Demokratik Respublikasida va Filippin orollari atrofidagi axoli ko’proq
zararlanadilar.
MDHda esa Amur daryosi suv xavzalari atrofidagi odamlarda uchrab turadi.
Odamlar asosan xom baliqlarni eyishlari oqibatida kasallanadi.
Metagonimoz qo’zg’atuvchisini aniqlash, bu
parazit bilan kasallangan
odamlarni davolash va profilaktik chora-tadbirlarni olib borish opistorxoznikiga
o’xshash. Kasallangan odamlar naftamon va kombantirin kabi dorilar bilan
davolanadi.
Trematodalarning orasida odam va hayvonlarning xavfli parazitlaridan yana bir
guruxi
Dostları ilə paylaş: