40
MDX mamlakatlaridan Rossiya, Ukraina va Belorussiyada baliqchilik
xo’jaliklarida ayniqsa, karpsimon baliqlarda monogeniyalardan daktilogirus
avlodining turlari (Dactylogyrus vastator) ko’p tarqalgan bo’lib, daktilogiroz
kasalligini keltirib chiqaradi va bu kasallikdan yosh baliqchalar yoppasiga qirilib
ketadi. Daktilogiruslar baliqlarning jabralarida parazitlik qilib, jabraning epiteliya
to’qimasini emiradi. Natijada baliqlarning nafas olishi qiyinlashadi. o’sish va
semirishdan to’xtaydi. Bir necha kun ichida ko’plab baliqlar nobud bo’ladi.
Daktilogirusning uzunligi 1-3 mm, ular baliqlar jabrasida parazitlik qiladi va o’sha
joyga tuxum qo’yadi. Tuxumdan kiprikli lichinka chiqadi. Lichinka shu joyda voyaga
etadi. SHuningdek, monogeniyalardan yana bir avlodi - girodaktilusning vakillari
(Gyrodactylus elegans) ham baliqlarning xavfli parazitlari hisoblanib, girodaktilyoz
kasalligini keltirib chiqaradi. Girodaktilus biologik jaxatdan juda g’alati. Ular ham
germafrodit bo’lib, bitta urug’doni va tuxumdoni bor, tirik lichinka tug’adi. SHuning
uchun parazit bachadonida doimo rivojlanayotgan embrionlari (lichinkalari) bo’ladi,
ya’ni voyaga etgan chuvalchang bachadonida faqat bitta tuxum bo’lib, bundan
Dostları ilə paylaş: