P a r a z I t o L o g I ya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174846
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   81
parazitolog ma\'ruza-конвертирован

Infuzoriyalar 
- lotincha so’z bo’lib, "infuzus" ivitma degan ma’noni anglatadi 
va ular birinchi marta turli ivitmalardan topilgan. Tabiatda har xil turdagi 
infuzoriyalar ko’lmak suvlardan tortib dengiz, okeanlargacha bo’lgan hamma 
suvlarda va nam tuproqlarda uchraydi. Ba’zan esa umurtqasiz va umurtqali 
hayvonlarda hamda odamlarda parazitlik qiladi. 
Infuzoriyalar tipiga 7000 dan ortiq tur kiradi. Infuzoriyalar yoki kipriklilar tipi 
ikkita sinfga bo’linadi. 1- sinf. Kiprikli infuzoriyalar - Ciliata. Bu sinf vakillarida 
barcha rivojlanish davrlarida kipriklar bo’ladi. 2-sinf. So’ruvchi infuzoriyalar - 
Suctoria. Bu sinf vakillari tanasida kiprikchalar taraqqiyotining ma’lum bir 
davridagina bo’ladi. Ular turli xil hayvonlarda parazitlik qiladi. 
Kiprikli infuzoriyalardan biri ixtioftirius (Ichthyophthirius multifilus) baliq 
terisi va jabrasiga kirib yara xosil qiladi. Bu parazitning yosh individlari baliq terisiga 
va jabrasiga chuqurroq o’rnashib, faol ovqatlanadi va kattalashadi. Ma’lum vaqtdan 
keyin parazit baliq terisidan ajralib suvga chiqadi va sistaga o’raladi. Sistada esa 
ko’payish boshlanadi. Yadrosining ketma-ket bo’linishi tufayli 2000 tagacha yangi 
harakatchan yosh parazitlar rivojlanadi. Sistadan tashqariga chiqqan yosh 
ixtioftriuslar yana baliqlar terisi va jabrasiga yopishib o’z taraqqiyotini davom 
ettiradi. Bu parazit keltirib chiqaradigan kasallikdan yosh baliqchalarning 90-100 
foizi nobud bo’ladi. Ixtioftriuslardan ayniqsa zog’ora baliq, gulmoxi, do’ngpeshona, 
oq amur va losossimon baliqlar ko’p zarar ko’radi.
SHuningdek, bu sinfga odam va hayvonlar organizmida parazitlik qiluvchi 
Balantidium coli ham kiradi. Uning tanasi loviyasimon bo’lib, odamning yo’g’on 
ichagi devorida parazitlik qilib, jaroxat xosil qiladi va xavfli qonli ichburug’ 
kasalligini vujudga keltiradi. Odamlarga bu parazitlar cho’chqalar orqali yuqadi. 
Chunki, balantidiy cho’chqa, sichqon va kalamushlar ichagida ham parazitlik qiladi. 
Cho’chqalarning tezagi orqali parazitning sistalari tashqariga chiqadi va odamlar bu 
sistalarni yutib balantidiy bilan kasallanadi. Demak, balantidioz bilan ko’pincha 
cho’chqachilik fermalarida va kolbasa tayyorlash korxonalarida ishlaydigan xodimlar 
kasallanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin